GABRIEL GARSIA MARKES ASARLARINING JAHON ADABIYOTIDAGI O‘RNI VA O‘RGANILISHI

Nematillayev Akramjon G‘ofurjon o‘g‘li

Research Focus · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada Lotin Amerikasi adabiyotining yirik namoyandasi Gabriel Garsia Markes ijodining jahon adabiy jarayonidagi o‘rni va ta’siri tahlil qilinadi. Asarda yozuvchining “Yolg‘izlikning yuz yili”, “Vabo davrida muhabbat”, “Patriarxning kuzi” kabi romanlari orqali nafaqat Lotin Amerikasi tarixiy-sotsial muammolari, balki “condition humanum” – insoniy mavjudlikning universal mohiyati ham badiiy talqin etilgani ko‘rsatiladi. Maqolada Markes asarlari bo‘yicha olib borilgan xalqaro ilmiy tadqiqotlar, xususan, uning magik realizm uslubining shakllanishi, narrativ texnikasi, siyosiy va falsafiy qatlamlarining talqinlari yoritilgan. Shuningdek, yozuvchining ijodi “Lotin Amerikasi bo‘roni” (Boom) davrida va undan keyingi adabiy jarayonlarda o‘ziga xos estetik hodisa sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari Markes ijodining jahon adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasini ochib beradi hamda uning ijodiy merosi turli ilmiy-paradigmalarda o‘rganilayotganini ko‘rsatadi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarNematillayev Akramjon G‘ofurjon o‘g‘li
JurnalResearch Focus
Nashr sanasi2026-02-05
Jild5
Son1
Betlar71-75
TilIngliz

Kalit so‘zlar

Gabriel Garsia Markes, Lotin Amerikasi adabiyoti, magik realizm, jahon adabiyoti, narrativ texnika, siyosiy badiiyat, adabiy meros, global qabul.

Ilmiy soha

Research Focus jurnalidan boshqa maqolalar

Research Focus — barcha maqolalar