Annotatsiya Mazkur maqolada “Alpomish” dostoni hamda Kitobi Dada Qo‘rqut tarkibidagi Bo‘g‘ochxon va Bamsi Bayrak haqidagi hikoyalar qiyosiy-tipologik asosda tadqiq etiladi. Ishda farzandsizlik motivining epik syujetni shakllantirishdagi funksiyasi, dramatik konfliktni yuzaga keltirishdagi roli hamda qahramon obrazining poetik asoslanishidagi ahamiyati atroflicha tahlil qilinadi. Har ikki asarda farzandsizlik ota-onaning jamiyat oldida kamsitilishiga sabab bo‘lib, ijtimoiy va ruhiy ziddiyatni kuchaytiradi. Aynan shu vaziyat voqealar rivojining boshlanish nuqtasini tashkil etadi. Ilohiy marhamat, duo, ehson, xalq olqishi va e’tiqod orqali farzand berilishi qahramonning tanlangan shaxs sifatidagi maqomini mustahkamlaydi. Mo‘jizaviy tug‘ilish motivi turkiy mifopoetik tafakkur, arxaik qarashlar va epik an’analar bilan uzviy bog‘liq holda talqin qilinadi. Xulosa sifatida farzandsizlik motivi epik kompozitsiyaning boshlang‘ich harakatlantiruvchi mexanizmi ekani, qahramonning keyingi sinovlari, janglari, sadoqati va bahodirlik yo‘lini belgilashi ilmiy dalillar bilan asoslanadi. Kalit so‘zlar: Farzandsizlik motivi, “Alpomish”, “Kitobi Dada Qo‘rqut”, mifopoetika, epik an’ana, mo‘jizaviy tug‘ilish, qahramon arxetipi, duo, ilohiy iroda.
| Mualliflar | Badia Muhitdinova, Baxtigul Axmedova |
|---|---|
| Jurnal | Туркологик тадқиқотлар |
| Nashr sanasi | 2026-03-27 |
| Til | uz |
| DOI | 10.5281/zenodo.19694117 |
DOI: 10.5281/zenodo.19694117 · Maqolaning asl sahifasi
Annotatsiya Maqolada sharq mumtoz adabiyoti o‘z taraqqiyotining barcha bosqichlarida yangi va ilg‘or adabiy-estetik an’analarga asoslanganligi haqida Zahiriddin Boburning “Boburnoma” asari misolida fikr yuritiladi…
Annotatsiya Ushbu ilmiy maqolada o‘zbek xalqi va jahon xalqlarining milliy qadriyatlari tizimidan mustahkam o‘rin egallagan, eng ommaviy ijtimoiy-madaniy tadbirlardan biri hisoblangan milliy xalq o‘yinlarining lisoniy…
Аннотация Статья посвящена проблеме обучения интерпретации художественных текстов, содержащих табуированную лексику, в полиэтнической аудитории. Актуальность исследования обусловлена необходимостью разработки…
Özet 21. yüzyıl, insanlık tarihinin en hızlı teknolojik dönüşümlerinden birine sahne olurken aynı zamanda derin psikososyal ve pedagojik krizlerin ortaya çıktığı bir dönem olarak dikkat çekmektedir. Dijitalleşme…
Özet Bu makalede, 20. yüzyılda Karakalpak kadınlarının tiyatro sahnesinde yer almasına öncülük eden Ayımkhan Shamuratova’nın sanat yolculuğu ve bu süreçteki zorlu mücadelesi ele alınmaktadır. Sanatçının kariyer…
Annotatsiya Mazkur maqolada “Alpomish” dostoni hamda Kitobi Dada Qo‘rqut tarkibidagi Bo‘g‘ochxon va Bamsi Bayrak haqidagi hikoyalar qiyosiy-tipologik asosda tadqiq etiladi. Ishda farzandsizlik motivining epik syujetni…
Özet 21. yüzyıl, insanlık tarihinin en hızlı teknolojik dönüşümlerinden birine sahne olurken aynı zamanda derin psikososyal ve pedagojik krizlerin ortaya çıktığı bir dönem olarak dikkat çekmektedir. Dijitalleşme…
Annotatsiya Mazkur tadqiqot “XVI asr ikkinchi yarmida Usmonli – Buxoro diplomatiyasi va unda Eron omili” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda Usmonli imperiyasi hamda Buxoro xonligi o‘rtasidagi diplomatik…
Аннотация Статья посвящена проблеме обучения интерпретации художественных текстов, содержащих табуированную лексику, в полиэтнической аудитории. Актуальность исследования обусловлена необходимостью разработки…
Annotatsiya Mazkur maqolada adabiyotda obraz yaratishning o‘ziga xos usuli sifatida qaralayotgan metamorfoza motivi, uning o‘ziga xos xususiyatlari hamda nazariyasiga oid qimmatli ma’lumotlar berilgan. Tahlilga…