O'zbek tilshunosligi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan taniqli olim, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov 75 yoshga to 'ldi.1951-yil 9-yanvarda Namangan viloyatining Pop tumanidagi G'urumsaroy qishlog'ida tug'ilgan Nizomiddin Mahmudov 1968-yilda Farg'ona viloyati Buvayda tumani Yangiqo'rg'on qishlog'idagi o'rta maktabni a'lo baholar bilan tamomladi.Ona tili va adabiyot fanlariga bo'lgan qiziqish uni Toshkent davlat universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti)ga yetaklaydi va 1974-yilda universitetning o'zbek filologiyasi fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatadi.O'sha yilning o'zida Toshkent davlat madaniyat institutining o'zbek tili kafedrasi o'qituvchisi sifatida ish boshladi.1981-yildan boshlab Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti)ning umumiy tilshunoslik kafedrasida katta o'qituvchi, rus guruhlarida o'zbek tili kafedrasi mudiri, 1989 -1996-yillarda o'zbek va qozoq filologiyasi fakultetining dekani lavozimida ishladi.1996 -2000-yillarda esa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida yetakchi, so'ngra bosh konsultant lavozimida faoliyat ko'rsatdi.2000 -2005-yillar davomida O'zbekiston teleradiokompaniyasi raisining 1-o'rinbosari, 2005 -2010-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri bo'lib ishladi.2010-yil mart oyidan O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti (hozirgi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti) direktori lavozimida faoliyat ko'rsatmoqda.Zakiy va zukko olimning o'zbek tili leksikologiyasi, leksikografiyasi, morfologiyasi, sintaksisi, lingvopoetikasi, nutq madaniyati, limgvomadaniyatshunoslik, sotsiolingvistika va yana bir qancha sohalarga doir qator asarlarining har biri alohida ilmiy-nazariy ahamiyatga ega.U o'z ilmiy faoliyati davomida nafaqat nazariy tilshunoslik masalalari, tilning ijtimoiy mohiyati va vazifalari, shu bilan birga, tilshunoslikning amaliy masalalarini ham sinchkovlik bilan tadqiq qilib kelmoqda.N.Mahmudovning ilk tadqiqoti o'zbek tilida shakliy tejash mahsuli bo'lgan ellipsis hodisasini yoritishga bag'ishlandi.Olim 1978-yilda "O'zbek tilida ellipsis" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.Tilshunoslik nazariyasining eng markaziy muammolaridan biri bo'lgan lisoniy birliklarning shakl va mazmuni o'rtasidagi munosabat masalasi zukko tadqiqotchini o'ziga jalb qilgan edi.Bu boradagi tinimsiz izlanishlar o'z samarasini berdi.1984-yilda "O'zbek tilidagi sodda gaplarda semantik-sintaktik asimmetriya" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.Mazkur dissertatsiya turkiyshunoslikda sintaktik semantika yo'nalishida amalga oshirilgan birinchi tadqiqot edi.Olimning A.Nurmonov, A.Ahmedov, S.Solixo'jayeva bilan hamkorlikda yaratgan "O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi" (1992) kitobida eng muhim sintaktik birliklar -sodda gap hamda qo'shma gaplarning mazmuniy tuzilishi, mazkur birliklarning shakliy-grammatik tuzilishga munosabati, ulardagi muvofiqlik va nomuvofiqlik holatlari tahlil etilgan.Ushbu tadqiqot keng ilmiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.Muallifning "Til va madaniyat" (1992), "O'zbek
| Mualliflar | Abduvahob Madvaliyev, Yorqinjon Odilov |
|---|---|
| Jurnal | Adabiy meros |
| Nashriyot | Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi |
| ISSN | 2181-1320, 3093-916X |
| Nashr sanasi | 2026-03-26 |
| Son | 2 |
| Betlar | 176-182 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Filologiya |
| DOI | 10.67822/v3drq341 |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-09-02 |
DOI: 10.67822/v3drq341 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
| APA | Abduvahob Madvaliyev, & Yorqinjon Odilov (2026). TIL ILMI VA TA’LIMI FIDOYISI. Adabiy meros, (2), 176-182. https://doi.org/10.67822/v3drq341 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Abduvahob Madvaliyev, Yorqinjon Odilov TIL ILMI VA TA’LIMI FIDOYISI // Adabiy meros. – 2026. – № 2. – B. 176-182. – DOI: 10.67822/v3drq341. |
| MLA | Abduvahob Madvaliyev, and Yorqinjon Odilov. “TIL ILMI VA TA’LIMI FIDOYISI.” Adabiy meros, (2), 176-182, 2026. https://doi.org/10.67822/v3drq341 |
| Chicago | Abduvahob Madvaliyev, and Yorqinjon Odilov. “TIL ILMI VA TA’LIMI FIDOYISI.” Adabiy meros, (2), 176-182 (2026). https://doi.org/10.67822/v3drq341 |
| Harvard | Abduvahob Madvaliyev, and Yorqinjon Odilov (2026) ‘TIL ILMI VA TA’LIMI FIDOYISI’, Adabiy meros, (2), 176-182. https://doi.org/10.67822/v3drq341 |
| BibTeX | @article{abduvahobmadvaliyev2026,
title = {TIL ILMI VA TA’LIMI FIDOYISI},
author = {Abduvahob Madvaliyev and Yorqinjon Odilov},
journal = {Adabiy meros},
year = {2026},
number = {2},
pages = {176-182},
doi = {10.67822/v3drq341},
url = {https://doi.org/10.67822/v3drq341}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Ushbu maqolada nostandart til hodisasi sifatida milliy til ichida rivojlanayotgan yoshlar slengi o‘zbek va koreys tilidagi namunalardan foydalangan holda tadqiq etilgan. Shuningdek, slengga doir nazariy qarashlar…
Mazkur maqolada turkiy yozma manbalarda uchraydigan oziq-ovqat nomlarining tarixiy rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Mahmud Koshg‘ariy asarlarida qayd etilgan leksik birliklardan boshlab, Alisher Navoiy…
Ushbu maqolada o‘zbek manbashunoslik va matnshunoslik ilmining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Muhammadjon Hakimovning ilmiy faoliyati, uning qo‘lyozma manbalarni o‘rganishdagi xizmatlari hamda Alisher Navoiy…
“Yaldo kechasi” romani o‘zbek adabiyotidagi yangilanishlar jarayonining ibtidosidir. Bu muallifning o‘tmishga, voqelikka o‘zgacha munosabatigina emas, balki XXI asr ostonasidagi milliy ruh tovlanishlari, xalqimiz…
Ushbu maqolada marosim folklorida rang simvolikasining o‘rni, uning qadimiy ildizlari va ma’naviy-madaniy mazmuni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ranglarning animistik, totemistik va shomonistik qarashlar…
Mazkur maqolada Mulla Nasriddin obrazi trikster (kulgili-ayyor qahramon) paradigmasi doirasida tahlil etilib, uning folklor matnlarida donolikning parodik in’ikosi, madaniy qahramon modeli va xulq-atvor shakllari…
Mazkur maqola Alisher Navoiy she’riyatida aks etgan dunyo bilan bog‘liq ramzlarning tasavvufiy mohiyati va ularning asarda bajaruvchi badiiy vazifasi tadqiqiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda “Vaqfiya” asaridan o‘rin olgan…
ALISHER NAVOIY IJODIGA QIYOSIY MEDIYEVISTIKA KONTEKSTIDA YANGICHA QARASH (A.B.Kudelinning "Alisher Navoiy -o'zbek adabiyotining asoschisi" maqolasi sharhi) T aniqli sharqshunos va adabiyotshunos olim, Rossiya fanlar…
XVI-XIX asr adabiyoti turkiy adabiyotning taraqqiyot davri deb hisoblangan XV asr adabiyotidagi janr, tuzilish, obrazlar tizimi an’analarini davom ettirdi. Bu jarayon adabiyotshunoslik tarixida ham ko‘zga tashlanadi…
Maqolada “Xamsa” dostonlarining 1904-yilda Portsev matbaasida chop etilgan toshbosma nashri va unda Shohmurod kotib tomonidan yozilgan she’riy hamda nasriy xotima (kolofon) matni tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida…
Adabiy meros — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
Ushbu maqolada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishda yangi so‘zlarni vizual va verbal usullar orqali o‘zlashtirish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda vizual materiallar (rasmlar, grafik tasvirlar va…
Ushbu maqolada mashina tarjimasi (MT) vositalarining Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olayotgan o‘zbek-ingliz ikki tilli talabalarning ingliz tilidagi yozma ishlarida uchraydigan xatolarga ta’siri…
Maqolada 1892-yilda “Туркестанские ведомости” gazetasida chop etilgan Sattorxon Abdulg'afforovning “Qo'qon xonligining ruslar tomonidan istilo etilishidan oldingi ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk” asarining…
This article examines the linguistic units and metaphorical fields that structure English ecological discourse — the texts that construct public understanding of nature and environmental crisis. Drawing on Conceptual…
Maqolada 1929–1930-yillardan boshlab O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan yalpi kollektivlashtirish, “quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati va majburiy surgunning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri Farg‘ona vodiysi…
Amudaryo quyi oqimidagi sugʻoriladigan hududlarda qishloq xoʻjaligi qurgʻoqchiligini asosan yogʻin emas, balki daryodan olinadigan suv hajmi belgilaydi. Tadqiqotda Xorazm viloyatida bir yillik (2000, 2008, 2011) va…