Ingliz tilida “Kiyim” konsepti leksik verbalizatorlarining struktur-semantik va funksional xususiyatlari

Gʻofurova, Gulmiraxon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolaning maqsadi ingliz tilida “kiyim” konseptini verbalizatsiya qiluvchi leksik birliklarning struktur-semantik va funksional xususiyatlarini yaxlit tizim sifatida tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda tavsifiy, komponent tahlil, kontekstual, lingvokulturologik hamda qiyosiy talqin metodlaridan foydalanildi. Asosiy material sifatida clothes, clothing, garment, apparel, attire, outfit, uniform, dress, wear kabi birliklar, shuningdek ular ishtirokidagi idiomatik va pragmatik konstruktsiyalar olindi. Tahlil natijasida “kiyim” konsepti ingliz tilida markaz-periferiya tamoyili asosida tashkil topgan murakkab leksik-semantik maydon ekanligi aniqlandi: yadroda umumiy ma’noli clothes va clothing birliklari tursa, periferiyada rasmiy, kasbiy, reklama va modaga xos verbalizatorlar faol ishlaydi. Shuningdek, ushbu birliklarda kompozitsiya, affiksatsiya, konversiya, polisemiya va metaforik kengayish kuchli ekani kuzatildi. Uslubiy tahlil attire va apparel kabi birliklarning rasmiy diskursda, clothes hamda outfitning neytral va kundalik nutqda, threads, gear singari birliklarning esa so‘zlashuv va sleng qatlamida faollashishini ko‘rsatdi. Muallif nazarida, “kiyim” leksikasi ingliz tilida faqat predmet nomlari tizimi emas, balki ijtimoiy status, gender, uslubiy registr va madaniy kodlarni uzatuvchi konseptual mexanizmdir. Tadqiqot xulosalari ingliz leksikologiyasi, lingvokulturologiya, diskurs tahlili va tarjimashunoslik uchun amaliy ahamiyatga ega.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarGʻofurova, Gulmiraxon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-10-15
Jild7
Son3
TilO‘zbek
Ilmiy sohaFilologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

kiyim konsepti, leksik verbalizator, leksik-semantik maydon, idiom, uslubiy registr, lingvokulturologiya, ingliz tili, moda diskursi., clothing concept, lexical verbalizer, lexical-semantic field, idiom, stylistic register, linguoculturology, English language, fashion discourse.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAGʻofurova, Gulmiraxon (2026). INGLIZ TILIDA “KIYIM” KONSEPTI LEKSIK VERBALIZATORLARINING STRUKTUR-SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(3). https://journal.fdu.uz/main/article/6855
GOST (OAK)Gʻofurova, Gulmiraxon INGLIZ TILIDA “KIYIM” KONSEPTI LEKSIK VERBALIZATORLARINING STRUKTUR-SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 3.
MLAGʻofurova, Gulmiraxon. “INGLIZ TILIDA “KIYIM” KONSEPTI LEKSIK VERBALIZATORLARINING STRUKTUR-SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(3), 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/6855
ChicagoGʻofurova, Gulmiraxon. “INGLIZ TILIDA “KIYIM” KONSEPTI LEKSIK VERBALIZATORLARINING STRUKTUR-SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(3) (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/6855
HarvardGʻofurova, Gulmiraxon (2026) ‘INGLIZ TILIDA “KIYIM” KONSEPTI LEKSIK VERBALIZATORLARINING STRUKTUR-SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(3). https://journal.fdu.uz/main/article/6855
BibTeX
@article{gofurovagulmiraxon2026,
  title = {INGLIZ TILIDA “KIYIM” KONSEPTI LEKSIK VERBALIZATORLARINING STRUKTUR-SEMANTIK VA FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI},
  author = {Gʻofurova, Gulmiraxon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {3},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/6855}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Gʻofurova, Gulmiraxon — boshqa maqolalari

Filologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Filologiya sohasidagi OAK jurnallari