Raqamli mediamakon: konseptual asoslari va axborot jamiyatidagi transformatsiyasi

Joʻraboyeva, Nargizaxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada raqamli mediamakon tushunchasining mazmun-mohiyati, ilmiy-konseptual asoslari hamda axborotlashgan jamiyat sharoitidagi transformatsiyasi ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi raqamli mediamakonning kommunikatsion muhit sifatida shakllanishi, uning jamiyat hayoti va ijtimoiy munosabatlarga ta‘sir ko‘rsatish mexanizmlarini nazariy jihatdan asoslashdan iborat. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, analiz va sintez, tizimli yondashuv hamda tarixiy-mantiqiy usullar qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli mediamakon an‘anaviy ommaviy axborot vositalaridan internet platformalari, ijtimoiy tarmoqlar va sun‘iy intellekt texnologiyalariga qadar integrativ kommunikatsion muhitni o‘z ichiga oladi. Tadqiqotda raqamli mediamakon taraqqiyotining beshta bosqichi aniqlangan: an‘anaviy elektron media, internet va veb-texnologiyalar, mobil va multimedia konvergensiyasi, ijtimoiy tarmoqlar hamda sun‘iy intellekt va algoritmlashgan kommunikatsiya. Har bir bosqichning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari, axborot tarqatish modellari va ommaviy ongga ta‘sir mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati raqamli mediamakonning nafaqat texnik, balki ijtimoiy-falsafiy fenomen sifatida namoyon bo‘lishini asoslashda ifodalanadi. Amaliy jihatdan, natijalar mediafalsafa, axborot jamiyati nazariyasi va raqamli kommunikatsiya sohasidagi ilmiy izlanishlar uchun nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarJoʻraboyeva, Nargizaxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-07-31
Jild7
Son4
Betlar43-49
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-10-22

Kalit so‘zlar

raqamli mediamakon, axborot jamiyati, tarmoq jamiyati, media konvergensiyasi, ijtimoiy tarmoqlar, kommunikatsion muhit, sun‘iy intellekt, algoritmik boshqaruv, axborot manipulyasiyasi, mediafalsafa., digital media space, information society, network society, media convergence, social networks, communicative environment, artificial intelligence, algorithmic management, information manipulation, media philosophy.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAJoʻraboyeva, Nargizaxon (2026). RAQAMLI MEDIAMAKON: KONSEPTUAL ASOSLARI VA AXBOROT JAMIYATIDAGI TRANSFORMATSIYASI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 43-49. https://journal.fdu.uz/main/article/7431
GOST (OAK)Joʻraboyeva, Nargizaxon RAQAMLI MEDIAMAKON: KONSEPTUAL ASOSLARI VA AXBOROT JAMIYATIDAGI TRANSFORMATSIYASI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 4. – B. 43-49.
MLAJoʻraboyeva, Nargizaxon. “RAQAMLI MEDIAMAKON: KONSEPTUAL ASOSLARI VA AXBOROT JAMIYATIDAGI TRANSFORMATSIYASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 43-49, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7431
ChicagoJoʻraboyeva, Nargizaxon. “RAQAMLI MEDIAMAKON: KONSEPTUAL ASOSLARI VA AXBOROT JAMIYATIDAGI TRANSFORMATSIYASI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 43-49 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7431
HarvardJoʻraboyeva, Nargizaxon (2026) ‘RAQAMLI MEDIAMAKON: KONSEPTUAL ASOSLARI VA AXBOROT JAMIYATIDAGI TRANSFORMATSIYASI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(4), 43-49. https://journal.fdu.uz/main/article/7431
BibTeX
@article{joraboyevanargizaxon2026,
  title = {RAQAMLI MEDIAMAKON: KONSEPTUAL ASOSLARI VA AXBOROT JAMIYATIDAGI TRANSFORMATSIYASI},
  author = {Joʻraboyeva, Nargizaxon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {4},
  pages = {43-49},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7431}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari