XONZODA AYOLLAR ISM VA LAQABLARINING LINGVOKULTUROLOGIK TAHLILI

Xalilova, Nilufarxon Bahromovna

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada Qo‘qon xonligi davriga oid ayollar ism va laqablarining lingvokulturologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy manbalarda uchraydigan ayollar antroponimlarining lug‘aviy asoslari, semantik tuzilishi, etimologiyasi hamda genderologik tabiati o‘rganildi. Ismlar tarkibida faol qo‘llangan oy, moh, oftob, oyim, xon, niso kabi komponentlarning estetik, ijtimoiy va madaniy mazmun ifodalashi aniqlandi. Shuningdek, tarixiy antroponimlarda variantdorlik va laqablarning urug‘-qabila nomlari bilan bog‘liq shakllanishi ham yoritildi. Tadqiqot natijalari Qo‘qon xonligi davri ayollar antroponimlari xalqning estetik qarashlari, oliy nasab tushunchasi va gender tasavvurlarini aks ettirishini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXalilova, Nilufarxon Bahromovna
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-14
Jild8
Son05
Betlar1568-1574
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i05.233

Kalit so‘zlar

antroponimika, lingvokulturologiya, Qo‘qon xonligi, ayollar ismlari, laqablar, antroponimik indikator, gender, tarixiy antroponimiya, lingvistik tahlil, variantdorlik, semantika, etimologiya.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar