Gidrografik elementlarning ekologik yoʻlak sifatidagi samaradorlik indeksi (gei) hisoblash

Mamirova, Zulfiya, Abdug‘aniyev, Olimjon

FarDU ilmiy xabarlari · 2026-yil

Annotatsiya

Maqolada gidrografik elementlar – daryolar, soylar, kanallar, suv omborlari sohillari va ularga tutash tabiiy hududlarning ekologik yoʻlak sifatidagi funksional samaradorligini miqdoriy baholash uchun GEI (Green/Ecological Corridor Effectiveness Index) integral indeksi va uni hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan. GEI gidrografik koridorlarning morfometrik xususiyatlari (M), tabiiylik va qirgʻoqboʻyi holati (N), landshaft-ekologik bogʻlanganligi (C), antropogen bosim (A) hamda tiklanish va ekologik integratsiya salohiyatini (R) ifodalovchi 19 ta koʻrsatkichni birlashtiradi. Koʻrsatkichlar ekologik taʼsir yoʻnalishiga muvofiq 0–1 oraligʻida normallashtirilib, bloklar vazni AHP usuli asosida aniqlanadi va sezgirlik tahlili orqali barqarorligi baholanadi. GEIni ArcGIS Pro muhitida masofadan zondlash va ochiq geomaʼlumotlar asosida hisoblash, natijalarni kvantillar boʻyicha tasniflash hamda indeksning landshaft bogʻlanganligini ifodalovchi dPC, dIIC, MSPA va MCR koʻrsatkichlari bilan Spearman rang korrelyatsiyasi asosida validatsiya qilish algoritmi ishlab chiqilgan. Metodika Fargʻona viloyatidagi Sirdaryo, Isfara, Soʻx, Shohimardonsoy, Isfayramsoy va Margʻilonsoy gidrografik tizimlarida aprobatsiya qilingan. GEI va dPC natijalarini integratsiyalash asosida gidrografik koridorlarni muhofaza qilish, tiklash va ekologik karkasga integratsiyalashuv ustuvorliklarini belgilash matritsasi taklif etilgan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMamirova, Zulfiya, Abdug‘aniyev, Olimjon
JurnalFarDU ilmiy xabarlari
NashriyotFarg‘ona davlat universiteti
ISSN2010-8419, 2181-1571
Nashr sanasi2026-09-28
Jild7
Son5
Betlar68-83
TilO‘zbek
Ilmiy sohaBiologiya
Indeksga qo‘shilgan2026-10-18

Kalit so‘zlar

ekologik yoʻlak, gidrografik tarmoq, qirgʻoqboʻyi zonasi, ekologik karkas, landshaft bogʻlanganligi, integral indeks, GEI, dPC, MSPA, Fargʻona viloyati., ecological corridor, hydrographic network, riparian zone, ecological network, landscape connectivity, composite index, GEI, dPC, MSPA, Fergana region.

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMamirova, Zulfiya, & Abdug‘aniyev, Olimjon (2026). GIDROGRAFIK ELEMENTLARNING EKOLOGIK YOʻLAK SIFATIDAGI SAMARADORLIK INDEKSI (GEI) HISOBLASH. FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 68-83. https://journal.fdu.uz/main/article/7682
GOST (OAK)Mamirova, Zulfiya, Abdug‘aniyev, Olimjon GIDROGRAFIK ELEMENTLARNING EKOLOGIK YOʻLAK SIFATIDAGI SAMARADORLIK INDEKSI (GEI) HISOBLASH // FarDU ilmiy xabarlari. – 2026. – T. 7, № 5. – B. 68-83.
MLAMamirova, Zulfiya, and Abdug‘aniyev, Olimjon. “GIDROGRAFIK ELEMENTLARNING EKOLOGIK YOʻLAK SIFATIDAGI SAMARADORLIK INDEKSI (GEI) HISOBLASH.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 68-83, 2026. https://journal.fdu.uz/main/article/7682
ChicagoMamirova, Zulfiya, and Abdug‘aniyev, Olimjon. “GIDROGRAFIK ELEMENTLARNING EKOLOGIK YOʻLAK SIFATIDAGI SAMARADORLIK INDEKSI (GEI) HISOBLASH.” FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 68-83 (2026). https://journal.fdu.uz/main/article/7682
HarvardMamirova, Zulfiya, and Abdug‘aniyev, Olimjon (2026) ‘GIDROGRAFIK ELEMENTLARNING EKOLOGIK YOʻLAK SIFATIDAGI SAMARADORLIK INDEKSI (GEI) HISOBLASH’, FarDU ilmiy xabarlari, 7(5), 68-83. https://journal.fdu.uz/main/article/7682
BibTeX
@article{mamirovazulfiya2026,
  title = {GIDROGRAFIK ELEMENTLARNING EKOLOGIK YOʻLAK SIFATIDAGI SAMARADORLIK INDEKSI (GEI) HISOBLASH},
  author = {Mamirova, Zulfiya and Abdug‘aniyev, Olimjon},
  journal = {FarDU ilmiy xabarlari},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {5},
  pages = {68-83},
  url = {https://journal.fdu.uz/main/article/7682}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

FarDU ilmiy xabarlari jurnalidan boshqa maqolalar

FarDU ilmiy xabarlari — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

Mamirova, Zulfiya — boshqa maqolalari

Biologiya sohasidagi boshqa maqolalar

Biologiya sohasidagi OAK jurnallari