Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning raqobat strategiyalari

Roziqova , Farangiz

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishda raqobat strategiyalarini tanlash va amalga oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi tarmoqning jadal o‘sishi bilan bir qatorda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari shakllangani, narx raqobati kuchayib, korxonalar rentabelligi pasayish xavfi yuzaga kelgani bilan asoslangan. M. Porterning pozitsion yondashuvi, resurslarga asoslangan nazariya, dinamik qobiliyatlar, I. Ansoffning “mahsulot – bozor” matritsasi, strategik xulq-atvor tipologiyasi, quvvatlar strategiyasi, “moviy okean” va ekologik raqobatbardoshlik konsepsiyalari umumlashtirilib, ularning qurilish materiallari sanoatida qo‘llanilish xususiyatlari tizimlashtirilgan. Adabiyotlar tahlili kapital sig‘imi yuqori va mahsuloti standart bo‘lgan tarmoqlarda raqobat asosan xarajatlar va quvvatlardan foydalanish orqali kechishini, qo‘shilgan qiymati yuqori segmentlarda esa texnologik kompetensiyalar hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatgan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, strategik tahlil, qiyosiy tahlil, guruhlash, statistik tahlil va iqtisodiy-matematik modellashtirish usullaridan foydalanilgan. O‘zbekiston qurilish materiallari sanoatining 2017– 2025-yillardagi rivojlanishi tahlil qilinib, tarmoq mahsuloti 2017–2024-yillarda 4,1 baravar o‘sgani, biroq sement ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 50–55 foiz atrofida qolayotgani aniqlangan. Hisob-kitoblar 2030-yilgi maqsadlarga erishish uchun tarmoq mahsuloti va eksportning yillik o‘rtacha 7,6–7,7 foizlik o‘sishi yetarli ekanini ko‘rsatgan. Quvvatlardan to‘liq foydalanmaslikning mahsulot tannarxiga ta’siri baholanib, shartli misolda foydalanish darajasini 80 foizga oshirish birlik tannarxini taxminan 12,5 foizga kamaytirishi ko‘rsatilgan. Sement va klinker, shisha, keramika va gipsokarton, kaolin, mahalliy materiallar hamda “yashil” qurilish materiallari segmentlari bo‘yicha raqobat strategiyalari va ularni boshqarish vositalari taklif etilgan. Ortiqcha quvvatlar sharoitida yangi quvvatlarni kengaytirish emas, balki mavjud quvvatlardan foydalanishni eksport, kooperatsiya va energiya tejash orqali oshirish ustuvor bo‘lishi asoslangan. Natijalardan qurilish materiallari korxonalarining strategik rejalarini ishlab chiqishda va tarmoqni rivojlantirish dasturlarini takomillashtirishda foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRoziqova , Farangiz
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-10-19
Jild3
Son10
Betlar158-166
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-10-21

Kalit so‘zlar

qurilish materiallari sanoati, raqobat strategiyasi, strategik boshqaruv, xarajatlar bo‘yicha yetakchilik, differensiatsiya, quvvatlardan foydalanish, sement, eksport, importni almashtirish, ekologik raqobatbardoshlik.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APARoziqova , Farangiz (2026). QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISHNING RAQOBAT STRATEGIYALARI. Innovations in Science and Technologies, 3(10), 158-166. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1792
GOST (OAK)Roziqova , Farangiz QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISHNING RAQOBAT STRATEGIYALARI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 10. – B. 158-166.
MLARoziqova , Farangiz. “QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISHNING RAQOBAT STRATEGIYALARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(10), 158-166, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1792
ChicagoRoziqova , Farangiz. “QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISHNING RAQOBAT STRATEGIYALARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(10), 158-166 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1792
HarvardRoziqova , Farangiz (2026) ‘QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISHNING RAQOBAT STRATEGIYALARI’, Innovations in Science and Technologies, 3(10), 158-166. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1792
BibTeX
@article{roziqovafarangiz2026,
  title = {QURILISH MATERIALLARI ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINI BOSHQARISHNING RAQOBAT STRATEGIYALARI},
  author = {Roziqova , Farangiz},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {10},
  pages = {158-166},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1792}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari