Mehmondo‘stlik industriyasida servis faoliyatini rivojlantirish tendensiyalari

Hamitov , Mubin

Innovations in Science and Technologies · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada mehmondo‘stlik industriyasida servis faoliyatini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari tadqiq etilgan. Tadqiqotning dolzarbligi jahonda xalqaro turistik safarlar soni 2025-yilda 1,52 mlrd taga yetgani, O‘zbekistonda esa joylashtirish vositalari soni jadal o‘sayotgan sharoitda yangi quvvatlarni zamonaviy talablarga javob beradigan servis bilan ta’minlash zarurati bilan asoslangan. Tadqiqotda tizimli yondashuv, kontent-tahlil, qiyosiy tahlil, guruhlash, statistik tahlil va ekspert baholash usullaridan foydalanilgan. Xorijiy ilmiy adabiyotlar asosida sakkizta asosiy tendensiya - raqamlashtirish va sun’iy intellekt, onlayn sharhlar va raqamli obro‘, ulashish iqtisodiyoti, taassurot va shaxsiylashtirish, barqarorlik, brendlashuv va tarmoqlashuv, joylashtirishning yangi formatlari hamda halol va madaniy moslashtirilgan servis tizimlashtirilgan va ular texnologik-bozor hamda qadriyat tendensiyalari guruhlariga ajratilgan. Adabiyotlar tahlili raqamli texnologiyalar, onlayn sharhlar va ulashish platformalari servisni ko‘rsatish usullari va raqobat muhitini, taassurot, barqarorlik va halol servis esa mehmon qadrlaydigan servis mazmunini o‘zgartirayotganini ko‘rsatgan. O‘zbekiston mehmondo‘stlik sohasining 2025-2026-yillardagi ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, 2025-yilda ishga tushirilgan 1 023 ta joylashtirish vositasining 51,6 foizi oilaviy mehmon uylari, 29,1 foizi xostellar ekani, xalqaro brend ostidagi xonalar soni esa 2025-yil oxiridan 2026-yil 1-avgustgacha 28,4 foizga o‘sgani aniqlangan. Tendensiyalarning O‘zbekistonda namoyon bo‘lish darajasi uch bosqichli shkala bo‘yicha baholanib, yangi formatlar va brendlashuv yuqori, barqarorlik va ulashish iqtisodiyotini tartibga solish esa past darajada ekani ko‘rsatilgan. Mehmon uylari va xostellar uchun servis standartlari, kichik obyektlar uchun bulutli boshqaruv tizimlari, milliy “yashil mehmonxona” va halol servis sertifikatlari hamda mahalliy mehmonxona brendlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijalardan mehmondo‘stlik korxonalari va soha davlat organlari faoliyatida servis siyosatini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarHamitov , Mubin
JurnalInnovations in Science and Technologies
NashriyotТошкент давлат иқтисодиёт университети
ISSN3030-3451
Nashr sanasi2026-10-19
Jild3
Son10
Betlar129-138
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-10-20

Kalit so‘zlar

mehmondo‘stlik industriyasi, servis faoliyati, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, onlayn sharhlar, ulashish iqtisodiyoti, taassurotlar iqtisodiyoti, barqaror mehmonxona, xalqaro brendlar, oilaviy mehmon uylari.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAHamitov , Mubin (2026). MEHMONDO‘STLIK INDUSTRIYASIDA SERVIS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI. Innovations in Science and Technologies, 3(10), 129-138. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1790
GOST (OAK)Hamitov , Mubin MEHMONDO‘STLIK INDUSTRIYASIDA SERVIS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI // Innovations in Science and Technologies. – 2026. – T. 3, № 10. – B. 129-138.
MLAHamitov , Mubin. “MEHMONDO‘STLIK INDUSTRIYASIDA SERVIS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(10), 129-138, 2026. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1790
ChicagoHamitov , Mubin. “MEHMONDO‘STLIK INDUSTRIYASIDA SERVIS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI.” Innovations in Science and Technologies, 3(10), 129-138 (2026). https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1790
HarvardHamitov , Mubin (2026) ‘MEHMONDO‘STLIK INDUSTRIYASIDA SERVIS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI’, Innovations in Science and Technologies, 3(10), 129-138. https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1790
BibTeX
@article{hamitovmubin2026,
  title = {MEHMONDO‘STLIK INDUSTRIYASIDA SERVIS FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI},
  author = {Hamitov , Mubin},
  journal = {Innovations in Science and Technologies},
  year = {2026},
  volume = {3},
  number = {10},
  pages = {129-138},
  url = {https://innoist.uz/index.php/ist/article/view/1790}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Innovations in Science and Technologies jurnalidan boshqa maqolalar

Innovations in Science and Technologies — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Hamitov , Mubin — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari