O‘quvchilarda umummatеmatik faoliyat usullarini shakllantirish modеli

Turgunbayev, Riskeldi, Kodirov, Komiljon, Azizbek, Solijonovich

FarDU ilmiy xabarlari · 2023-yil

Annotatsiya

Maqola matematika o‘qitishda tezaurusli yondashuvni amalga oshirishning muhim qismi bo‘lgan ta’lim oluvchilarda umummatematik faoliyat usullarini shakllantirish masalasiga qaratilgan. Maktab va oliy ta’limda matematikani o‘qitishda umummatematik faoliyat usullarini tizimli shakllantirish masalasi deyarli o‘rganilgan Umummatematik faoliyat usullari, xususan, bilish usullari (analiz, sintez, abstraktlashtirish, umumlashtirish, konkretlashtirish) shakllantirish yangi tushunchalarni, ularning xossalarini, tushunchalar orasidagi aloqalarni, masalalar yechish usullarini o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladi. Matematikaning rivojlantiruvchi salohiyatini amalga oshirishga yordam beradi. Shuning uchun bu usullarni matematikadan mashg‘ulotlar o‘tish jarayonida shakllantirish masalasini o‘rganish dolzarbdir.

Tadiqiqotning maqsadi matematikani o‘qitish jarayonida umummatematik faoliyat usullarini shakllantirish modelini tavsiflash.

Tadqiqotning metodlari: empirik metodlar (maktab va oliy ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni kuzatish, o‘qituvchilar bilan suhbat); umumilmiy metodlardan analiz, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish.

Tadqiqot natijalari: umummatematik faoliyat usullarini shakllantirishning to‘rt bosqichli modeli ishlab chiqildi, har bir bosqichning tavsifi berildi.

Xulosa. Umummatematik faoliyat usullarini shakllantirish jarayoni quyidagicha bosqichma-bosqich o‘tishi mumkin: usul haqida tushunchani shakllantirish, berilganlarni interpretatsiya qilish (konkret misolda usulni bajarilishi), usulni qo‘llanilishi va yangi sharoitga o‘tkazilishi. Bu modelga mos kelgan holda to‘rtta bosqich ajratildi: tayyorlovchi, o‘rgatuvchi, mustahkamlovchi va amaliy. Shakllantirish jarayonini aqliy faoliyatning maxsus ko‘rinishi bo‘lgan faoliyat usulining ta’rifiga tayangan holda o‘quv xaritasidan foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTurgunbayev, Riskeldi, Kodirov, Komiljon, Azizbek, Solijonovich
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2023-10-24
Jild29
Son2
Betlar31-31
TilO‘zbek
Ilmiy sohaPedagogika
DOI10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a31
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

aqliy harakatlar, umummatematik faoliyat usullari, bilish usullari, o‘quv xaritasi, o‘quv masala, model, mental actions, methods of general mathematical activity, methods of cognition, educational map, educational task, model.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APATurgunbayev, Riskeldi, Kodirov, Komiljon, & Azizbek, Solijonovich (2023). O‘QUVCHILARDA UMUMMATЕMATIK FAOLIYAT USULLARINI SHAKLLANTIRISH MODЕLI. FarDU ilmiy xabarlari, 29(2), 31-31. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a31
GOST (OAK)Turgunbayev, Riskeldi, Kodirov, Komiljon, Azizbek, Solijonovich O‘QUVCHILARDA UMUMMATЕMATIK FAOLIYAT USULLARINI SHAKLLANTIRISH MODЕLI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2023. – T. 29, № 2. – B. 31-31. – DOI: 10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a31.
MLATurgunbayev, Riskeldi, Kodirov, Komiljon, and Azizbek, Solijonovich. “O‘QUVCHILARDA UMUMMATЕMATIK FAOLIYAT USULLARINI SHAKLLANTIRISH MODЕLI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(2), 31-31, 2023. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a31
ChicagoTurgunbayev, Riskeldi, Kodirov, Komiljon, and Azizbek, Solijonovich. “O‘QUVCHILARDA UMUMMATЕMATIK FAOLIYAT USULLARINI SHAKLLANTIRISH MODЕLI.” FarDU ilmiy xabarlari, 29(2), 31-31 (2023). https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a31
HarvardTurgunbayev, Riskeldi, Kodirov, Komiljon, and Azizbek, Solijonovich (2023) ‘O‘QUVCHILARDA UMUMMATЕMATIK FAOLIYAT USULLARINI SHAKLLANTIRISH MODЕLI’, FarDU ilmiy xabarlari, 29(2), 31-31. https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a31
BibTeX
@article{turgunbayevriskeldi2023,
  title = {O‘QUVCHILARDA UMUMMATЕMATIK FAOLIYAT USULLARINI SHAKLLANTIRISH MODЕLI},
  author = {Turgunbayev, Riskeldi and Kodirov, Komiljon and Azizbek, Solijonovich},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2023},
  volume = {29},
  number = {2},
  pages = {31-31},
  doi = {10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a31},
  url = {https://doi.org/10.56292/sjfsu/vol29_iss2/a31}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2023-yil arxivi

Pedagogika sohasidagi boshqa maqolalar

Pedagogika sohasidagi OAK jurnallari