Transchegaraviy turizm tadqiqotlarining nazariy yo‘nalishlari va O‘zbekiston ijtimoiy geografiyasidagi holati

Kuvonchbek, Turaev

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada transchegaraviy turizmning xalqaro va O‘zbekiston ijtimoiy geografiyasida o‘rganilish bosqichlari tizimlashtirilgan. Tadqiqotning maqsadi chegara, transchegaraviy hudud va turistik destinatsiya haqidagi nazariy qarashlarning rivojlanishini qiyoslash hamda milliy ilmiy adabiyotdagi ustuvor yo‘nalishlar va bo‘shliqlarni aniqlashdan iborat. Nazariy-qiyosiy tahlil, tizimlashtirish va mazmuniy guruhlash usullari asosida markaz-periferiya, chegara funksiyalari, transchegaraviy mintaqa, klaster, ko‘p darajali boshqaruv va integratsiyalashgan destinatsiya yondashuvlari tahlil qilindi. Natijalar xalqaro tadqiqotlarda chegara turizmga ta’sir etuvchi to‘siqdan hamkorlik resursi va yagona destinatsiyani tashkil etuvchi omilga qadar izohlanganini ko‘rsatdi. O‘zbekiston tadqiqotlarida esa turistik salohiyatni baholash, ziyorat, madaniy va ekologik yo‘nalishlarni asoslash ustun bo‘lib, transchegaraviy destinatsiyaning hududiy chegaralari, boshqaruv mexanizmlari va yaxlit rivojlanish modeli yetarlicha ishlab chiqilmagan. Shu asosda milliy tadqiqotlarni hududiy tizim, institutsional hamkorlik va marshrutlar integratsiyasini birlashtiruvchi ijtimoiy-geografik yo‘nalishda rivojlantirish zarurligi asoslandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarKuvonchbek, Turaev
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-10-10
Jild7
Son5
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-10-11

Kalit so‘zlar

Transchegaraviy turizm, chegara funksiyasi, transchegaraviy hudud, turistik destinatsiya, hududiy integratsiya, ko‘p darajali boshqaruv, Markaziy Osiyo, O‘zbekiston, Cross-border tourism, border function, cross-border region, tourist destination, territorial integration, multi-level governance, Central Asia, Uzbekistan.

Iqtibos keltirish

APAKuvonchbek, Turaev (2026). TRANSCHEGARAVIY TURIZM TADQIQOTLARINING NAZARIY YO‘NALISHLARI VA O‘ZBEKISTON IJTIMOIY GEOGRAFIYASIDAGI HOLATI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(5). https://journal.fdu.uz/main/article/7803
GOST (OAK)Kuvonchbek, Turaev TRANSCHEGARAVIY TURIZM TADQIQOTLARINING NAZARIY YO‘NALISHLARI VA O‘ZBEKISTON IJTIMOIY GEOGRAFIYASIDAGI HOLATI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 5.
MLAKuvonchbek, Turaev. “TRANSCHEGARAVIY TURIZM TADQIQOTLARINING NAZARIY YO‘NALISHLARI VA O‘ZBEKISTON IJTIMOIY GEOGRAFIYASIDAGI HOLATI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7803
ChicagoKuvonchbek, Turaev. “TRANSCHEGARAVIY TURIZM TADQIQOTLARINING NAZARIY YO‘NALISHLARI VA O‘ZBEKISTON IJTIMOIY GEOGRAFIYASIDAGI HOLATI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5) (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7803
HarvardKuvonchbek, Turaev (2026) ‘TRANSCHEGARAVIY TURIZM TADQIQOTLARINING NAZARIY YO‘NALISHLARI VA O‘ZBEKISTON IJTIMOIY GEOGRAFIYASIDAGI HOLATI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(5). https://journal.fdu.uz/main/article/7803
BibTeX
@article{kuvonchbekturaev2026,
  title = {TRANSCHEGARAVIY TURIZM TADQIQOTLARINING NAZARIY YO‘NALISHLARI VA O‘ZBEKISTON IJTIMOIY GEOGRAFIYASIDAGI HOLATI},
  author = {Kuvonchbek, Turaev},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {5},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7803}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi