“QISASI RABG‘UZIY” ASARIDA QO‘LLANGAN KO‘MAKCHILAR TAHLILI

Jo‘raboyeva, Gulrux, Ergashova, Gulsanam

FarDU ilmiy xabarlari · 2024-yil

Annotatsiya

<p><em>Maqolada </em><em>Nosiriddin Burhoniddin o‘g‘li Rabg‘uziy tomonidan yozilgan va eski o‘zbek tili xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarida qo‘llangan ko‘makchilar tahlil etilgan. </em><em>Nosiriddin Rabg‘uziy Xorazmning Raboti O‘g‘uz degan joyidan bo‘lib, XIII asning oxiri – XIV asrning boshlarida yashagan. Adibning bizgacha faqat “Qisasi Rabg‘uziy” asari saqlanib qolgan va u turkiy tilda nasrda bitilgan birinchi yirik asar hisoblanib, keyinchalik “Qisasul-anbiyoyi turkiy” nomi bilan shuhrat topgan.</em><em> Asarda eski o‘zbek tiliga oid juda ko‘plab ko‘makchilar ishtirok etgan va ularning ayrimlari bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan. Ko‘makchilarning mustaqil ma’noli so‘zlardan farqi ko‘makchilarda mustaqil leksik ma’no yo‘q ekanligidagina emas, balki ko‘makchilardagi leksik ma’no qandaydir o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ular mustaqil ma’noli so‘zlarga birikkandagina paydo bo‘lishidadir. Mustaqil so‘zlarning ko‘makchilarga o‘tishi undagi leksik va grammatik xususiyatlarning o‘zgarishiga olib keladi. Ko‘makchilar grammatik kategoriya bo‘lgani uchun</em><em> ham tilda ko‘makchilarning paydo bo‘lishi grammatikaning bir elementi hisoblanadi. Turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida ham ko‘makchilar guruhining kengayishi XII-XIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Umumxalq tilining nodir namunasi asosida yozilgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarida ham yordamchi so‘z turkumiga kiruvchi ko‘makchilarning keng qo‘llanishi yuqoridagi fikrlarning to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi va o‘z navbatida ularning tadqiqi o‘zbek tili tarixi hamda hozirgi o‘zbek tilidagi ayrim nazariy qarashlarga oydinlik kiritadi.</em></p>

Maqola ma’lumotlari
MualliflarJo‘raboyeva, Gulrux, Ergashova, Gulsanam
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2024-09-12
Jild30
Son3
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

mustaqil so‘z turkumi, yordamchi so‘z turkumi, ko‘makchi, sof ko‘makchilar, vazifadosh ko‘makchilar, etimologik tahlil, tarixiy morfologiya, o‘g‘uz-qipchoq tili unsurlari, qarluq-uyg‘ur tili unsurlari., independent word group, auxiliary word group, auxiliary, pure auxiliaries, functional auxiliaries, etymological analysis, historical morphology, elements of the Oghuz-Kipchak language, elements of the Qarluq-Uygur language.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar