Afandi latifalarida ironiyaning lingvistik va estetik xususiyatlari

ABDULLAYEVA, SAODATXON

Таълимда истиқболли изланишлар · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Tilshunoslikda latifa (anekdot, hazil) og‘zaki nutqning muhim janrlaridan biri bo‘lib, u xalq tafakkuri, milliy dunyoqarash va estetik didning yorqin ifodasi sifatida namoyon bo‘ladi. Latifalar qisqa, ixcham va mazmunan chuqur bo‘lishi bilan ajralib turadi hamda ko‘pincha kulgi vositasida ijtimoiy munosabatlar, axloqiy qadriyatlar va insoniy kamchiliklarni tanqidiy yoritadi. Latifalarning ta’sirchanligi asosan ularning lingvistik mexanizmlariga, xususan, ko‘pma’nolilik, kontekstual qarama-qarshilik, presuppozitsiya va ironiyaga tayangan holda yuzaga keladi. Ironiya latifa matnida yashirin ma’no yaratish, kutilmagan semantik burilish hosil qilish va estetik zavq uyg‘otishning asosiy vositalaridan biridir. U nutqda aytilgan mazmun bilan ko‘zda tutilgan ma’no o‘rtasidagi tafovut orqali kulgi va tanqidni bir vaqtda amalga oshiradi. Shu sababli ironiyani latifa tilining yetakchi stilistik belgisi sifatida baholash mumkin. Asosiy qism. Latifa janrining vujudga kelishi va janr xususiyatlari haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Olimlar mazkur janrning paydo bo‘lish jarayonini uzoq o‘tmishga bog’lashadi. Suvonqulov latifa elementlarini «Avesto»da ham uchrashini ta'kidlab o‘tgan.[1:30] I.Braginskiy esa ayrim qadimgi so‘g‘d hikoyatlari («Savdogar va marjon teshuvchi xizmatkor hikoyati» kabi)[2:213-214] latifa janriga uyg‘unligini ta'kidlaydi. B.Privalov o‘tgan asrlarda xalq latifalari bozorlarda turli tabaqa vakillarining munosabatlari asnosida kelib chiqadigan kulguli vaziyatlarga bog‘liq holda vujudga kelganini ta'kidlab o‘tgan. A.N.Veselovskiy hayvonlar haqidagi epos qo‘shiq janridan keyin paydo bo‘lgan, epos materialini ertak va masallar tashkil etadi. Satirik maqsadlar esa keyinroq …

Maqola ma’lumotlari
MualliflarABDULLAYEVA, SAODATXON
JurnalТаълимда истиқболли изланишлар
NashriyotБухоро давлат университети
ISSN3060-527X, 3030-380X
Nashr sanasi2026-09-20
Son7
Betlar23-26
TilO‘zbek
DOI10.67547/fanistiqbollari.2026.869
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

Anecdote, irony, irony, linguistic analysis, aesthetic function, laughter, pragmatics, illocutionary act, presupposition, implication, Анекдот, ирония, лингвистический анализ, эстетическая функция, смех, прагматика, иллокутивный акт, пресуппозиция, импликация

Iqtibos keltirish

APAABDULLAYEVA, SAODATXON (2026). AFANDI LATIFALARIDA IRONIYANING LINGVISTIK VA ESTETIK XUSUSIYATLARI. Таълимда истиқболли изланишлар, (7), 23-26. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.869
GOST (OAK)ABDULLAYEVA, SAODATXON AFANDI LATIFALARIDA IRONIYANING LINGVISTIK VA ESTETIK XUSUSIYATLARI // Таълимда истиқболли изланишлар. – 2026. – № 7. – B. 23-26. – DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.869.
MLAABDULLAYEVA, SAODATXON. “AFANDI LATIFALARIDA IRONIYANING LINGVISTIK VA ESTETIK XUSUSIYATLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (7), 23-26, 2026. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.869
ChicagoABDULLAYEVA, SAODATXON. “AFANDI LATIFALARIDA IRONIYANING LINGVISTIK VA ESTETIK XUSUSIYATLARI.” Таълимда истиқболли изланишлар, (7), 23-26 (2026). https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.869
HarvardABDULLAYEVA, SAODATXON (2026) ‘AFANDI LATIFALARIDA IRONIYANING LINGVISTIK VA ESTETIK XUSUSIYATLARI’, Таълимда истиқболли изланишлар, (7), 23-26. https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.869
BibTeX
@article{abdullayevasaodatxon2026,
  title = {AFANDI LATIFALARIDA IRONIYANING LINGVISTIK VA ESTETIK XUSUSIYATLARI},
  author = {ABDULLAYEVA, SAODATXON},
  journal = {Таълимда истиқболли изланишлар},
  year = {2026},
  number = {7},
  pages = {23-26},
  doi = {10.67547/fanistiqbollari.2026.869},
  url = {https://doi.org/10.67547/fanistiqbollari.2026.869}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Таълимда истиқболли изланишлар jurnalidan boshqa maqolalar

Таълимда истиқболли изланишлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi