KATTAQO‘RG‘ON TUMANINING GEOLOGIK VA OROGRAFIK TUZILISHIGA UMUMIY TABIIY GEOGRAFIK TAVSIF

Avezov, Muxriddin, Elmurotova, Aziza

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

<p><em>Ushbu tadqiqot ishida Kattaqo‘rg‘on tumanining orografik va geologik tuzilishini tahlil qilish uning maqsadi qilib belgilandi. Mazkur ilmiy ishni bajarish davomida adabiyotlar va fond materiallari bilan ishlash, kartografik, dala tadqiqot, GIS texnologiyalari kabi bir qancha metodlardan foydalanildi. Tadqiqot ishining adabiyotlar tahlili qismida, Kattaqo‘rg‘on tumani tabiiy sharoitining o‘rganilganlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. So‘ngra, tumanning geografik o‘rni, yer yuzasining geologik hamda orografik tuzilishi tahlil qilindi. Bunda, Kattaqo‘rg‘on tumanining hududining geologik tarixi, tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari, ushbu burmalanishlar natijasida shakllangan hozirgi orografik strukturalar (Oqtov va Zirabuloq tog‘lari va Kattaqo‘rg‘on botig‘i) o‘rganildi. Bunga qo‘shimcha ravishda, tuman hududida shakllangan geologik svitalar, komplekslar, ularning paydo bo‘lgan eralari (davrlari), svitalar va komplekslar qatlamlarining qalinligi, qanday tog‘ jinslaridan tarkib topganligi hamda bu yotqiziqlar tuman hududining qaysi qismlarida uchrashi tahlil qilindi. Tadqiqotlar natijasida, Kattaqo‘rg‘on tumani hududi turli xil tog‘ jinslaridan tashkil topganligi, ularning orasida qadimgi tog‘ jinslaridan tortib hozirgi davr yotqiziqlarigacha uchratish mumkinligi haqida xulosa qilindi. Olingan ma’lumotlar asosida Kattaqo‘rg‘on tumani geologik xaritasi ArcGIS 10.8 dasturi orqali tuzildi.</em></p>

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAvezov, Muxriddin, Elmurotova, Aziza
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2024-06-25
Jild30
Son1
Betlar135-139
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

geologik tuzilish, tog‘ jinsi, orografiya, svita, tog‘lar, tog‘ tizmalari, geologik majmualar, intruziyalar, allyuvial jinslar, prolyuvial jinslar., geological structure, rocks, orography, formations, mountains, mountain ranges, geological complexes, intrusions, alluvial rocks, proluvial rocks.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar