Qo‘qon xonligi hukmdorlari ism va laqablarining leksik-semantik tahlili

Nilufarxon Bahromovna , Xalilova

Oriental Art and Culture · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Qo‘qon xonligi davri antroponimiyasi lisoniy va tarixiy-etimologik jihatdan tadqiq etiladi. Xususan, Qo‘qon xonlari va xonzodalari nomlari tizimi, ularning ismlari, laqablari, unvon bilan shakllangan antroponimik birliklari hamda ota-ism modellari tahlil qilinadi. Antroponimlarning nominatsion-motivatsion asoslari, semantik qatlamlari, diniy, istak va tasviriy nomlash an’analari misollar orqali yoritiladi. Shuningdek, hukmdorlar nomlarida sulolaviy davomiylik, diniy e’tiqod, ijtimoiy maqom va unvon ifodasining aks etishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada hukmdorlar ismlarining arabiy, forsiy va turkiy manbalarga mansubligi, diniy-islomiy qadriyatlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, sulolaviy an’ana va siyosiy legitimatsiya vositasi sifatidagi funksiyasi yoritiladi. Jumladan, Shohruxbiy, Olimxon, Umarxon, Muhammad Alixon, Xudoyorxon kabi hukmdorlarning nomlari misolida “xon”, “bek”, “biy”, “amir”, “shoh”, “Muhammad”, “ali” kabi komponentlarning semantik yuklamasi ochib beriladi. Shuningdek, laqablarning siyosiy qudratni ifodalovchi (masalan, “Bahodir”, “G‘oziy”), diniy e’tiqod va tasavvufiy qarashlarni aks ettiruvchi, shaxsiy fazilat va xarakter belgilarini bildiruvchi semantik turlari tasniflanadi. Ism va laqablarning qo‘llanish doirasi, tarixiy manbalardagi variantlari, fonetik va morfologik o‘zgarishlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida Qo‘qon xonligi hukmdorlari onomastik tizimida diniy-islomiy leksika ustuvorligi, forsiy-adabiy ta’sirning sezilarli darajasi hamda turkiy siyosiy terminologiyaning faol qo‘llangani aniqlanadi. Maqola tarixiy onomastika, leksikologiya va semasiologiya yo‘nalishlarida olib boriladigan tadqiqotlar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNilufarxon Bahromovna , Xalilova
JurnalOriental Art and Culture
NashriyotЎзбекистон ДСМИ Фарғона минтақавий филиали
ISSN2181-063X
Nashr sanasi2026-03-18
Jild7
Son02
Betlar196-208
TilO‘zbek
Ilmiy sohaSan’atshunoslik
DOI10.70728/orien.v07.i02.034
Indeksga qo‘shilgan2026-09-12

Kalit so‘zlar

Qo‘qon xonligi, antroponimiya, antroponim, tarixiy onomastika, laqab, unvon, xon, biy, bek, semantika, nominatsiya

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APANilufarxon Bahromovna , Xalilova (2026). QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI. Oriental Art and Culture, 7(02), 196-208. https://doi.org/10.70728/orien.v07.i02.034
GOST (OAK)Nilufarxon Bahromovna , Xalilova QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI // Oriental Art and Culture. – 2026. – T. 7, № 02. – B. 196-208. – DOI: 10.70728/orien.v07.i02.034.
MLANilufarxon Bahromovna , Xalilova. “QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI.” Oriental Art and Culture, 7(02), 196-208, 2026. https://doi.org/10.70728/orien.v07.i02.034
ChicagoNilufarxon Bahromovna , Xalilova. “QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI.” Oriental Art and Culture, 7(02), 196-208 (2026). https://doi.org/10.70728/orien.v07.i02.034
HarvardNilufarxon Bahromovna , Xalilova (2026) ‘QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI’, Oriental Art and Culture, 7(02), 196-208. https://doi.org/10.70728/orien.v07.i02.034
BibTeX
@article{nilufarxonbahromovnaxalilova2026,
  title = {QO‘QON XONLIGI HUKMDORLARI ISM VA LAQABLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI},
  author = {Nilufarxon Bahromovna , Xalilova},
  journal = {Oriental Art and Culture},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {02},
  pages = {196-208},
  doi = {10.70728/orien.v07.i02.034},
  url = {https://doi.org/10.70728/orien.v07.i02.034}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Oriental Art and Culture jurnalidan boshqa maqolalar

Oriental Art and Culture — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Nilufarxon Bahromovna , Xalilova — boshqa maqolalari

San’atshunoslik sohasidagi boshqa maqolalar

San’atshunoslik sohasidagi OAK jurnallari