UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA IJOBIY IJTIMOIY MUNOSABATLAR MUHITI: TARKIBIY KOMPONENTLAR VA RAHBAR BOSHQARUV FAOLIYATIGA TA’SIR MEXANIZMLARI

Rajabov Sherzod Umurzoqovich, Raximova Maryam O‘tkir qizi

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida ijobiy ijtimoiy munosabatlar muhitining tarkibiy tuzilmasi va uning rahbar boshqaruv faoliyatiga ta’sir etish mexanizmlari konseptual jihatdan tizimlashtiriladi. Maqolaning maqsadi — ijobiy munosabatlar muhitini “umumiy psixologik fon” sifatida emas, balki rahbarning muntazam boshqaruv amaliyotlari bilan shakllanadigan va mezo-darajada boshqariladigan tizim sifatida asoslashdir. Tadqiqotda manbalarni tahlil qilish va sintez, taqqosiy-analitik yondashuv metodlaridan foydalanildi. Maqola mazmunida ijobiy munosabatlar muhiti quyidagi bloklar asosida tizimlashtirildi: o‘zaro ta’sirlar sifati, boshqaruv amaliyotlarning takrorlanuvchi odatlari, boshqaruv qarorlarining adolat va shaffofligi, hamkorlikni ta’minlovchi tashkiliy infratuzilma hamda rivojlantiruvchi iqlim yo‘nalishi. Maqolaning ilmiy ahamiyati ijobiy munosabatlar muhitini aloqa miqdori bilan emas, sifat ko‘rsatkichlari va boshqaruviy amaliyotlari integratsiyasi orqali talqin qilishidadir.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarRajabov Sherzod Umurzoqovich, Raximova Maryam O‘tkir qizi
JurnalХалқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар
Nashr sanasi2026-03-17
Jild2026
Son263
DOI10.66023/mt/v2026_i263/268

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар jurnalidan boshqa maqolalar

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar