RUS VA O‘ZBEK TILLARIDA INTERNET-SLENG BIRLIKLARINING LEKSIKOLOGIK XUSUSIYATLARI: QIYOSIY TAHLIL

Ibragimova, Extiyotxon, Toshpulatova, Durdonaxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada rus va o‘zbek tillaridagi internet-sleng birliklarining leksikologik xususiyatlari qiyosiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda internet-slengning shakllanish omillari, leksik tarkibi, semantik xususiyatlari hamda zamonaviy raqamli kommunikatsiyadagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, abbreviaturalar, neologizmlar, o‘zlashma leksika, emodzi va smayliklar hamda internet muhitida shakllangan frazeologik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Tahlil jarayonida rus va o‘zbek internet diskursida keng tarqalgan sleng birliklarining kommunikativ, emotsional-ekspressiv, uslubiy va ijtimoiy vazifalari aniqlanadi. Tadqiqot natijalari internet-sleng birliklarining rus va o‘zbek tillaridagi rivojlanish tendensiyalarini aniqlash hamda zamonaviy internet diskursi xususiyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarIbragimova, Extiyotxon, Toshpulatova, Durdonaxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
Nashr sanasi2026-06-30
Jild7
Son3
Betlar88-94
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

internet-sleng, internet diskursi, leksikologiya, neologizm, abbreviatura, emodzi, o‘zlashma leksika, rus tili, o‘zbek tili, raqamli kommunikatsiya., Internet slang, Internet discourse, lexicology, neologism, abbreviation, emoji, borrowed vocabulary, Russian language, Uzbek language, digital communication.

Ilmiy soha

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar