Ushbu maqolada duduqlanishning kelib chiqish omillari, uning anatomo-fiziologik hamda sotsial-ruhiy sabablariga oid ilmiy qarashlar tizimli ravishda tahlil qilingan. Duduqlanishning paydo bo‘lishida irsiyat, markaziy nerv sistemasining funksional yetilmaganligi, infeksion va somatik kasalliklar, psixik travmalar, oiladagi noqulay sharoit va noto‘g‘ri nutqiy tarbiya kabi omillarning o‘rni yoritilgan. Tadqiqotlarda “zamin” va “zarba” omillarining farqlanishi, ularning duduqlanishni yuzaga keltirishga bo‘lgan bevosita hamda bilvosita ta’siri ilmiy asosda ochilgan, olingan xulosalarda foydalanilgan. Duduqlanuvchi bolalarda umumiy va artikulyatsion motorika buzilishlari, harakatlarning muvofiqlashtirilmaganligi, muskullar tonusi o‘zgarishlari va kinestetik funksiyalar zaifligi haqida mutaxassislar fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, logopedik ritmikaning duduqlanishni korreksiyalashdagi ahamiyati, nutqiy va musiqiy-harakat mashqlari orqali nafas, motorika, muvozanat, irodaviy boshqaruv kabi funksiyalarni rivojlantirishning metodik asoslari ko‘rsatib berilgan. Diqqatni faollashtiruvchi mashqlar, musiqaning ritmik va emotsional ta’siri hamda o‘yin elementlaridan foydalanish duduqlanuvchi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishlarning samaradorligini oshiruvchi muhim vosita sifatida ta’riflanadi.
| Mualliflar | Salomova , Komola |
|---|---|
| Jurnal | Қўқон университети хабарномаси |
| Nashr sanasi | 2025-11-10 |
| Jild | 16 |
| Betlar | 47-49 |
| Til | Ingliz |
duduqlanish, etiologiya, anatomo-fiziologik omillar, sotsial-ruhiy sabablar, irsiyat, psixik travma, nerv tizimi, motorika buzilishlari, logopedik ritmika, korreksion-pedagogik ish, musiqiy-harakat mashqlari, iteratsiya, nutqiy rivojlanish, kinestetik funksiyalar.
Ushbu maqolada kichik yoshdagi, erta va kech kar bo‘lgan bolalarda koxlear implant protsessorini sozlash jarayonining audiologik va pedagogik xususiyatlari tahlil qilindi. Sozlashning dastlabki bosqichlarida bolalarning…
Maqolada pragmatik lakunalar nutq odatlari, illokutiv kuch va iltifot me’yorlari darajasidagi nomuvofiqliklar sifatida talqin etiladi. Tadqiqot Grice kooperativ prinsipi va implikatura nazariyasi, Brown va Levinsonning…
Maqola nutq buzilishlarining shakl va turlari, ularni aniqlash mezonlari hamda nutq buzilishlarining zamonaviy tasnifi, ularning lingvistik, psixologik va nevrologik omillar bilan bog‘liqligi hamda bolalar va kattalar…
Ushbu maqolada mаktаbgаchа yоshdаgi eshitishidа nuqsоni bо‘lgаn bоlаlаrning ruhiy rivоjlаnish xususiyаtlаri, mаktаbgаchа tаrbiyа yоshidа tа’lim-tаrbiyа sаmаrаli tаshkil etilishi orqali bоlаlаr kо‘rish, eshitish…
Maqolada badiiy tarjima nazariyasining uch asosiy yo‘nalishi qisqacha tahlil qilinadi: ekvivalentlikka asoslangan lingvistik yondashuvlar, funksional va skoposga yo‘naltirilgan konsepsiyalar hamda “madaniy burilish”…
Ushbu maqolada O‘zbekiston shaharlari ekoturizmida raqamli egizak (digital twin) texnologiyalarning iqtisodiy imkoniyatlari yoritilgan. Turizm infratuzilmasini virtual muhitda modellashtirish orqali ekologik va…
Мақолада Ўзбекистон Республикаси электр энергетикаси соҳасининг ҳозирги ҳолати ва ривожланиш истиқболлари таҳлил қилиниб, мустақиллик йилларидан буён энергетика соҳасида амалга оширилган ислоҳотлар ва эришилган ютуқлар…
This article examines the role of linguocultural markers in shaping media discourse through the lens of national cinema in Uzbekistan and English-speaking countries. Drawing on the theoretical foundations of discourse…
Ushbu maqolada barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga oid dalillar va ularning nazariy asoslarini keltirgan. Yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda ajdodlar merosiga…
В статье рассматриваются особенности становления и современного состояния гостиничного хозяйства в Республике Узбекистан. Раскрывается историческое развитие предприятий индустрии гостеприимства, начиная с караван-сараев…