Mazkur maqolada Mulla Nasriddin obrazi trikster (kulgili-ayyor qahramon) paradigmasi doirasida tahlil etilib, uning folklor matnlarida donolikning parodik in’ikosi, madaniy qahramon modeli va xulq-atvor shakllari sifatida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Tadqiqotda obrazning arxetipik tabiati “Dono chol” (Wise Old Man) arxetipi bilan qiyoslangan holda yoritiladi hamda uning zamirida donolik va soddadillik unsurlarini mujassam etgan ikki yoqlama (dual) semantik tuzilma yotishi asoslanadi. Maqolada Mulla Nasriddinning Oy, Quyosh, yulduzlar va burjlar haqidagi mulohazalari, shuningdek, turli vaziyatlarda bergan kutilmagan hamda paradoksal javoblari borliqning yaralishi va mifologik kosmogoniya haqidagi birlamchi tasavvurlarning parodik taqlidi (parodiya qilinishi) sifatida talqin qilinadi. Shu nuqtayi nazardan, qahramonning xatti-harakatlari madaniy qahramonga xos ijodkorlik funksiyalarining kulgi va ironiyaga asoslangan muqobil (alternativ) varianti sifatida taqdim etiladi. Tadqiqotda turli mifopoetik tizimlardagi “qahramon va trickster” qarama-qarshiligi tasniflangan. Ushbu paradigmalar qatoriga ot-eshak, ot-ho‘kiz, sayroqi qush-qarg‘a, go‘zallik-xunuklik hamda “Mulla Nasriddin va sayyid (yoki darvish)” kabi zidlanishlar kiradi. Mazkur qiyoslashlar orqali folklor matnlaridagi qahramonlik ideallari va muqaddas andozalarning parodik o‘zgarishga uchrashi ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada Mulla Nasriddinning o‘zini o‘lganga solishi bilan bog‘liq syujetlar ham tahlilga tortilgan. Bu motivlar qahramonning ayyorlik tabiatini ochib berish bilan birga, o‘lim va hayot, tartibsizlik (xaos) va tartib (kosmos), bu dunyo va oxirat o‘rtasidagi o‘tish jarayonini ramziy ma’noda ifodalaydi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Mulla Nasriddin kulgi va parodiya vositasida madaniyatning fundamental tushunchalarini qayta talqin qiluvchi hamda mifologik qahramon vazifalarini piching aralash takrorlovchi murakkab folklorik simodir.
| Mualliflar | Hikmat Guliyev |
|---|---|
| Jurnal | Adabiy meros |
| Nashriyot | Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi |
| ISSN | 2181-1320, 3093-916X |
| Nashr sanasi | 2026-03-26 |
| Son | 2 |
| Betlar | 79-87 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Filologiya |
| DOI | 10.67822/sr35dz58 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-02 |
DOI: 10.67822/sr35dz58 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
| APA | Hikmat Guliyev (2026). MULLA NASRIDDIN OBRAZINING PARODIK SEMANTIKASI: DONOLIK VA AYYORLIK. Adabiy meros, (2), 79-87. https://doi.org/10.67822/sr35dz58 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Hikmat Guliyev MULLA NASRIDDIN OBRAZINING PARODIK SEMANTIKASI: DONOLIK VA AYYORLIK // Adabiy meros. – 2026. – № 2. – B. 79-87. – DOI: 10.67822/sr35dz58. |
| MLA | Hikmat Guliyev. “MULLA NASRIDDIN OBRAZINING PARODIK SEMANTIKASI: DONOLIK VA AYYORLIK.” Adabiy meros, (2), 79-87, 2026. https://doi.org/10.67822/sr35dz58 |
| Chicago | Hikmat Guliyev. “MULLA NASRIDDIN OBRAZINING PARODIK SEMANTIKASI: DONOLIK VA AYYORLIK.” Adabiy meros, (2), 79-87 (2026). https://doi.org/10.67822/sr35dz58 |
| Harvard | Hikmat Guliyev (2026) ‘MULLA NASRIDDIN OBRAZINING PARODIK SEMANTIKASI: DONOLIK VA AYYORLIK’, Adabiy meros, (2), 79-87. https://doi.org/10.67822/sr35dz58 |
| BibTeX | @article{hikmatguliyev2026,
title = {MULLA NASRIDDIN OBRAZINING PARODIK SEMANTIKASI: DONOLIK VA AYYORLIK},
author = {Hikmat Guliyev},
journal = {Adabiy meros},
year = {2026},
number = {2},
pages = {79-87},
doi = {10.67822/sr35dz58},
url = {https://doi.org/10.67822/sr35dz58}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Mazkur maqolada turkiy yozma manbalarda uchraydigan oziq-ovqat nomlarining tarixiy rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Mahmud Koshg‘ariy asarlarida qayd etilgan leksik birliklardan boshlab, Alisher Navoiy…
Ushbu maqolada o‘zbek manbashunoslik va matnshunoslik ilmining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Muhammadjon Hakimovning ilmiy faoliyati, uning qo‘lyozma manbalarni o‘rganishdagi xizmatlari hamda Alisher Navoiy…
“Yaldo kechasi” romani o‘zbek adabiyotidagi yangilanishlar jarayonining ibtidosidir. Bu muallifning o‘tmishga, voqelikka o‘zgacha munosabatigina emas, balki XXI asr ostonasidagi milliy ruh tovlanishlari, xalqimiz…
Ushbu maqolada marosim folklorida rang simvolikasining o‘rni, uning qadimiy ildizlari va ma’naviy-madaniy mazmuni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ranglarning animistik, totemistik va shomonistik qarashlar…
O'zbek tilshunosligi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan taniqli olim, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov 75 yoshga to 'ldi.1951-yil 9-yanvarda Namangan viloyatining Pop tumanidagi G'urumsaroy…
Mazkur maqola Alisher Navoiy she’riyatida aks etgan dunyo bilan bog‘liq ramzlarning tasavvufiy mohiyati va ularning asarda bajaruvchi badiiy vazifasi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda “Vaqfiya” asaridan o‘rin olgan…
ALISHER NAVOIY IJODIGA QIYOSIY MEDIYEVISTIKA KONTEKSTIDA YANGICHA QARASH (A.B.Kudelinning "Alisher Navoiy -o'zbek adabiyotining asoschisi" maqolasi sharhi) T aniqli sharqshunos va adabiyotshunos olim, Rossiya fanlar…
XVI-XIX asr adabiyoti turkiy adabiyotning taraqqiyot davri deb hisoblangan XV asr adabiyotidagi janr, tuzilish, obrazlar tizimi an’analarini davom ettirdi. Bu jarayon adabiyotshunoslik tarixida ham ko‘zga tashlanadi…
Maqolada “Xamsa” dostonlarining 1904-yilda Portsev matbaasida chop etilgan toshbosma nashri va unda Shohmurod kotib tomonidan yozilgan she’riy hamda nasriy xotima (kolofon) matni tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida…
Maqolada XVII–XVIII asrlar tazkirachiligi xususiyatlari Mutribiyning “Tazkirat ush-shuaro” asari misolida ko‘rib chiqilgan. Muallif tazkiraning tuzilishi, undagi ma’lumotlarning xarakteri va joylashtirilishi, tazkira…
Adabiy meros — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
Ushbu maqolada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishda yangi so‘zlarni vizual va verbal usullar orqali o‘zlashtirish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda vizual materiallar (rasmlar, grafik tasvirlar va…
Ushbu maqolada mashina tarjimasi (MT) vositalarining Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olayotgan o‘zbek-ingliz ikki tilli talabalarning ingliz tilidagi yozma ishlarida uchraydigan xatolarga ta’siri…
Maqolada 1892-yilda “Туркестанские ведомости” gazetasida chop etilgan Sattorxon Abdulg'afforovning “Qo'qon xonligining ruslar tomonidan istilo etilishidan oldingi ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk” asarining…
This article examines the linguistic units and metaphorical fields that structure English ecological discourse — the texts that construct public understanding of nature and environmental crisis. Drawing on Conceptual…
Maqolada 1929–1930-yillardan boshlab O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan yalpi kollektivlashtirish, “quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati va majburiy surgunning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri Farg‘ona vodiysi…
Amudaryo quyi oqimidagi sugʻoriladigan hududlarda qishloq xoʻjaligi qurgʻoqchiligini asosan yogʻin emas, balki daryodan olinadigan suv hajmi belgilaydi. Tadqiqotda Xorazm viloyatida bir yillik (2000, 2008, 2011) va…