Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatida pragmatizm

Bafoyev, Feruz

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Tadqiqot ob’ekti O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining mustaqillik davridagi transformatsiyasi bo‘lib, tadqiqot predmetini 2016 yildan keyin uni pragmatlashtirishning institutsional mexanizmlari tashkil etadi. Maqolaning maqsadi tashqi siyosatning asosiy tamoyillari davomiyligi hamda ularni amaliy ro‘yobga chiqarish usullaridagi o‘zgarishlar o‘rtasidagi nisbatni aniqlashdan iborat. Tadqiqotning metodologik asosini qiyosiy-tarixiy va institutsional-huquqiy tahlil, rasmiy siyosiy diskursning sifat kontent-tahlili, shuningdek, normativ-huquqiy, statistik va akademik manbalar triangulyatsiyasi tamoyili tashkil etadi. Tadqiqot natijalari Yangi O‘zbekiston tashqi siyosiy pragmatizmining o‘ziga xos xususiyati suverenitet, ko‘p vektorlilik, mintaqaviy proaktivlik, iqtisodiy diplomatiya hamda diplomatik institutlar faoliyatini o‘lchab bo‘ladigan natijalarga yo‘naltirish uyg‘unligida namoyon bo‘lishini ko‘rsatdi. 2016 yildan keyin avvalgi normativ asoslardan voz kechilmagani, aksincha, tashqi siyosat mexanizmlari funksional jihatdan qayta shakllantirilgani asoslab berildi: Markaziy Osiyo tashqi siyosatning ustuvor makoniga aylandi, iqtisodiy va infratuzilmaviy vazifalar milliy manfaatlar mazmuniga kiritildi, xorijiy diplomatik vakolatxonalar faoliyati esa yanada aniq samaradorlik mezonlari bilan bog‘landi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi huquqiy, mintaqaviy, iqtisodiy va institutsional o‘lchamlarni yagona tahliliy konstruksiyada birlashtiruvchi mualliflik “tashqi siyosatni pragmatlashtirish” modeli taklif etilganida namoyon bo‘ladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBafoyev, Feruz
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-09-30
Jild7
Son5
Betlar274-284
TilO‘zbek
Indeksga qo‘shilgan2026-11-27

Kalit so‘zlar

pragmatizm, tashqi siyosatni pragmatlashtirish, milliy manfaatlar, ko‘p vektorlilik, Markaziy Osiyo, iqtisodiy diplomatiya, mintaqaviy siyosat, diplomatik institutlar., pragmatism, pragmatization of foreign policy, national interests, multivectorism, Central Asia, economic diplomacy, regional policy, diplomatic institutions.

Iqtibos keltirish

APABafoyev, Feruz (2026). YANGI O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA PRAGMATIZM. FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 274-284. https://journal.fdu.uz/main/article/7749
GOST (OAK)Bafoyev, Feruz YANGI O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA PRAGMATIZM // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 5. – B. 274-284.
MLABafoyev, Feruz. “YANGI O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA PRAGMATIZM.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 274-284, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7749
ChicagoBafoyev, Feruz. “YANGI O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA PRAGMATIZM.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 274-284 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7749
HarvardBafoyev, Feruz (2026) ‘YANGI O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA PRAGMATIZM’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 274-284. https://journal.fdu.uz/main/article/7749
BibTeX
@article{bafoyevferuz2026,
  title = {YANGI O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATIDA PRAGMATIZM},
  author = {Bafoyev, Feruz},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {5},
  pages = {274-284},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7749}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi