Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini onlayn platformalar orqali eksport qilishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish

Aslanova , Dilbar, Safarova, Dilshoda

Қўқон университети хабарномаси · 2026-yil

Annotatsiya

Global iqtisodiyot sharoitida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini eksport qilish jarayonini samarali tashkil etish zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ushbu maqolada milliy hunarmandchilik mahsulotlarini onlayn platformalar orqali eksport qilishni barqaror rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Xususan, elektron tijorat platformalari orqali eksportni yo‘lga qo‘yish, mahsulotlarni jahon bozoriga olib chiqish imkonini kengaytirish, hunarmandlar daromadini oshirish va qo‘shimcha qiymat zanjirini optimallashtirishga qaratilgan. Tadqiqot doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini xalqaro elektron bozorlarga olib chiqishda raqamli savdo ko‘nikmalari, logistika xizmatlari, xalqaro elektron to‘lovlar, mahsulotni brendlash va raqamli marketing kabi omillarning o‘zaro bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, hunarmandlar uchun elektron tijorat platformalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, eksport jarayonidagi vositachilik xarajatlarini qisqartirish va mahsulotlarni xorijiy iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan. Milliy hunarmandchilik mahsulotlarining madaniy va estetik xususiyatlarini raqamli marketing vositalari orqali namoyon etish, mahsulot tarixini storytelling asosida yoritish hamda yagona milliy brend konsepsiyasini shakllantirishning eksport salohiyatiga ta’siri ham asoslangan. Mazkur yondashuv hunarmandchilikni an’anaviy faoliyat doirasidan chiqarib, raqamli iqtisodiyotning zamonaviy imkoniyatlari bilan uyg‘unlashgan eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy faoliyat sifatida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAslanova , Dilbar, Safarova, Dilshoda
JurnalҚўқон университети хабарномаси
NashriyotҚўқон университети
ISSN2181-1695
Nashr sanasi2026-10-05
Jild19
Betlar14-19
TilO‘zbek
Ilmiy sohaIqtisodiyot
Indeksga qo‘shilgan2026-10-09

Kalit so‘zlar

Milliy hunarmandchilik, elektron tijorat, raqamli iqtisodiyot, jahon bozori, eksport, logistika, to‘lov xavsizligi, brending.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAAslanova , Dilbar, & Safarova, Dilshoda (2026). MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARINI ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI EKSPORT QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH. Қўқон университети хабарномаси, 19, 14-19. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1828
GOST (OAK)Aslanova , Dilbar, Safarova, Dilshoda MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARINI ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI EKSPORT QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 14-19.
MLAAslanova , Dilbar, and Safarova, Dilshoda. “MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARINI ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI EKSPORT QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 14-19, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1828
ChicagoAslanova , Dilbar, and Safarova, Dilshoda. “MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARINI ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI EKSPORT QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH.” Қўқон университети хабарномаси, 19, 14-19 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1828
HarvardAslanova , Dilbar, and Safarova, Dilshoda (2026) ‘MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARINI ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI EKSPORT QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 14-19. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1828
BibTeX
@article{aslanovadilbar2026,
  title = {MILLIY HUNARMANDCHILIK MAHSULOTLARINI ONLAYN PLATFORMALAR ORQALI EKSPORT QILISHNING IQTISODIY MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH},
  author = {Aslanova , Dilbar and Safarova, Dilshoda},
  journal = {Қўқон университети хабарномаси},
  year = {2026},
  volume = {19},
  pages = {14-19},
  url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1828}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон университети хабарномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Aslanova , Dilbar — boshqa maqolalari

Iqtisodiyot sohasidagi boshqa maqolalar

Iqtisodiyot sohasidagi OAK jurnallari