Kirish. Zamonaviy ta'lim tizimida o‘quvchilarning nafaqat fanlarga oid bilimlarini oshirish, balki ularda murakkab jarayonlarni yaxlit holda anglash, hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tahlil qilish hamda samarali qarorlar qabul qilish kompetensiyalarini rivojlantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan tizimli fikrlash kompetensiyasi XXI asr tayanch kompetensiyalarining muhim tarkibiy qismi sifatida e'tirof etilmoqda. Tizimli fikrlash insonning muayyan hodisa yoki muammoni alohida elementlar yig‘indisi sifatida emas, balki o‘zaro bog‘langan murakkab tizim sifatida idrok etish, tizim elementlari o‘rtasidagi sabab-oqibat munosabatlarini aniqlash, ularning rivojlanish tendensiyalarini oldindan bashorat qilish hamda optimal yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi [1]. Mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, kompetensiyaviy yondashuv asosida zamonaviy shaxsni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta'lim maktablarida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, mantiqiy tahlil qilishi, muammolarni kompleks baholashi hamda hayotiy vaziyatlarda bilimlarni qo‘llay olishini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bunday vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa o‘quvchilarda tizimli fikrlash kompetensiyasining yetarli darajada shakllangan bo‘lishini talab etadi [2]. Psixologik nuqtai nazardan tizimli fikrlash murakkab kognitiv jarayon bo‘lib, u analiz va sintez, umumlashtirish, abstraksiyalash, refleksiya, metakognitiv nazorat hamda prognostik tafakkur kabi psixik jarayonlarning integratsiyasi natijasida namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davrida aynan ushbu jarayonlarning faol rivojlanishi kuzatiladi. Shu sababli 7–9-sinf o‘quvchilari tizimli fikrlash kompetensiyasini shakllantirish …
| Mualliflar | SAMAROVA, SHOXISTA |
|---|---|
| Jurnal | Таълимда истиқболли изланишлар |
| Nashr sanasi | 2026-08-16 |
| Son | 7 |
| Betlar | 138-147 |
| Til | O‘zbek |
| DOI | 10.67547/fanistiqbollari.2026.241 |
DOI: 10.67547/fanistiqbollari.2026.241 · Maqolaning asl sahifasi · PDF
systems thinking, competence, psychological conditions, grade 7–9 students, cognitive development, reflection, metacognitive strategies, problem-based learning, analytical thinking, experimental study, psychological diagnostics, системное мышление, компетенция, психологические условия, учащиеся 7–9-х классов, когнитивное развитие, рефлексия, метакогнитивные стратегии, проблемное обучение, аналитическое мышление, экспериментальное исследование, психологическая диагностика
Kirish. Voleybol bugungi kunda jahon miqyosida eng ommalashgan va keng tarqalgan sport turlaridan biri hisoblanadi. Uning yuz yildan ortiq tarixga ega bo‘lishiga qaramasdan, bu sport turi o‘zining jozibadorligi, oddiy…
Kirish. Jahon miqyosida sanoatning raqamli transformatsiyasi, Industry 4.0, sun’iy intellekt, kiber-fizik tizimlar, raqamli ishlab chiqarish va avtomatlashtirilgan boshqaruv texnologiyalarining jadal rivojlanishi…
Kirish. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarining akmeologik cholg‘u ijrochiligini rivojlantirishda kompetensiyaga asoslangan yondashuvlarda foydalanish shaxsiy xususiyat sifatida qaraladi, chunki, unga mos keladigan…
Kirish. Bugungi globallashuv va axborotlashuv jarayonlari jamiyat hayotining barcha sohalariga, xususan, yoshlar tarbiyasi, ularning dunyoqarashi, kundalik hayot tarzi va salomatlik madaniyatiga sezilarli ta’sir…
Kirish. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘quvchilarning faqat bilimlarni o‘zlashtirishi emas, balki ularni mustaqil tahlil qilishi, mantiqiy xulosa chiqarishi, yangi vaziyatlarda qo‘llashi va ijodiy yondasha olishi muhim…
Kirish. Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar, raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi, innovatsion iqtisodiyotning shakllanishi hamda barqaror rivojlanish tamoyillarining ustuvor…
Kirish. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida talabalarning nafaqat intellektual salohiyatini, balki ularning psixologik barqarorligi, hissiy holatlarini boshqarish qobiliyati va murakkab ijtimoiy vaziyatlarga moslasha…
Olimlar nigohi ilmiy-ommabop jurnal ularga o‘z vaqtida logopedik yordam ko‘rsatish hamda ta'lim jarayonida zamonaviy usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.Mamlakatimizda alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo‘lgan…
Kirish. Voleybol sport to‘garaklarida harakatli o‘yinlardan foydalanish nafaqat o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish, balki ularda ijtimoiy va psixologik ko‘nikmalarni shakllantirishda ham muhim…
Kirish. Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchining shaxs sifatidagi poydevori shakllanadigan va umumiy o‘quv ko‘nikmalarining asosi qo‘yiladigan eng mas’uliyatli bosqichdir. Zamonaviy ta’lim paradigmasida o‘quvchilarning nutqiy…