Qumli cho‘l tuproqlarining biologik xossalari va ularni yaxshilash yo‘llari

Nurgaliyev, Najmiddin

FarDU ilmiy xabarlari · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada qumli cho‘l yеrlaridan samarali foydalanish ularning tabiiy biologik xilma-xilligini buzish, yog‘ingarchilik va oqava suvlarning yildan-yilga kamayishi asosiy xavflardan bo‘lib, buning natijasida qumli cho‘l еrlarda yaylovlardan foydalanish samaradorligi pasayadi, bu esa tuproq unumdorligining pasayishiga olib keladi. Cho‘llanishga qarshi kurashish, degradatsiyaga uchragan yеrlarni tiklash ishlari samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Shu munosabat bilan tadqiqot jarayonida bioorganik o‘g‘itlar va gidrogellardan foydalangan holda yaylov yеm-xashak o‘simliklari ostidagi qumli cho‘l tuproqlarining biologik faolligi o‘rganildi. Ushbu maqolada agrobiotexnologiya yordamida izen (Kochia prostrata), teresken (Ceratoides ewersmanniana), cho‘g‘on (Halothamnus subaphylla), keyruk (Salsola orientalis) oʻsimliklari bilan dala tajribalari keltirilgan. Tuproqlarning fermentativ faolligi (katalaza, ureaza va invertaza) va turli xil variantlarda mikroorganizmlar soni (ammonifikatorlar, spora hosil qiluvchi, aktinomitsetalar va mikroskopik zamburug‘lar) o‘rganildi. Natijalar bioorganik o‘g‘itlar va gidrogel ishlatilgan nazorat variantiga nisbatan fermentativ va mikrobiologik faollik ortganligini ko‘rsatdi. Ureaza va ammonifikatorlar, shuningdek, spora hosil qiluvchi bakteriyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik juda yaqin bo‘lgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNurgaliyev, Najmiddin
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2025-12-31
Jild31
Son3
TilO‘zbek
Ilmiy sohaBiologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-09-09

Kalit so‘zlar

cho‘l qumli tuproq, fermentativ faollik, mikrobiologik faollik, korrelyatsiya, cho‘l еm-xashak o‘simliklari, biomassa., desert sandy soil, enzymatic activity, microbiological activity, correlation, desert forage plants, biomass.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APANurgaliyev, Najmiddin (2025). QUMLI CHO‘L TUPROQLARINING BIOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 31(3). https://journal.fdu.uz/main/article/505
GOST (OAK)Nurgaliyev, Najmiddin QUMLI CHO‘L TUPROQLARINING BIOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2025. – T. 31, № 3.
MLANurgaliyev, Najmiddin. “QUMLI CHO‘L TUPROQLARINING BIOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3), 2025. https://journal.fdu.uz/main/article/505
ChicagoNurgaliyev, Najmiddin. “QUMLI CHO‘L TUPROQLARINING BIOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 31(3) (2025). https://journal.fdu.uz/main/article/505
HarvardNurgaliyev, Najmiddin (2025) ‘QUMLI CHO‘L TUPROQLARINING BIOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 31(3). https://journal.fdu.uz/main/article/505
BibTeX
@article{nurgaliyevnajmiddin2025,
  title = {QUMLI CHO‘L TUPROQLARINING BIOLOGIK XOSSALARI VA ULARNI YAXSHILASH YO‘LLARI},
  author = {Nurgaliyev, Najmiddin},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2025},
  volume = {31},
  number = {3},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/505}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2025-yil arxivi

Nurgaliyev, Najmiddin — boshqa maqolalari

Biologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Biologiya sohasidagi OAK jurnallari