Bolalarda fallo tetradasi radikal korreksiyasidan keyingi erta davrda bolalarda o‘ng qorincha funksiyasi exokardiografik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi

Usmonova B.U., Inagamov S.A., Obidov M.O., Sobirov B.B.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Dolzarbligi. Fallo tetradasi jarrohlik korreksiyasidan keyin o‘ng qorincha sistolik faoliyatini baholash operatsiyadan keyingi miokard disfunksiyasini erta aniqlash va bemorlarni kuzatish taktikasini to‘g‘ri belgilashda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, operatsiyadan keyingi erta davrda bo‘ylama sistolik ko‘rsatkichlarning pasayishi nafaqat miokardning bevosita shikastlanishi, balki sternotomiya va perikardiotomiya tufayli yurak anatomik geometriyasi hamda qisqarish mexanikasining vaqtinchalik o‘zgarishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tadqiqot maqsadi: Fallo tetradasi radikal korreksiyasini boshdan kechirgan bolalarda o‘ng qorincha funksiyasining exokardiografik parametrlari dinamikasini tahlil qilish hamda bemorning yoshi va o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti turi ularning operatsiyadan keyingi qayta tiklanish xarakteriga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlash. Material va usullar. Fallo tetradasi sababli radikal jarrohlik amaliyoti bajarilgan 101 nafar bolada retrospektiv-prospektiv kuzatuv o‘tkazildi. Transtorakal exokardiografik ko‘rik operatsiyadan oldin, operatsiyadan keyingi 1-sutkada, 1 oy va 3 oydan so‘ng amalga oshirildi. Bemorlarda TAPSE, z-TAPSE, trikuspidal halqaning lateral segmenti sistolik tezligi S' va z-S', o‘ng qorincha maydoni o‘zgarishi fraksiyasi (FAC), o‘pka arteriyasi regurgitatsiyasi darajasi hamda chap qorinchaning oxirgi-diastolik hajmi va indekslangan oxirgi-diastolik hajmi (ChQ IODH) baholandi. Natijalar. Operatsiyadan keyingi birinchi sutkada TAPSE ko‘rsatkichining 14,85 ± 1,76 mm dan 6,80 ± 1,50 mm gacha (p < 0,0001), S' tezligining 12,13 ± 1,23 sm/s dan 6,20 ± 1,24 sm/s gacha (p < 0,0001) hamda FAC qiymatining 44,45 ± 6,40% dan 28,72 ± 6,15% gacha (p < 0,0001) keskin pasayishi kuzatildi. Operatsiyadan keyingi 3-oyga kelib TAPSE 13,10 ± 1,86 mm gacha, S' esa 11,03 ± 1,14 sm/s gacha qayta tiklandi. Bemorning yoshi barcha kuzatuv bosqichlarida TAPSE absolyut qiymatlariga statistik ishonchli ta’sir ko‘rsatdi (p < 0,0001); yosh va TAPSEning 1-sutkadan 3-oygacha bo‘lgan o‘sish miqdori o‘rtasida to‘g‘ri korrelyatsiya aniqlandi (r = 0,556; p < 0,0001). Ilk sutkada eng past TAPSE va S' ko‘rsatkichlari transannulyar plastika guruhida qayd etildi (mos ravishda p = 0,006 va p = 0,007), biroq 1–3 oylarga kelib jarrohlik usullari orasidagi bu tafovut yo‘qoldi. ChQ IODH ko‘rsatkichi bosqichma-bosqich 40,00 ± 15,05 ml/m² dan 59,40 ± 11,06 ml/m² gacha oshdi (p < 0,0001). Xulosa. Fallo tetradasi radikal korreksiyasidan so‘ng TAPSE va S' ko‘rsatkichlarining darhol keskin tushishi operatsiyadan keyingi ilk davrning qonuniy moslashuv fenomeni bo‘lib, keyingi uch oy davomida ushbu ko‘rsatkichlar sezilarli darajada tiklanadi. O‘ng qorincha funksiyasini to‘g‘ri baholash TAPSE, S', ularning z-ko‘rsatkichlari hamda FAC ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilishga va albatta bolaning yoshi hamda bajarilgan amaliyot turini e’tiborga olishga asoslanishi lozim.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarUsmonova B.U., Inagamov S.A., Obidov M.O., Sobirov B.B.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
NashriyotEMU University
ISSN2181-4007
Nashr sanasi2026-10-31
Son38
Betlar247-252
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-11-01

Kalit so‘zlar

Fallo tetradasi, bolalar, o‘ng qorincha, exokardiografiya, TAPSE, S', FAC, z-ko‘rsatkich, transannulyar plastika, radikal korreksiya.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAUsmonova B.U., Inagamov S.A., Obidov M.O., Sobirov B.B. (2026). BOLALARDA FALLO TETRADASI RADIKAL KORREKSIYASIDAN KEYINGI ERTA DAVRDA BOLALARDA O‘NG QORINCHA FUNKSIYASI EXOKARDIOGRAFIK KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI. Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (38), 247-252. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7117
GOST (OAK)Usmonova B.U., Inagamov S.A., Obidov M.O., Sobirov B.B. BOLALARDA FALLO TETRADASI RADIKAL KORREKSIYASIDAN KEYINGI ERTA DAVRDA BOLALARDA O‘NG QORINCHA FUNKSIYASI EXOKARDIOGRAFIK KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI // Гуманитар ва табиий фанлар журнали. – 2026. – № 38. – B. 247-252.
MLAUsmonova B.U., Inagamov S.A., Obidov M.O., Sobirov B.B. “BOLALARDA FALLO TETRADASI RADIKAL KORREKSIYASIDAN KEYINGI ERTA DAVRDA BOLALARDA O‘NG QORINCHA FUNKSIYASI EXOKARDIOGRAFIK KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (38), 247-252, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7117
ChicagoUsmonova B.U., Inagamov S.A., Obidov M.O., Sobirov B.B. “BOLALARDA FALLO TETRADASI RADIKAL KORREKSIYASIDAN KEYINGI ERTA DAVRDA BOLALARDA O‘NG QORINCHA FUNKSIYASI EXOKARDIOGRAFIK KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (38), 247-252 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7117
HarvardUsmonova B.U., Inagamov S.A., Obidov M.O., Sobirov B.B (2026) ‘BOLALARDA FALLO TETRADASI RADIKAL KORREKSIYASIDAN KEYINGI ERTA DAVRDA BOLALARDA O‘NG QORINCHA FUNKSIYASI EXOKARDIOGRAFIK KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI’, Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (38), 247-252. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7117
BibTeX
@article{usmonovabuinagamovsaobidovmosobirovbb2026,
  title = {BOLALARDA FALLO TETRADASI RADIKAL KORREKSIYASIDAN KEYINGI ERTA DAVRDA BOLALARDA O‘NG QORINCHA FUNKSIYASI EXOKARDIOGRAFIK KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISHI},
  author = {Usmonova B.U., Inagamov S.A., Obidov M.O., Sobirov B.B.},
  journal = {Гуманитар ва табиий фанлар журнали},
  year = {2026},
  number = {38},
  pages = {247-252},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7117}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari