Surxondaryo vohasida bug‘doy, yovvoyi va begona boshoqdoshlar nematodalarining tur tarkibi hamda sistematik tahlili

Xurramov, Alisher, Himmatov, Navro‘z

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Surxondaryo vohasida bug‘doy, yovvoyi va begona boshoqdoshlar bilan bog‘liq nematodalar faunasining tur tarkibi hamda sistematik tuzilishini aniqlash maqsadida kompleks fitogelmintologik tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar vohaning 14 ta tumanidagi 42 ta xo‘jalikda amalga oshirilib, bug‘doy, yovvoyi va begona o‘t boshoqdoshlarning ildizi, poyasi, bargi, boshoqlari hamda ildiz atrofi tuprog‘idan namunalar olindi. Nematodalarni ajratib olishda Berman voronkali usulining modifikatsiyasi, sista hosil qiluvchi shakllarni aniqlashda Dekker usuli qo‘llanildi. Turlarni aniqlash morfologik va morfometrik belgilar, de Man formulasi hamda Micoletzky modifikatsiyasi asosida amalga oshirildi. Tadqiqot natijasida 164 ta nematoda turi aniqlanib, ular Adenophorea, Chromadoria va Rhabditia kenja sinflari, 8 ta turkum va 28 ta oilaga mansub ekanligi qayd etildi. Rhabditia kenja sinfi tur xilma-xilligi bo‘yicha ustunlik qildi. Rhabditida turkumida 52 ta, Aphelenchida va Tylenchida turkumlarining har birida 41 tadan tur aniqlandi. Olingan natijalar Surxondaryo vohasi g‘alla agrotsenozlarida nematodalar jamoasi murakkab sistematik tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatdi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXurramov, Alisher, Himmatov, Navro‘z
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-10-10
Jild7
Son5
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-10-11

Kalit so‘zlar

Surxondaryo vohasi, bug‘doy, yovvoyi boshoqdoshlar, fitonematodalar, Tylenchida, Rhabditida, Aphelenchida, Surkhandarya oasis, wheat, wild grasses, phytonematodes, Tylenchida, Rhabditida, Aphelenchida

Iqtibos keltirish

APAXurramov, Alisher, & Himmatov, Navro‘z (2026). SURXONDARYO VOHASIDA BUG‘DOY, YOVVOYI VA BEGONA BOSHOQDOSHLAR NEMATODALARINING TUR TARKIBI HAMDA SISTEMATIK TAHLILI. FarDU ilmiy xabarlari, 7(5). https://journal.fdu.uz/main/article/7736
GOST (OAK)Xurramov, Alisher, Himmatov, Navro‘z SURXONDARYO VOHASIDA BUG‘DOY, YOVVOYI VA BEGONA BOSHOQDOSHLAR NEMATODALARINING TUR TARKIBI HAMDA SISTEMATIK TAHLILI // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 5.
MLAXurramov, Alisher, and Himmatov, Navro‘z. “SURXONDARYO VOHASIDA BUG‘DOY, YOVVOYI VA BEGONA BOSHOQDOSHLAR NEMATODALARINING TUR TARKIBI HAMDA SISTEMATIK TAHLILI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7736
ChicagoXurramov, Alisher, and Himmatov, Navro‘z. “SURXONDARYO VOHASIDA BUG‘DOY, YOVVOYI VA BEGONA BOSHOQDOSHLAR NEMATODALARINING TUR TARKIBI HAMDA SISTEMATIK TAHLILI.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5) (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7736
HarvardXurramov, Alisher, and Himmatov, Navro‘z (2026) ‘SURXONDARYO VOHASIDA BUG‘DOY, YOVVOYI VA BEGONA BOSHOQDOSHLAR NEMATODALARINING TUR TARKIBI HAMDA SISTEMATIK TAHLILI’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(5). https://journal.fdu.uz/main/article/7736
BibTeX
@article{xurramovalisher2026,
  title = {SURXONDARYO VOHASIDA BUG‘DOY, YOVVOYI VA BEGONA BOSHOQDOSHLAR NEMATODALARINING TUR TARKIBI HAMDA SISTEMATIK TAHLILI},
  author = {Xurramov, Alisher and Himmatov, Navro‘z},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {5},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7736}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Xurramov, Alisher — boshqa maqolalari