UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PEDAGOGIK JAMOANI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIK BOSHQARUV MODELI: NAZARIYA VA AMALIYOT INTEGRATSIYASI (Termiz shahridagi Prezident maktabi tajribasi misolida)

Qarshiyev, To'rabek Ermamat o'g'li

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim menejmentida pedagogik jamoaning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishning dolzarb masalalari ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq qilingan bo‘lib, unda maktab rahbariyatining strategik boshqaruvi ta’lim sifatini oshirishdagi hal qiluvchi omil ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqotning maqsadi sifatida xorijiy ilg‘or tajribalar (Finlyandiya, Singapur, Yaponiya) va O‘zbekiston milliy qonunchiligi asoslarini qiyosiy tahlil qilish orqali maktab pedagogik jamoasini rivojlantirishning strategik modelini ishlab chiqish belgilandi. Izlanishlar jarayonida tizimli tahlil, qiyosiy pedagogika va modellashtirish metodlaridan foydalanilgan bo‘lib, Termiz shahridagi Prezident maktabi faoliyati misolida pedagoglarning real ehtiyojlari empirik kuzatuvlar asosida o‘rganildi. Tahlillar natijasida kasbiy, pedagogik va psixologik rivojlanish komponentlarini yaxlit tizim sifatida birlashtiruvchi hamda diagnostika, rejalashtirish, implementatsiya va monitoring bosqichlarini qamrab olgan “Uzluksiz rivojlanish Matritsasi” modeli ishlab chiqildi. Mazkur integrativ modelning amaliyotga joriy etilishi pedagoglarda kasbiy deformatsiyani kamaytirish, maktabda sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish hamda ta’lim sifatini barqaror oshirishga xizmat qilishi ilmiy asoslandi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarQarshiyev, To'rabek Ermamat o'g'li
JurnalХалқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар
Nashr sanasi2025-12-01
DOI10.5281/zenodo.17828484

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар jurnalidan boshqa maqolalar

Халқ таълими: муаммолар, изланишлар, ечимлар — barcha maqolalar