O‘zbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan islohatlar va ularning geografik jihatlari

Usmanov, Mashrab

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada yurtimizda turizmni rivojlantirish masalalari, turizmning iqtisodiyotga ta’siri, xorijiy olimlar turizm to‘g‘risidagi nazariyasi, respublikamizda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar, O‘zbekistonga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar, xorijiy sayyohlar davlatlar kesimida, turistik tashriflar, turistik axborot, shuningdek, iqtisodiyotimiz salohiyatini yanada oshirishda turizmning o‘rni hamda rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirish lozim bo‘lgan vazifa va chora-tadbirlar belgilab berilgan. Shuningdek, turizmning iqtisodiyotga ta’siri faqatgina mehmonxonalar va restoranlarga cheklanmay, balki kengroq infrastruktura loyihalari, jamoat xizmatlari, savdo va transport sohalarini ham qamrab olishi, jahonda yuz berayotgan globalizatsiya jarayonlarining tezlashib borishi davlatlardan turizm tarmog‘ini rivojlantirish orqali muhim masalalarni yechish imkoniyatini yaratishni taqozo etmoqda. Mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qo‘riqxonalar, tog‘li hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud. Ayniqsa, tibbiyot turizmi, ziyorat turizmi va ekoturizmni rivojlantirish nafaqat iqtisodiyot, balki ijtimoiy sohalar rivojiga ham katta turtki beradi. Bugungi kunda rivojlangan davlatlar ilmiy tadqiqotlarida turizm sohasini ularning iqtisodiyotiga, ijtimoiy sohasiga, ekologiya va boshqa sohalarga ta’siri o‘rganish bo‘yicha bir qancha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Keyingi yillarda respublikamizda turizm sohasida olib borilayotgan islohatlar tufayli yildan-yilga yurtimizga xorijlik sayyohlarning tashrifi ortib bormoqda. Xorijiy sayyohlar tashrifi davlatlar kesimida, O‘zbekiston – boy tarixiy va madaniy merosga ega mamlakat bo‘lib, uning turizm sohasi so‘nggi yillarda jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, mamlakatimizda turizmni rivojlantirishda mavjud imkoniyatlarimizdan keng foydalanish va xorij tajribalarini amalda qo‘llash, mahalliy aholi va sayyohlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yo‘l infratuzilmasini rejalashtirish va modernizatsiya qilish orqali mamlakat fuqarolarining turistik faolligini orttiradi hamda xorijiy turistlar oqimi ko‘payishiga olib keladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUsmanov, Mashrab
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-12-31
Jild31
Son3
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-09-09

Kalit so‘zlar

O‘zbekistonda turizm sohasi, xorijiy olimlar, xorijiy sayyohlar, turistik tashriflar statistikasi, xalqaro turistik oqimlar, turistik axborot xizmatlari, joylashtirish vositalari, viza rejimining soddalashtirilishi, turizm infratuzilmasinining rivojlanishi, sayyohlik xizmatlarning yaxshilanishi., Tourism sector in Uzbekistan, foreign scientists, foreign tourists, statistics of tourist visits, international tourist flows, tourist information services, accommodation facilities, simplification of the visa regime, development of tourism infrastructure, improvement of tourist services.

Iqtibos keltirish

APAUsmanov, Mashrab (2025). O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR VA ULARNING GEOGRAFIK JIHATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(3). https://journal.fdu.uz/main/article/502
GOST (OAK)Usmanov, Mashrab O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR VA ULARNING GEOGRAFIK JIHATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 3.
MLAUsmanov, Mashrab. “O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR VA ULARNING GEOGRAFIK JIHATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/502
ChicagoUsmanov, Mashrab. “O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR VA ULARNING GEOGRAFIK JIHATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3) (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/502
HarvardUsmanov, Mashrab (2025) ‘O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR VA ULARNING GEOGRAFIK JIHATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(3). https://journal.fdu.uz/main/article/502
BibTeX
@article{usmanovmashrab2025,
  title = {O‘ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHATLAR VA ULARNING GEOGRAFIK JIHATLARI},
  author = {Usmanov, Mashrab},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {3},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/502}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Usmanov, Mashrab — boshqa maqolalari