Tuxumdonlar polikistoz sindromi bo‘lgan ayollarda normoglikemik insulinrezistentlik: homa-ir, glyukoza va glikirlangan gemoglobin ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi nomuvofiqlikning retrospektiv tahlili

Najmutdinova D.K., Mahmadullayeva Sh.S.

Гуманитар ва табиий фанлар журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Dolzarbligi. Tuxumdonlar polikistoz sindromi (TPS) reproduktiv yoshdagi ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan endokrin kasalliklardan biri bo‘lib, insulinrezistentlik uning asosiy metabolik komponentlaridan hisoblanadi. Shu bilan birga, och qoringa glyukoza va glikirlangan gemoglobin (HbA1c) ko‘rsatkichlari normal diapazonda bo‘lgan ayrim bemorlarda ham insulinrezistentlik mavjud bo‘lishi mumkin.Maqsad. TPS bo‘lgan ayollarda HOMA-IR, och qoringa glyukoza va HbA1c ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi moslikni baholash hamda normoglikemik insulinrezistentlik uchrash tezligini aniqlash.Material va usullar. Retrospektiv tadqiqotga TPS tashxisi qo‘yilgan 79 nafar reproduktiv yoshdagi ayol kiritildi. Tahlil uchun antropometrik va laborator ko‘rsatkichlar (TVI, och qoringa qondagi glyukoza, insulin, HbA1c va HOMA-IR) o‘rganildi. HOMA-IR ≥2,5 bo‘lgan bemorlar insulinrezistentlik guruhi sifatida baholandi. Statistik tahlilda Mann–Whitney U testi va Spearman korrelyatsion tahlili qo‘llanildi.Natijalar. Tadqiqotga kiritilgan ayollarning median yoshi 26,0 (23,0–28,0) yoshni tashkil etdi. HOMA-IR yuqoriligi 51,9% hollarda aniqlandi. Glyukoza va HbA1c ko‘rsatkichlari normal bo‘lgan 71 nafar ayolning 34 tasida (47,9%) HOMA-IR yuqori bo‘ldi. HOMA-IR yuqori bo‘lgan bemorlarda insulin darajasi sezilarli yuqori bo‘ldi (p<0,001), HbA1c esa guruhlar o‘rtasida farq qilmadi (p=0,741). HOMA-IR bilan insulin o‘rtasida juda kuchli musbat bog‘liqlik kuzatildi (rho=0,979; p<0,001), HbA1c bilan esa ahamiyatli bog‘liqlik aniqlanmadi (rho=0,056; p=0,623).Xulosa. TPS bo‘lgan ayollarda och qoringa glyukoza va HbA1c ko‘rsatkichlari normal bo‘lishiga qaramay, insulinrezistentlik keng tarqalgan. HbA1c HOMA-IRni yetarli darajada aks ettirmasligi mumkin. Shu sababli TPS bilan og‘rigan ayollarda metabolik xavfni baholashda insulin va HOMA-IR ko‘rsatkichlarini qo‘shimcha ravishda aniqlash maqsadga muvofiqdir.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNajmutdinova D.K., Mahmadullayeva Sh.S.
JurnalГуманитар ва табиий фанлар журнали
NashriyotEMU University
ISSN2181-4007
Nashr sanasi2026-10-30
Son38
Betlar85-92
TilO‘zbek
Ilmiy sohaTibbiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-10-31

Kalit so‘zlar

tuxumdonlar polikistoz sindromi (TPS), insulinrezistentlik, HOMA-IR, glikirlangan gemoglobin, glyukoza, metabolik buzilishlar.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APANajmutdinova D.K., Mahmadullayeva Sh.S. (2026). TUXUMDONLAR POLIKISTOZ SINDROMI BO‘LGAN AYOLLARDA NORMOGLIKEMIK INSULINREZISTENTLIK: HOMA-IR, GLYUKOZA VA GLIKIRLANGAN GEMOGLOBIN KO‘RSATKICHLARI O‘RTASIDAGI NOMUVOFIQLIKNING RETROSPEKTIV TAHLILI. Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (38), 85-92. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7093
GOST (OAK)Najmutdinova D.K., Mahmadullayeva Sh.S. TUXUMDONLAR POLIKISTOZ SINDROMI BO‘LGAN AYOLLARDA NORMOGLIKEMIK INSULINREZISTENTLIK: HOMA-IR, GLYUKOZA VA GLIKIRLANGAN GEMOGLOBIN KO‘RSATKICHLARI O‘RTASIDAGI NOMUVOFIQLIKNING RETROSPEKTIV TAHLILI // Гуманитар ва табиий фанлар журнали. – 2026. – № 38. – B. 85-92.
MLANajmutdinova D.K., Mahmadullayeva Sh.S. “TUXUMDONLAR POLIKISTOZ SINDROMI BO‘LGAN AYOLLARDA NORMOGLIKEMIK INSULINREZISTENTLIK: HOMA-IR, GLYUKOZA VA GLIKIRLANGAN GEMOGLOBIN KO‘RSATKICHLARI O‘RTASIDAGI NOMUVOFIQLIKNING RETROSPEKTIV TAHLILI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (38), 85-92, 2026. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7093
ChicagoNajmutdinova D.K., Mahmadullayeva Sh.S. “TUXUMDONLAR POLIKISTOZ SINDROMI BO‘LGAN AYOLLARDA NORMOGLIKEMIK INSULINREZISTENTLIK: HOMA-IR, GLYUKOZA VA GLIKIRLANGAN GEMOGLOBIN KO‘RSATKICHLARI O‘RTASIDAGI NOMUVOFIQLIKNING RETROSPEKTIV TAHLILI.” Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (38), 85-92 (2026). https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7093
HarvardNajmutdinova D.K., Mahmadullayeva Sh.S (2026) ‘TUXUMDONLAR POLIKISTOZ SINDROMI BO‘LGAN AYOLLARDA NORMOGLIKEMIK INSULINREZISTENTLIK: HOMA-IR, GLYUKOZA VA GLIKIRLANGAN GEMOGLOBIN KO‘RSATKICHLARI O‘RTASIDAGI NOMUVOFIQLIKNING RETROSPEKTIV TAHLILI’, Гуманитар ва табиий фанлар журнали, (38), 85-92. https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7093
BibTeX
@article{najmutdinovadkmahmadullayevashs2026,
  title = {TUXUMDONLAR POLIKISTOZ SINDROMI BO‘LGAN AYOLLARDA NORMOGLIKEMIK INSULINREZISTENTLIK: HOMA-IR, GLYUKOZA VA GLIKIRLANGAN GEMOGLOBIN KO‘RSATKICHLARI O‘RTASIDAGI NOMUVOFIQLIKNING RETROSPEKTIV TAHLILI},
  author = {Najmutdinova D.K., Mahmadullayeva Sh.S.},
  journal = {Гуманитар ва табиий фанлар журнали},
  year = {2026},
  number = {38},
  pages = {85-92},
  url = {https://journals.tnmu.uz/index.php/gtfj/article/view/7093}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Гуманитар ва табиий фанлар журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Гуманитар ва табиий фанлар журнали — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Tibbiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Tibbiyot sohasidagi OAK jurnallari