Oedaleus decorus (germar, 1825) turining tashqi morfologik belgilari va rang polimorfizmi

R. Turayeva, Zuxra, S. Mirzayeva, Gulnora, J. Medetov, Maksetbay

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada Jizzax viloyati Zomin tumani hududidagi Zomin milliy tabiat bog‘ida bir xil usul asosida 2018-yil 19-sentabr, 2019-yil 24-avgust, 2025-yil 10-iyul va 2026-yil 3-avgust kunlari o‘tkazilgan Oedaleus decorus (Germar, 1825) ning tashqi morfologik va fenotipik kuzatuvlari bayon etilgan. 2018-yilda havo harorati 30 °C bo‘lgan sharoitda 6 ta urg‘ochi va 6 ta erkak imago yig‘ilib, suratga olindi. 2019-yilda 32 °C da 5 ta urg‘ochi va 5 ta erkak, 2025-yilda 31 °C da 2 ta urg‘ochi va 3 ta erkak, 2026-yilda esa 36 °C da 7 ta urg‘ochi va 6 ta erkak imago yig‘ildi. To‘rtta kuzatuvning barchasi 39°35′38.51″ sh.k., 68°19′03.39″ sh.u. koordinatalarda joylashgan, quyosh yaxshi tushadigan qiya tog‘ biotopida amalga oshirildi. Geografik koordinatalar va dengiz sathidan 1734 m balandlik MAPS.ME ilovasi yordamida aniqlandi, kuzatuv kunlaridagi havo harorati esa “Pogoda” mobil ilovasi ma’lumotlari asosida qayd etildi. 2025-yilgi materialda to‘q jigarrang rang varianti kuzatildi. Yashil, yashil-jigarrang va to‘q jigarrang variantlarning uchrashi tur ichidagi rang polimorfizmiga mos keladi. Biroq har bir kuzatuv yilida morflar alohida hisoblanmagani sababli ularning muhit omillari bilan bog‘liqligi statistik jihatdan baholanmadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarR. Turayeva, Zuxra, S. Mirzayeva, Gulnora, J. Medetov, Maksetbay
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
NashriyotҚўқон давлат педагогика институти
ISSN3030-3958
Nashr sanasi2026-10-10
Jild8
Son9
Betlar1088-1097
TilO‘zbek
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i09.143
Indeksga qo‘shilgan2026-10-11

Kalit so‘zlar

Oedaleus decorus, Orthoptera, Acrididae, Oedipodinae, rang polimorfizmi, morfologiya, tog‘-dasht biotopi, Zomin milliy tabiat bog‘i, O‘zbekiston.

Iqtibos keltirish

APAR. Turayeva, Zuxra, S. Mirzayeva, Gulnora, & J. Medetov, Maksetbay (2026). OEDALEUS DECORUS (GERMAR, 1825) TURINING TASHQI MORFOLOGIK BELGILARI VA RANG POLIMORFIZMI. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1088-1097. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.143
GOST (OAK)R. Turayeva, Zuxra, S. Mirzayeva, Gulnora, J. Medetov, Maksetbay OEDALEUS DECORUS (GERMAR, 1825) TURINING TASHQI MORFOLOGIK BELGILARI VA RANG POLIMORFIZMI // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 9. – B. 1088-1097. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i09.143.
MLAR. Turayeva, Zuxra, S. Mirzayeva, Gulnora, and J. Medetov, Maksetbay. “OEDALEUS DECORUS (GERMAR, 1825) TURINING TASHQI MORFOLOGIK BELGILARI VA RANG POLIMORFIZMI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1088-1097, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.143
ChicagoR. Turayeva, Zuxra, S. Mirzayeva, Gulnora, and J. Medetov, Maksetbay. “OEDALEUS DECORUS (GERMAR, 1825) TURINING TASHQI MORFOLOGIK BELGILARI VA RANG POLIMORFIZMI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1088-1097 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.143
HarvardR. Turayeva, Zuxra, S. Mirzayeva, Gulnora, and J. Medetov, Maksetbay (2026) ‘OEDALEUS DECORUS (GERMAR, 1825) TURINING TASHQI MORFOLOGIK BELGILARI VA RANG POLIMORFIZMI’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(9), 1088-1097. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.143
BibTeX
@article{rturayevazuxra2026,
  title = {OEDALEUS DECORUS (GERMAR, 1825) TURINING TASHQI MORFOLOGIK BELGILARI VA RANG POLIMORFIZMI},
  author = {R. Turayeva, Zuxra and S. Mirzayeva, Gulnora and J. Medetov, Maksetbay},
  journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {9},
  pages = {1088-1097},
  doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i09.143},
  url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.143}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi