Mazkur maqolada bolalar nutqini rivojlantirish va baholashga qaratilgan raqamli dastur funksional imkoniyatlari yoritiladi. Dastur maxsus pedagogika va logopediya amaliyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan bo‘lib, nutqiy mashqlarni vizual va audio tayanchlar asosida tashkil etishga yo‘naltirilgan.Dasturda har bir o‘rganilayotgan so‘z rasm ko‘rinishida taqdim etilib, uning daktil ishoradagi ifodasi va etalon talaffuzi bilan birgalikda namoyish etiladi. Bola etalon talaffuzni eshitgach, so‘zni mustaqil ravishda aytadi va uning nutqi mikrofon orqali yozib olinadi. Yozib olingan nutqiy signal avtomatik tarzda qayta ishlanib, etalon talaffuz bilan solishtiriladi hamda talaffuzning mos yoki mos emasligi aniqlanadi.Nutqni tahlil qilish jarayonida ovoz signali vaqt va amplituda bo‘yicha grafik shaklda vizualizatsiya qilinadi, bu esa mutaxassisga talaffuz jarayonini obyektiv kuzatish imkonini beradi. Tadqiqot natijalari rasm, daktil ishora va audio talaffuzni birlashtirgan multimodal yondashuv bolalarning nutqiy faolligini oshirish va talaffuz aniqligini baholash jarayonini samarali tashkil etishga imkon berishini ko‘rsatadi. Ushbu dastur maxsus pedagogika sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning amaliy imkoniyatlarini kengaytiradi.
| Mualliflar | Yulduzxon Ma'murjon qizi Kamolova |
|---|---|
| Jurnal | Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар |
| Nashr sanasi | 2026-02-19 |
| Til | uz |
| DOI | 10.5281/zenodo.18696531 |
DOI: 10.5281/zenodo.18696531 · Maqolaning asl sahifasi
Maqolada bugungi global axborotlashuv sharoitida maktab ta’limini boshqarishning transformatsiyalashuv jarayonlari tahlil qilingan. Tahlillar asosida maktab direktorining “strategik moderator” va “raqamli yetakchi”…
Mazkur maqolada bolalar nutqini rivojlantirish va baholashga qaratilgan raqamli dastur funksional imkoniyatlari yoritiladi. Dastur maxsus pedagogika va logopediya amaliyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab…
Maqolada bugungi global axborotlashuv sharoitida maktab ta’limini boshqarishning transformatsiyalashuv jarayonlari tahlil qilingan. Tahlillar asosida maktab direktorining “strategik moderator” va “raqamli yetakchi”…
В статье представлено комплексное исследование проблемы управления образовательными проектами в условиях модернизации системы общего образования. Обоснована актуальность проектного подхода как инструмента повышения…
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarish jarayonining ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqotda moliyaviy boshqaruv va ta’lim…
Hozirgi kunda milliy innovatsion tizimni rivojlantirish hamda innovatsion potensialini takomillashtirmoq mamlakatning iqtisodiy o’sishning eng muhim omillari hisoblanmoqda. PISA tadqiqotlarida Oʻzbekistonning ishtiroki…
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarish jarayonining ta’lim sifati ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqotda moliyaviy boshqaruv va ta’lim…
Maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida ijtimoiy-gumanitar fanlar integratsiyasi orqali o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari ilmiy-pedagogik asosda tahlil qilingan. Hayotiy…
Ushbu maqola sun’iy intellekt texnologiyalarining maktab ta’limiga kirib kelishi bilan bog‘liq muammolarni yangi nuqtai nazardan tahlil qiladi. Ko‘pincha muhokamalar akademik halollik yoki texnologik nazorat masalalari…
В статье представлено комплексное исследование проблемы управления образовательными проектами в условиях модернизации системы общего образования. Обоснована актуальность проектного подхода как инструмента повышения…
Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar