TURLI ETIOLOGIYALI JIGAR SIRROZIDA KLINIK OG‘IRLIK KO‘RSATKICHLARINING QIYOSIY TAVSIFI

Ravzatov J.B, Jo‘raeva M.A.

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Virusli gepatitlar bilan bog‘liq sirrozlarda yallig‘lanish va fibrogenez uzoq davom etuvchi jarayon sifatida kechadi. Alkogol etiologiyasida esa gepatotsitlar toksik shikastlanishi, oksidlovchi stress va metabolik buzilishlarning birgalikdagi ta’siri klinik holatning tezroq og‘irlashishiga olib kelishi mumkin. Amaliyotda Chayld–Pyu tasnifi jigar funksional zaxirasini baholashda keng qo‘llansa, MELD va MELD-Na ko‘rsatkichlari qisqa muddatli prognozni aniqlashda muhimdir. Ushbu mezonlarning etiologik guruhlar kesimida qiyosiy tahlili individual kuzatuv taktikasini tanlash imkonini beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRavzatov J.B, Jo‘raeva M.A.
JurnalЖанубий оролбўйи тиббиёт журнали
Nashr sanasi2026-05-01
Jild2
Betlar631-637
TilIngliz

Kalit so‘zlar

jigar sirrozi, alkogolli jigar sirrozi, Chayld–Pyu, MELD

Ilmiy soha

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Жанубий оролбўйи тиббиёт журнали — barcha maqolalar