Raqamli zamon va oila: ijtimoiy tarmoqlarning nikoh barqarorligiga ta’siri.

Xudoyqulova, Nazokat

Мактабгача ва мактаб таълими · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu ilmiy maqolada raqamli zamon sharoitida ijtimoiy tarmoqlarning oilaviy munosabatlarga, xususan,nikoh barqarorligiga ta’siri chuqur tahlil etilgan. O‘zbekiston sharoitida so‘nggi yillarda ijtimoiy tarmoqlarning ommaviylashuvioilaviy muloqot, ishonch, emotsional yaqinlik kabi muhim omillarni qanday o‘zgartirib yuborayotgani statistikma’lumotlar, psixologik nazariyalar va sotsiologik so‘rovlar asosida ochib beriladi. G‘arb va Sharq olimlarining nikohgaoid yondashuvlari, shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyevning oila institutini mustahkamlashga doir siyosiy chiqishlaritahlil etilib, milliy va global kontekstda masalaga yondashuvlar solishtirilgan. Maqolada virtual xiyonat, ixtiyoriy solishtirishsindromi, hissiy sovuqlik kabi raqamli muhitda shakllangan yangi hodisalar psixologik jihatdan tahlil qilinib, yoshoilalarning ushbu omillar ta’sirida qanday qiyinchiliklarga duch kelayotgani yoritiladi. Maqolada, shuningdek, internetdanoqilona foydalanish, axborot madaniyatini rivojlantirish va oilaviy qadriyatlarga ustuvorlik berish zaruriyati ilgari suriladi.Raqamli muhitdagi xavf va imkoniyatlar orasida muvozanatni topish, zamonaviy oila barqarorligini saqlashda eng muhimijtimoiy vazifalardan biri sifatida talqin qilinadi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarXudoyqulova, Nazokat
JurnalМактабгача ва мактаб таълими
Nashr sanasi2025-07-01
Jild3
Son7
TilO‘zbek
DOI10.5281/zenodo.17522187

Kalit so‘zlar

nikoh, oila, sodiqlik, ishonch, axloq, ma’naviyat, qadriyat, muloqot, Instagram, TikTok, Youtube.

Ilmiy soha

Мактабгача ва мактаб таълими jurnalidan boshqa maqolalar

Мактабгача ва мактаб таълими — barcha maqolalar