Farg'ona davlat universitetining ko'p tarmoqli ekspert taqrizli ilmiy jurnali. Aniq, tabiiy, pedagogika, filologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha maqolalar nashr etiladi.
| Nashriyot | Farg‘ona davlat universiteti |
|---|---|
| Shahar | Farg‘ona |
| ISSN | 2010-8419 |
| e-ISSN | 2181-1571 |
| Tashkil etilgan | 1995 |
| Nashr tillari | O‘zbek, Rus, Ingliz |
| Ilmiy sohalari | Biologiya, Filologiya, Kimyo, Pedagogika, Tarix |
| OAK ixtisoslik kodi | 10.00.00 (Филология фанлари), 07.00.00 (Тарих фанлари), 02.00.00 (Кимё фанлари) |
| Jurnal turi | Миллий |
| OAK holati | Ro‘yxatda |
| Maqolalar indeksda | 6646 (2017–2026) |
| Ochiq kirish | Ha |
| Indekslash | Crossref, ResearchBib, Index Copernicus, Google Scholar |
Telegram orqali maqola yuborish
FarDU ilmiy xabarlari — rasmiy sayti
Taqriz jarayoni jurnal saytida ko‘rsatilgan
| Ixtisoslik | Soha | Qaror | Sana | Holati | Turi |
|---|---|---|---|---|---|
| 10.00.00 | Филология фанлари | 2019 йил | Актив | Миллий | |
| 07.00.00 | Тарих фанлари | 2019 йил | Актив | Миллий | |
| 02.00.00 | Кимё фанлари | 2019 йил | Актив | Миллий |
| E-pochta | ilmiyxabarlar@fardu.uz |
|---|
Ushbu maqola o‘zbek va ingliz tillaridagi yuridik terminlarning tarjimada muvofiqlashtirilishi masalasini yoritadi. Tadqiqotda ikki huquqiy tizim o‘rtasidagi konseptual farqlar, terminlarning mazmun doirasi, ularning…
Mazkur maqolada ingliz, rus va o‘zbek tillarida femin markerlarini o‘z ichiga olgan leksik birliklarning semantik va nominativ xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida gender komponentining eksplisit va…
Mazkur maqolada tur–jins munosabatlarining mantiqiy va lingvistik talqini o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi. Tadqiqotda til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy aloqalar tur–jins munosabatlari misolida yoritilib, ushbu…
Ushbu maqolada K.S. Lyuisning “Narniya xronikalari” turkum asarlarida qo‘llangan mifonimlar — ya’ni mifologik manbalardan kelib chiqqan atoqli otlar — hamda mifologik ramziylik masalalarini tahlil qilinadi. Maqolada…
Maqolada oliy ta’limda chet tillarini o‘qitishda lingokouching yondashuvi tahlil qilinadi. Til balansi g‘ildiragi va yutuqlar ko‘lami kabi kouching vositalari talabalar ichki motivatsiyasini rivojlantirish hamda…
Maqolada O‘zbekiston telekanallari nutqidagi ekologik diskursning shakllari o‘rganildi. Uzreport telekanalidagi “Yashil suhbat”, Yoshlar telekanalidagi “Rostini ayting” va Zo‘r TV dagi “O‘zimizda” dasturlari nutqi…
Maqolada ingliz akademik diskursida subyektivlikning sotsiokognitiv asoslari tahlil qilinadi. Muallif pozitsiyasi, epistemik modallik va hedging kabi vositalar orqali ifodalangan subyektiv munosabat shakllari…
Mazkur maqolada agrar diskursning lingvistik va sotsiokognitiv xususiyatlari zamonaviy diskurs tahlili metodlari asosida o‘rganiladi. Maqolada agrar diskurs qishloq xo‘jaligi sohasida shakllanayotgan kommunikativ…
Mazkur maqolada antroponimlarni chogʻishtirma aspektda o‘rganishning nazariy va metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi jahon tilshunosligida antroponimlarning kontrastiv tadqiq etilishining…
Ushbu maqolada reklama tushunchasiga oid bir qator ta’riflar keltiriladi. Ushbu tadqiqotning asosiy o‘zbek tilidagi reklama nutqining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash hamda reklama matnlarida til qanday funksional…
Mazkur maqolada ingliz tilidagi media matnlar misolida mediadiskursda illokutiv aktlarning pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi mediakommunikatsiyada nutqiy akt nazariyasining, xususan…
Ushbu maqolada o’zbek tilining izohli lug’atida aks etgan konnotativ ma’no ifodalovchi leksik birliklar chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot davomida 46 ta leksik birlik tanlab olinib. Ular dennotativ va konnotativ…
Maqolada Amerika kriminal badiiy diskursida “adolat” konseptining rasmiy va norasmiy modellari o‘rtasidagi oppozitsiyaning kognitiv-pragmatik xususiyatlarini aniqlash maqsad qilindi. Tadqiqotning asosiy vazifasi badiiy…
Ushbu maqolada akademik va ilmiy muloqotda odob-axloq normalarining lingvopragmatik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ilmiy maqolalar, taqrizlar va akademik yozishmalardagi…
Ushbu maqola o‘zbek frazeologiyasining o‘ziga xos qatlami bo‘lgan geofrazeologizmlarni, ya‘ni tarkibida toponim qatnashgan iboralar, lingvokulturologik va semantik jihatdan tadqiq etadi. Tadqiqotda toponimlarning…
Ushbu maqolada xurofot fenomeni lingvistik va madaniy kontekstda tahlil qilinadi. Unda xurofotning kelib chiqishi, mohiyati va uning mif, din hamda xalq an’analari bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Turli davr…
Gul komponentiga ega frazeologik birliklar obrazli tilning alohida va madaniy jihatdan yuklangan qatlamini tashkil etadi; ular inson kognitsiyasi va kommunikatsiyasida gullarga nisbatan shakllangan chuqur ramziy…
Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning vujudga kelish tarixi, nazariy asoslari va tilning inson ongini aks ettiruvchi asosiy vosita sifatidagi roli tahlil qilinadi. Muallif tilshunoslikdagi an’anaviy yondashuvlardan…
Maqolada ingliz va o‘zbek tili harbiy terminologiyasi tizimining tarixiy taraqqiyotini o‘rganish, mavjud tizimni mavzuiy guruhlar bo‘yicha tadqiq qilishda sof lingvistik ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, har ikki til…
Maqolada jahon miqyosida voqelikning o‘zgarishida namoyon bo‘layotgan tillarni o‘qitishda kommunikativ yondashuvning paydo bo‘lishiga hissa qo‘shgan asosiy omil ko‘rib chiqilgan. Odamlar turli tillarda, xususan…
Mazkur maqolada zamonaviy antropotsentrik tilshunoslikning muhim kategoriyalaridan biri bo‘lgan lisoniy shaxs fenomenining poetik matndagi voqelanishi Siddiq Mo‘min she’riyati misolida tadqiq etiladi. Shoir ijodida…
Ushbu maqolada kommunikativ jarayonlarda bolalikning geshtalt xususiyatlari tahlil qilinadi. Geshtalt yondashuvi nuqtayi nazaridan bolalik insonning tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini va o‘zining ichki tajribasini…
Ushbu tadqiqotda kvant-kimyoviy tahlillar zamonaviy nazariy yondashuvlardan biri bo‘lgan Zichlik funksional nazariyasi (Density Functional Theory, DFT) asosida olib borildi. Hisoblashlar 6-311++G(d,2p) bazis to‘plamida…
Ushbu ishning maqsadi avval ishlab chiqilgan optimallashtirilgan metodika asosida sintez qilingan sulfolangan paxta sellyulozasining (SCel) kompleks tuzilmaviy tavsifini berishdan iborat. Har tomonlama tahlil uchun…
Yog‘ning parafinsizlantirishda toluol konsentrati benzinning 100-115oC haroratda ajratib olingan fraksiyasi, unga spirt zavodi chiqindisi sivuxa yog‘ini sirka kislotasi efirlarining 70:30 nisbatlarda qo‘shib…
Ushbu maqolada uzumning qizil uzum F1, oq uzum xusayni, oq uzum kelin barmoq urug‘i kabi mahalliy navlari tarkibidagi moyning miqdorini vino ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qizil uzum saperavi navi tarkibidagi moyga…
Ushbu tadqiqotda Origanum titthanthum (tog‘ rayhoni) va Salvia officinalis (dorivor shalfey) o‘simliklarining barglari 1:1 massa nisbatida aralashtirilib, «Oregano AS» nomli yangi oziq-ovqat qo‘shimchasi tayyorlandi…
Mazkur maqolada Oʻzbekiston hududida uchraydigan Tephromela atra lishaynik turining botanik tavsifi, ekologik xususiyatlari hamda tarqalish areali oʻrganildi. Tadqiqotlar dala kuzatuvlari va gerbariy namunalarini tahlil…
Oʻzbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan Catocalini tribasi tangachaqanotlilari faunasi, biologiyasi va ekologiyasini hamda tarqalishini oʻrganish 2016 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan muddatda Qashqadaryo vohasining…
Ushbu ishda uch o‘lchovli fazoda uchta singulyar koeffitsientga ega elliptik tipdagi differensial tenglama uchun Dirixle masalasining xos qiymatlari va xos funksiyalari topilgan. Masala markazi koordinatalar boshida…
Mazkur maqolada Master Adaptive Learner (MAL) texnologiyasining tibbiyot ta’limi talabalarining deontologik kompetentligini rivojlantirishdagi didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Zamonaviy tibbiyot va tibbiy…
Maqolada qora qaragʻay (Pinus nigra) ninalari va poʻstlogʻidagi ikkilamchi metabolitlarning kimyoviy tarkibi hamda fitofag hasharotlarning ushbu kimyoviy himoyaga moslashuvlari ilmiy adabiyot asosida umumlashtirilgan…
Ushbu maqola cho'kishga moyil bo'lgan lyoss tuproqlarda qurilgan 5-9 qavatli binolarning poydevorlari uchun tuproq va shag'al yostiqchalarini loyihalash usulini ishlab chiqadi va asoslaydi. To'g'ri tanlangan yostiqcha…
O‘zbekistonning adir iqlimi sharoitida g‘o‘za (Gossypium hirsutum L., Andijon-36 navi) ildiz tizimida umumiy azot va erkin aminokislotalar (EAK) miqdorining ontogenezning asosiy fazalaridagi mavsumiy dinamikasi…
Ushbu maqolada robototexnika ta’limida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv o‘quv dasturini yaratish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda adaptiv ta’lim trayektoriyalari, virtual…
Ushbu tadqiqotda CsPbI₂Br perovskit yordamida 100 °C qizdirish orqali α-fazani hosil qilish qiyin bo’lib, shu muammoni bartaraf etish uchun PbI₂ o’rniga modifkatsiya qilingan HPbI₃ ishlatildi. Natijada CsPbI₂Br…
Ushbu maqolada Van der Pol tenglama x''-ε(1-x^2)x'+x=0 ( ) uchun barqaror limit siklning mavjudligi va yagonaligi muammosi aniq qo‘yiladi va to‘liq tadqiq etiladi. Maqolada Puankare-Bendikson teoremasi va Lyapunov…
Ushbu maqolada yuqori vakuumli pretsizion adsorbsion-kalorimetrda diatsetatsellyuloza (DAS)-kremnezem gibrid bionanokompozitsiyasiga suv bugʻlarining sorbsiyasi 303 K da oʻrganilgan. Bunda olingan adsorbsiyalanish…
Atrof-muhitning toksik metall bilan ifloslanishi ularning barqarorligi, bioakkumulyatsiyaga qobiliyati va kuchli toksikligi sababli eng muhim ekologik hamda tibbiy-biologik muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu ishda…
Mazkur analitik maqolada hasharotlar xilma-xilligini (turlarning boyligi, funksional guruhlar va trofik rollar) o‘rganishning ekotizim barqarorligi hamda amaliy sohalar, ayniqsa qishloq xo‘jaligi uchun ahamiyati ilmiy…
Eulachnus alticola Börner, 1940 Aphididae oilasi, Lachninae kenja oilasi va Eulachnini tribasiga mansub shira bo‘lib, ignabargli daraxtlarda, ayniqsa qarag‘aylarda yashaydi. Eulachnus avlodi vakillari ignabarglar bilan…
Mazkur maqolada Qamchiqsoy daryosida uchrovchi Iskandaria kuschakewitschi (Herzenstein, 1890) populyatsiyasining morfometrik va meristik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqot 2025 yil yoz–kuz mavsumida yig‘ilgan 21…
Fargʻona viloyati Bagʻdod, Fargʻona va Qoʻshtepa tumanlari hududlaridagi zovurlarda tarqalgan Leuciscus squaliusculus (Kessler, 1872)ning 27 ta morfometrik koʻrsatkichlari Styudent t-testi va asosiy komponentlar tahlili…
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qizil Kitobining 2019 yilgi nashriga kiritilgan Yalpizdoshlar - Lamiaceae Lindl. oilasi vakillarining tarqalishi, ekologik va muhofaza holati tahlil qilindi. Oilaning 10 turkumga…
Ushbu maqolada transgen o‘simliklarning (xususan Bacillus thuringiensis asosidagi Bt ekinlarda) hasharotlarga qarshi chidamliligini baholash va rezistentlikni boshqarish strategiyalarini adabiyotlar sharhi shaklida…
Ushbu tadqiqotda Oʻzbekiston suv havzalarida keng tarqalgan Cladocera turlarida populyatsiyalararo va ontogenetik morfologik variatsiya morfometrik hamda statistik usullar bilan baholandi. Mamlakat bo‘yicha 8 ta…
Ushbu maqolada Kattaqo‘rg‘on suv omborini atrofidagi tuproqlarning gidromorfizmga uchrashi natijasida tuproqlarning morfologik belgilarini hamda o‘simliklar olami o‘rganilgan bo‘lib, Shimoliy G‘arbiy (Sh.G‘)…
Ushbu maqolada Salanum melangena L. turning kelib chiqishi, uning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati, morfologiyasi va o‘simlikda olib borilgan tadqiqotlar keltirilgan. Shu bilan birgalikda maqolada Salanum melangena L…
Ushbu tadqiqotda Oʻzbekiston faunasida uchraydigan qisqichbaqasimonlar (Cladocera)ning nazorat roʻyxati taqdim etildi hamda ularning tur xilma-xilligi va tarkibi baholandi. Soʻnggi 150 yil davomida roʻyxat adabiyot…
Ilk bor Farg‘ona vodiysi kamyob endemigi Mogoltavia severzowiining ontogenezi o‘rganildi va senopopulyatsiyalarining ontogenetik strukturasi aniqlandi. Tadqiqotlar 2022-2024-yillarda umumqabul qilingan usullar bo‘yicha…
Ha. FarDU ilmiy xabarlari O‘zbekiston Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatidagi ilmiy jurnal, ixtisoslik: 10.00.00 Филология фанлари.
ISSN 2010-8419, e-ISSN 2181-1571.
Farg‘ona davlat universiteti (Farg‘ona).
Sohalar: Biologiya, Filologiya, Kimyo, Pedagogika, Tarix.
Maqola jurnalning rasmiy sayti orqali topshiriladi: https://journal.fdu.uz/. E-pochta: ilmiyxabarlar@fardu.uz.