IJTIMOIY FAROVONLIK UCHUN SUN’IY INTELLEKTNI LOYIHALASHNING FALSAFIY ASOSLARI

Mamurov Humoyun Boxodirjon o‘g‘li

Research Focus · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada zamonaviy axborot jamiyatida sun’iy intellektning (SI) ijtimoiy farovonlikni ta’minlashdagi o‘rni falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot L. Floridi tomonidan ilgari surilgan “onlife” konsepsiyasi va infosfera nazariyasiga tayangan holda, analog va raqamli olam uyg‘unlashgan yangi ontologik makonda SI ning ijtimoiy institutlarga ta’sirini yoritadi. Maqolada sun’iy intellekt nafaqat texnologik vosita, balki qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etuvchi aqlli agent sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, SI tizimlarini loyihalashda inson markaziyligi, axloqiy mas’uliyat, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillarining ustuvor ahamiyati asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektni ijtimoiy-falsafiy loyiha sifatida tushunish va uning jamiyat barqarorligiga xizmat qiluvchi modelini shakllantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMamurov Humoyun Boxodirjon o‘g‘li
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2026-02-05
Jild5
Son1
Betlar52-55
TilIngliz

Kalit so‘zlar

sun’iy intellekt, onlife muhit, infosfera, ijtimoiy farovonlik, axloqiy mas’uliyat, inson markaziyligi.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar