Janubiy o‘zbеkistonda urbanizatsiya rivojlanishining sotsial jihatlari

Qurbonov, Pahlavon

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Maqolada urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishning sotsial jihatlari Janubiy O‘zbekiston misolida tadqiq etilgan. Maqsaddan kelib chiqqan holda, mintaqa shaharlar to‘ri, tarkibi va iyerarxiyasi bilan xizmatlar sohasi o‘rtasidagi aloqadorlik ochib berilgan. Ya’ni, ijtimoiy sohalar rivojlanib borishi shaharlarning yiriklashuviga xizmat qilish bilan birgalikda, shahar joylar aholi sonidan kelib chiqqan holda o‘zlarida eng muhim va yirik xizmatlar majuini jamlagan.

Urbanizatsiya jarayonlari rivojlanishida sotsial sohalarning ta'sirini o‘rganish, shaharlar iyerarxiyasiga mos tarzda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarining sifat va miqdor jihatdan kengayib borishini tahlil qilish, ijtimoiy sohalarni shahar hosil qiluvchi omil sifatida Janubiy O‘zbekiston misolida o‘rganish ishning maqsad va vazifalarini belgilab beradi.

Maqolaning uslubiy asosini kompleks yondoshuv tashkil etib, bunda geografik taqqoslash, tizim-tarkib, tarixiy, statistik, matematik, hududiy tahlil kabi usullardan foydalanilgan. Tadqiqot ishi maxsus ilmiy adabiyotlar, kartografik manbalar bilan bir qatorda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari statistika boshqarmalaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida amalga oshirilgan.

Aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari – savdo, ta’lim, sog‘liqni saqlash tizimi keltirilgan aholi punktlari, ya’ni markaziy o‘rinlarda turli darajada joylashtiriladi. Bu joylarning har birini o‘ziga xos va o‘ziga mos ta’sir, xizmat ko‘rsatish doirasi bor. Bu borada, shaharlar o‘ziga xos ma’muriy (viloyat va tuman markazlari) va iqtisodiy (yirik sanoat ishlab chiqarish obyektlari, transport tugunlari) “poytaxt” vazifasini bajarish bilan bir qatorda o‘sha hududning ijtimoiy sohalar majmuining markazi ham xisoblanadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQurbonov, Pahlavon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-06-25
Jild30
Son1
Betlar16-16
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

urbanizatsiya, shahar, markaziy shahar, shaharlar iyerarxiyasi, shaharlar funksiyasi, shaharlar ixtisoslashuvi, ijtimoiy sohalar, shahar turmush tarzi, xizmat ko‘rsatish sohalari, chakana savdo., urbanization, city, central city, hierarchy of cities, function of cities, specialization of cities, social spheres, urban lifestyle, service industries, retail trade.

Iqtibos keltirish

APAQurbonov, Pahlavon (2024). JANUBIY O‘ZBЕKISTONDA URBANIZATSIYA RIVOJLANISHINING SOTSIAL JIHATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 16-16. https://journal.fdu.uz/main/article/3143
GOST (OAK)Qurbonov, Pahlavon JANUBIY O‘ZBЕKISTONDA URBANIZATSIYA RIVOJLANISHINING SOTSIAL JIHATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 1. – B. 16-16.
MLAQurbonov, Pahlavon. “JANUBIY O‘ZBЕKISTONDA URBANIZATSIYA RIVOJLANISHINING SOTSIAL JIHATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 16-16, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/3143
ChicagoQurbonov, Pahlavon. “JANUBIY O‘ZBЕKISTONDA URBANIZATSIYA RIVOJLANISHINING SOTSIAL JIHATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 16-16 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/3143
HarvardQurbonov, Pahlavon (2024) ‘JANUBIY O‘ZBЕKISTONDA URBANIZATSIYA RIVOJLANISHINING SOTSIAL JIHATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 16-16. https://journal.fdu.uz/main/article/3143
BibTeX
@article{qurbonovpahlavon2024,
  title = {JANUBIY O‘ZBЕKISTONDA URBANIZATSIYA RIVOJLANISHINING SOTSIAL JIHATLARI},
  author = {Qurbonov, Pahlavon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {1},
  pages = {16-16},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/3143}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Qurbonov, Pahlavon — boshqa maqolalari