Shohimardonsoy havzasida turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik imkoniyatlari

Pirnazarov, Ravshan

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

Ma’lumki, har qanday turistik faoliyat tabiiy geografik hamda gidrometeorologik omillar bilan chambarchas bog‘liq. Bunday omillar qatoridan hududning relyef tuzilishi, iqlimiy sharoiti, gidrografiyasi hamda o‘simlik qoplami alohida o‘rin egallaydi. Aynan shu omillar kishilarda rekreatsion hududlarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Qolaversa, mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, uni ustuvor sohaga aylantirish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarning turistik imkoniyatlarini tadqiq etishni taqozo qiladi. Yuqoridagi holatlarni inobatga olib, mazkur maqolada Shohimardonsoy havzasida turizmni rivojlantirishning tabiiy geografik imkoniyatlarini tahlil qilish asosiy maqsad sifatida belgilandi.

Ushbu tadqiqot ishida maxsus topogeodezik, kartografik, geografik o‘xshashlik va taqqoslash hamda landshaft tahlili usullaridan foydalanildi. Tadqiqotda Shohimardonsoy havzasining tabiiy geografik xususiyatlari, ya’ni relyef, gidrologik va gidrometeorologik sharoitlari rekreatsion resurs sifatida ko‘rib chiqilib, natijada havzada turizmni rivojlantirish maqsadida baholandi.

Ishning xulosa qismida Shohimardonsoy havzasida turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va uning istiqbollari bayon etildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarPirnazarov, Ravshan
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2024-06-25
Jild30
Son1
Betlar15-15
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-06

Kalit so‘zlar

rekreatsion-turistik imkoniyat, tabiiy geografik omillar, gidrometeorologik omillar, rekreatsion hudud, Oloy tog‘ tizmasi, Turkiston tog‘ tizmasi, Shohimardon qishlog‘i, Yordon qishlog‘i, Shohimardonsoy daryosi, Ko‘ksuv daryosi, Oqsuv daryosi, Dugoba daryosi, Ikkidovon daryosi, Qurbonko‘l, Ko‘kko‘l (Yashilko‘l), geografik omillar, gidrometeorologik omillar, relyef, iqlimiy sharoit, gidrografiya, muzliklar maydoni., recreational and tourist opportunity, physical and geographical factors, hydrometeorological factors, recreational zone, Alai mountain range, Turkestan mountain range, Shakhimardan village, Iardan village, Shakhimardansay river, Koksu river, Aksu river, Dugoba river, Ikkidavan river, Kurbankul, Kokkul (Yashilkul), geographical factors, hydrometeorological factors, relief, climatic conditions, hydrography, glacier area.

Iqtibos keltirish

APAPirnazarov, Ravshan (2024). SHOHIMARDONSOY HAVZASIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TABIIY GEOGRAFIK IMKONIYATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 15-15. https://journal.fdu.uz/main/article/3144
GOST (OAK)Pirnazarov, Ravshan SHOHIMARDONSOY HAVZASIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TABIIY GEOGRAFIK IMKONIYATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2024. – T. 30, № 1. – B. 15-15.
MLAPirnazarov, Ravshan. “SHOHIMARDONSOY HAVZASIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TABIIY GEOGRAFIK IMKONIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 15-15, 2024. https://journal.fdu.uz/main/article/3144
ChicagoPirnazarov, Ravshan. “SHOHIMARDONSOY HAVZASIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TABIIY GEOGRAFIK IMKONIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 15-15 (2024). https://journal.fdu.uz/main/article/3144
HarvardPirnazarov, Ravshan (2024) ‘SHOHIMARDONSOY HAVZASIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TABIIY GEOGRAFIK IMKONIYATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 30(1), 15-15. https://journal.fdu.uz/main/article/3144
BibTeX
@article{pirnazarovravshan2024,
  title = {SHOHIMARDONSOY HAVZASIDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING TABIIY GEOGRAFIK IMKONIYATLARI},
  author = {Pirnazarov, Ravshan},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2024},
  volume = {30},
  number = {1},
  pages = {15-15},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/3144}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2024-yil arxivi

Pirnazarov, Ravshan — boshqa maqolalari