Mazkur maqolada badiiy matnning lokutiv qatlami poetik mazmunni yuzaga keltiruvchi lisoniy asos sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqotning nazariy yo‘nalishi badiiy matndagi lisoniy shakllarning kontekst ta’sirida yangi semantik qimmat kasb etishi hamda estetik mazmun hosil qilish mexanizmlarini aniqlashga qaratilgan. Jamol Kamol qalamiga mansub she’riy matnlar misolida leksemalar, sintaktik qurilmalar va poetik murojaatlarning mazmuniy transformatsiyasi lingvopoetik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari badiiy matnning lokutiv qatlami shakliy birliklar yig‘indisi emas, balki poetik mazmunning yuzaga kelishini ta’minlovchi dinamik semantik tizim ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, shoirning individual so‘z tanlovi va badiiy ifoda vositalari poetik mazmunni shakllantirishning muhim omillari sifatida asoslanadi. Shuningdek, maqolada lokutiv qatlamning poetik mazmunni shakllantirishdagi semantik, sintaktik va pragmatik imkoniyatlari o‘zaro bog‘liq holda yoritiladi. Badiiy matnda lisoniy birliklarning poetik aktuallashuvi ularning bevosita lug‘aviy ma’nosidan tashqari kontekstual, ekspressiv va ramziy ma’nolarni hosil qilishi bilan izohlanadi. Bunda so‘zning tanlanishi, uning boshqa birliklar bilan birikishi, sintaktik pozitsiyasi, takroriy qo‘llanishi va matndagi kommunikativ vazifasi poetik mazmunning yuzaga kelishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Zamonaviy lingvopoetik qarashlarda ham badiiy matnni tahlil qilishda semantik bosqichdan lisoniy birliklarning badiiy-funksional vazifasini aniqlash bosqichiga o‘tish muhimligi qayd etiladi. Jamol Kamol she’riyati misolida lisoniy birliklarning poetik aktuallashuvi milliy-madaniy mazmun bilan ham uzviy bog‘lanishi ko‘rsatiladi. Shoir tomonidan qo‘llangan murojaat shakllari, baholovchi birliklar, sintaktik parallelizmlar va obrazli ifodalar o‘zbek tilining nafaqat kommunikativ vosita, balki milliy o‘zlik, tarixiy xotira va ma’naviy qadriyatlarni ifodalovchi estetik hodisa sifatidagi xususiyatlarini ochib beradi. Shu jihatdan lokutiv qatlamni tahlil qilish orqali muallifning individual poetik uslubi, so‘z tanlash mahorati va lisoniy vositalardan foydalanish strategiyasini aniqlash imkoniyati kengayadi. Maqolada, shuningdek, poetik mazmunning shakllanishida sintaktik qurilmalarning faol ishtirokiga e’tibor qaratiladi. Gaplarning qisqa va ixcham tuzilishi, parallel konstruksiyalar, undalma, undov va buyruq-istak shakllarining uyg‘unlashuvi she’riy nutqning emotsional ta’sirchanligini oshirishi bilan birga, mazmunning bosqichma-bosqich kuchayib borishini ta’minlaydi. Natijada lokutiv qatlamning leksik va grammatik unsurlari alohida-alohida emas, balki yagona poetik tizim tarkibida faoliyat yuritadi.
| Mualliflar | Akramova, Surayo |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон университети хабарномаси |
| Nashriyot | Қўқон университети |
| ISSN | 2181-1695 |
| Nashr sanasi | 2026-08-19 |
| Jild | 19 |
| Betlar | 5-8 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Filologiya |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-26 |
lokutiv qatlam, badiiy matn, poetik mazmun, lingvopoetika, semantik transformatsiya, kontekst, lisoniy birlik, poetik sintaksis, Jamol Kamol
| APA | Akramova, Surayo (2026). BADIIY MATNNING LOKUTIV QATLAMI: LISONIY SHAKLDAN POETIK MAZMUNGA (Jamol Kamol she’riyati misolida). Қўқон университети хабарномаси, 19, 5-8. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1753 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Akramova, Surayo BADIIY MATNNING LOKUTIV QATLAMI: LISONIY SHAKLDAN POETIK MAZMUNGA (Jamol Kamol she’riyati misolida) // Қўқон университети хабарномаси. – 2026. – T. 19. – B. 5-8. |
| MLA | Akramova, Surayo. “BADIIY MATNNING LOKUTIV QATLAMI: LISONIY SHAKLDAN POETIK MAZMUNGA (Jamol Kamol she’riyati misolida).” Қўқон университети хабарномаси, 19, 5-8, 2026. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1753 |
| Chicago | Akramova, Surayo. “BADIIY MATNNING LOKUTIV QATLAMI: LISONIY SHAKLDAN POETIK MAZMUNGA (Jamol Kamol she’riyati misolida).” Қўқон университети хабарномаси, 19, 5-8 (2026). https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1753 |
| Harvard | Akramova, Surayo (2026) ‘BADIIY MATNNING LOKUTIV QATLAMI: LISONIY SHAKLDAN POETIK MAZMUNGA (Jamol Kamol she’riyati misolida)’, Қўқон университети хабарномаси, 19, 5-8. https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1753 |
| BibTeX | @article{akramovasurayo2026,
title = {BADIIY MATNNING LOKUTIV QATLAMI: LISONIY SHAKLDAN POETIK MAZMUNGA (Jamol Kamol she’riyati misolida)},
author = {Akramova, Surayo},
journal = {Қўқон университети хабарномаси},
year = {2026},
volume = {19},
pages = {5-8},
url = {https://www.herald.kokanduni.uz/index.php/public_html/article/view/1753}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va bandlik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik multifaktorial regressiya, korrelyatsiya hamda vaqt qatorlari tahlili usullari yordamida o‘rganilgan…
In contemporary literary studies, space is no longer understood solely as a descriptive or aesthetic category but is increasingly interpreted as a fundamental form of artistic world modeling. This article examines the…
Maqola kichik korxonalarda ishlab chiqarish quvvatini boshqarishning nazariy asoslarini yagona tizimga keltirishga bag‘ishlangan. Mavzuning dolzarbligi ikki holat bilan izohlanadi. Birinchidan, O‘zbekistonda kichik…
Markaziy Osiyo davlatlarida raqamli xizmatlar eksporti so‘nggi yillarda jadal o‘smoqda, biroq mintaqa ichidagi tartibga solish rejimlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. Maqolada O‘zbekiston, Qozog‘iston va…
Ushbu maqolada O‘zbekiston tijorat banklari faoliyatida yashil moliyalashtirish mexanizmlarining rivojlanish tendensiyalari va ularning mamlakat ekologik-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi institutsional o‘rni…
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy ma’no hamda kommunikativ funksiyalar overlap hodisasining qiyosiy-tipologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda overlap hodisasi analitik va agglutinativ…
Ushbu maqolada o‘lchov birliklari va o‘lchov ma’nosini bildiruvchi ifodalarni kognitiv jihatdan o‘rganishda integrativ yondashuvning zarurati asoslanadi. Tadqiqotning boshlang‘ich nuqtasi shundan iboratki, tabiiy…
Maqolada Kazuo Ishiguroning “Never Let Me Go” (“Meni hech qachon qo‘yib yuborma”) romanida fantastik badiiy olamni shakllantiruvchi nominativ birliklar va ularning leksik-semantik maydonlari tahlil qilingan…
Статья посвящена исследованию фонетической нейтрализации в диалектных и субстандартных разновидностях английского языка. Рассматриваются соотношение фонетической нейтрализации с фонологической нейтрализацией и…
Mazkur tadqiqotda so‘roq gaplarning pragmalingvistik xususiyatlari va ularning nutq aktlari tizimidagi o‘rni Abdulla Qahhorning “Sarob” hamda Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” romanlari misolida tahlil qilinadi…
Қўқон университети хабарномаси — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
Ushbu maqolada ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rganishda yangi so‘zlarni vizual va verbal usullar orqali o‘zlashtirish samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda vizual materiallar (rasmlar, grafik tasvirlar va…
Ushbu maqolada mashina tarjimasi (MT) vositalarining Toshkent Kimyo xalqaro universitetida tahsil olayotgan o‘zbek-ingliz ikki tilli talabalarning ingliz tilidagi yozma ishlarida uchraydigan xatolarga ta’siri…
Maqolada 1892-yilda “Туркестанские ведомости” gazetasida chop etilgan Sattorxon Abdulg'afforovning “Qo'qon xonligining ruslar tomonidan istilo etilishidan oldingi ichki ahvoli haqida qisqacha ocherk” asarining…
This article examines the linguistic units and metaphorical fields that structure English ecological discourse — the texts that construct public understanding of nature and environmental crisis. Drawing on Conceptual…
Maqolada 1929–1930-yillardan boshlab O‘zbekiston SSRda amalga oshirilgan yalpi kollektivlashtirish, “quloqlarni sinf sifatida tugatish” siyosati va majburiy surgunning mahalliy jamiyat hayotiga ta’siri Farg‘ona vodiysi…
Amudaryo quyi oqimidagi sugʻoriladigan hududlarda qishloq xoʻjaligi qurgʻoqchiligini asosan yogʻin emas, balki daryodan olinadigan suv hajmi belgilaydi. Tadqiqotda Xorazm viloyatida bir yillik (2000, 2008, 2011) va…