Rossiya imperiyasi tomonidan turkistonda olib borilgan gidrografik tadqiqotlarning xususiyatlari

Xakimova, Saida

FarDU ilmiy xabarlari · 2022-yil

Annotatsiya

Maqola XIX asrdan boshlab Turkistonda Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan gidrografik tadqiqotlar tarixiga bag‘ishlanib, ular haqida umumiy ma’lumot berilgan. Muallif tomonidan ushbu tadqiqotlar maqsadlarining harbiy-strategik, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy va amaliy mohiyatini ochib berilgan. Jumladan, gidrografik tadqiqotlar natijalari hududimizni zabt etish, Orol dengizi, Amudaryo va Sirdaryoda kemachilikni yo‘lga qo‘yish, Buxoro amirligi va Xiva xonligiga siyosiy bosim o‘tkazish, Turkistonda sug‘oriladigan yerlarni kengaytirish, paxtachilikni rivojlantirish, ko‘chirish siyosatini olib borish, suv inshootlarini loyihalash, mintaqa haqidagi geografik ma’lumotlarni to‘ldirishga xizmat qildi. Shuningdek, maqolada tarixiylik tamoyili, qiyosiy va tizimli tahlil, faktologik usul, muammoviy-xronologik yondashuv usullaridan foydalangan holda bunday tadqiqotlarni olib borishning ilmiy uslublari, uzluksiz gidrometrik ishlarni yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqilib, bu yo‘nalish katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lganligidan uni moliyalashtirish yildan-yilga ortib borgani haqidagi arxiv materiallari dalolat beradi. Tabiiy suv havzalarining chuqurroq va muntazam ravishda o‘rganib borilishi suv resurslaridan foydalanish ishlarini tartibga solish, yangi gidrotexnik inshootlarni barpo etishga, irrigatsiya va suv ta'minotini yaxshilashga, o‘lkada gidrologiya fanining rivojlanishiga xizmat qildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXakimova, Saida
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2022-12-31
Jild28
Son6
Betlar189-195
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTarix
Indeksga qo‘shilgan2026-11-14

Kalit so‘zlar

gidrografiya, ekspeditsiya, Turkiston, Rossiya imperiyasi, Orol dengizi, Amudaryo, Sirdaryo, “Amudaryo masalasi”., hydrography, expedition, Turkestan, Russian Empire, Aral Sea, Amu Darya, Syr Darya, "Amu Darya question". KIRISH. O‘rta Osiyo suv havzalaridagi izlanishlar tizimli ravishda XIX asrning ikkinchi choragidan boshlab yevropalik, asosan, rus tadqiqotchilari tomonidan o‘tkazila boshlagan. XIX asrning 60-70-yillarida esa O‘rta Osiyoni zabt etgan Rossiya imperiyasi suv resurslaridan unumli

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAXakimova, Saida (2022). ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN TURKISTONDA OLIB BORILGAN GIDROGRAFIK TADQIQOTLARNING XUSUSIYATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 28(6), 189-195. https://journal.fdu.uz/main/article/9827
GOST (OAK)Xakimova, Saida ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN TURKISTONDA OLIB BORILGAN GIDROGRAFIK TADQIQOTLARNING XUSUSIYATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2022. – T. 28, № 6. – B. 189-195.
MLAXakimova, Saida. “ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN TURKISTONDA OLIB BORILGAN GIDROGRAFIK TADQIQOTLARNING XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 28(6), 189-195, 2022. https://journal.fdu.uz/main/article/9827
ChicagoXakimova, Saida. “ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN TURKISTONDA OLIB BORILGAN GIDROGRAFIK TADQIQOTLARNING XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 28(6), 189-195 (2022). https://journal.fdu.uz/main/article/9827
HarvardXakimova, Saida (2022) ‘ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN TURKISTONDA OLIB BORILGAN GIDROGRAFIK TADQIQOTLARNING XUSUSIYATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 28(6), 189-195. https://journal.fdu.uz/main/article/9827
BibTeX
@article{xakimovasaida2022,
  title = {ROSSIYA IMPERIYASI TOMONIDAN TURKISTONDA OLIB BORILGAN GIDROGRAFIK TADQIQOTLARNING XUSUSIYATLARI},
  author = {Xakimova, Saida},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2022},
  volume = {28},
  number = {6},
  pages = {189-195},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/9827}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2022-yil arxivi

Xakimova, Saida — boshqa maqolalari

Tarix sohasidagi boshqa maqolalar

Tarix sohasidagi OAK jurnallari