Raqamli pedagogik muhitda vizual modellashtirish asosida Richpeace Cad dasturini o‘qitish metodikasini takomillashtirish

Asrorova , Saodat

Мактабгача ва мактаб таълими · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada raqamli pedagogik muhit sharoitida Richpeace CAD dasturidan foydalanib o‘qitish metodikasinitakomillashtirish masalasi yoritiladi. XXI asrning raqamli transformatsiyasi ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarningchuqur integratsiyasini talab qilmoqda. Zamonaviy ta’limda vizual modellashtirish, raqamli dizayn va kompyuterdaloyihalash tizimlari o‘quvchilar va talabalarning grafik savodxonligini, ijodiy izlanish faoliyatini va muhandisliktafakkurini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada Richpeace CAD dasturining o‘quv jarayonidagi didaktik imkoniyatlari,uning ta’limiy afzalliklari, o‘quvchi faoliyatiga ta’siri, vizual idrok va “learning by doing” tamoyili asosida bilimnikonstruktiv shakllantirish jarayoni tahlil qilingan. Shuningdek, Dewey, Piaget va Vygotskiy kabi olimlarning pedagogikqarashlari asosida raqamli modellashtirishning psixologik-didaktik mohiyati ochib beriladi.O‘zbekiston ta’lim tizimidagi raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan konsepsiyalar, mahalliy tadqiqotchilarishlari ham o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida Richpeace CAD asosida vizual modellashtirish, gamifikatsiya va mobil ta’limelementlarini birlashtirgan integrativ metodik model taklif etiladi. Mazkur model “mastery learning”, bosqichma-bosqicho‘zlashtirish, refleksiya va amaliy modellashtirish orqali talabalarning mustaqil dizaynerlik ko‘nikmalarini shakllantirishgaxizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAsrorova , Saodat
JurnalМактабгача ва мактаб таълими
Nashr sanasi2025-11-04
Jild3
Son11
TilO‘zbek
DOI10.5281/zenodo.17745844

Kalit so‘zlar

raqamli pedagogik muhit, Richpeace CAD, vizual modellashtirish, raqamli ta’lim, innovatsion metodika, CAD tizimlari, gamifikatsiya, mobil ta’lim, dizayn o‘qitish, raqamli kompetensiya, konstruktorlik, pedagogik texnologiyalar

Ilmiy soha

Мактабгача ва мактаб таълими jurnalidan boshqa maqolalar

Мактабгача ва мактаб таълими — barcha maqolalar