Ushbu maqolada mudoraba shartnomasi asosida jalb qilingan kapitalni kafolatlash masalasi shariat nuqtayi nazaridan tahlil etiladi. Islomiy moliya tizimida mudoraba – bu foyda olish maqsadida tuziladigan sheriklik shakli bo‘lib, unda moliyaviy zararlar faqat investor (rabb-ul-mal) zimmasiga yuklanadi. Mudorib esa faqatgina o‘zining beparvoligi, xatoliklari yoki shartnomaga zid harakatlari natijasida yuzaga kelgan zararlar uchun javobgar hisoblanadi. Maqolada olimlar tomonidan ilgari surilgan ikki xil yondashuv yoritiladi. Birinchi guruh mutaxassislar kapital kafolatini mudoraba shartnomasining asl mohiyatiga zid deb hisoblaydi, chunki bu holat shartnomani foizli qarzga yaqinlashtiradi va islom moliya prinsiplariga mos kelmaydi. Ularning fikricha, kafolat talabi mudorabani nohalol moliyaviy amaliyotga aylantiradi. Ikkinchi guruh esa uchinchi tomon tomonidan kafolat berilishi mumkinligini asoslashga harakat qiladi va bu orqali investorlarning ishonchini oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsad qilinadi. Shuningdek, maqolada O‘zbekistondagi mavjud holat ham o‘rganiladi. Jumladan, islomiy banklar mavjud emasligi sharoitida ayrim nobank moliyaviy tashkilotlar mudoraba shartnomasidan foydalanib, investorlarni jalb qilayotganliklari ko‘rsatib o‘tiladi. O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, kommandit shirkatlar tarkibida tuzilgan bitimlarda kapital kafolati majburiyati mavjud emas, ya’ni barcha ishtirokchilar zararlar uchun o‘z ulushlari miqyosida javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, islomiy moliyaga mos ravishda faoliyat yuritayotgan nobank moliyaviy tashkilotlarning ishini takomillashtirish uchun uchinchi tomon kafolatidan foydalanish tavsiya etiladi. Mazkur yondashuv islomiy talablar va amaldagi huquqiy meʼyorlar o‘rtasida muvozanatni saqlash zaruratini yuzaga keltiradi. Maqolada mudoraba shartnomasining zamonaviy moliya tizimidagi o‘rni, uning shariat qoidalari bilan uyg‘unligi va milliy qonunchilik bilan integratsiyalash imkoniyatlari atroflicha tahlil qilinadi.
| Mualliflar | Qilichova, Munira, Kilichova, Munira, Киличова, Мунира |
|---|---|
| Jurnal | Юриспруденция |
| Nashriyot | Тошкент давлат юридик университети |
| ISSN | 2181-1938 |
| Nashr sanasi | 2026-01-30 |
| Jild | 5 |
| Son | 3 |
| Betlar | 46-61 |
| Til | O‘zbek |
| Ilmiy soha | Yuridik |
| Indeksga qo‘shilgan | 2026-08-27 |
islamic finance, islamic banks, sharia norms, mudarabah, guarantee, takaful and tabarru, limited partnership, investor, исламское финансирование, исламские банки, нормы шариата, мудараба, гарантия, такафул и табарру, коммандитное товарищество, инвестор, islom moliyasi, islom banklari, shariat meʼyorlari, mudoraba, kafolat, takaful va tabarru, kommandit shirkat, investor
| APA | Qilichova, Munira, Kilichova, Munira, & Киличова, Мунира (2026). ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI. Юриспруденция, 5(3), 46-61. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/116 |
|---|---|
| GOST (OAK) | Qilichova, Munira, Kilichova, Munira, Киличова, Мунира ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI // Юриспруденция. – 2026. – T. 5, № 3. – B. 46-61. |
| MLA | Qilichova, Munira, Kilichova, Munira, and Киличова, Мунира. “ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI.” Юриспруденция, 5(3), 46-61, 2026. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/116 |
| Chicago | Qilichova, Munira, Kilichova, Munira, and Киличова, Мунира. “ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI.” Юриспруденция, 5(3), 46-61 (2026). https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/116 |
| Harvard | Qilichova, Munira, Kilichova, Munira, and Киличова, Мунира (2026) ‘ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI’, Юриспруденция, 5(3), 46-61. https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/116 |
| BibTeX | @article{qilichovamunira2026,
title = {ISLOM MOLIYASI NORMALARIGA MUVOFIQ MUDORABA SHARTNOMASIDA KAPITAL KAFOLATI MASALALARI},
author = {Qilichova, Munira and Kilichova, Munira and Киличова, Мунира},
journal = {Юриспруденция},
year = {2026},
volume = {5},
number = {3},
pages = {46-61},
url = {https://yurisprudensiya.tsul.uz/index.php/yurisprudensiya/article/view/116}
} |
Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash
Ushbu maqola inson huquqlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilot (NNT)larining oʻrni, ahamiyati va faoliyat mexanizmlarini tadqiq etadi. Zamonaviy demokratik jamiyatlarda NNTlari fuqarolik jamiyatining muhim…
В статье представлен комплексный сравнительно-правовой, критический и институциональный анализ нормативно-правовой базы сферы обеспечения общественной безопасности в Турецкой Республике. Исследование охватывает…
Maqola davlat xizmatini tasniflash va ushbu tizimda davlat fuqarolik xizmatining oʻrni borasidagi nazariy yondashuvlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi amaliyoti tahliliga bagʻishlangan. 2019-yildan boshlab…
Maqolada raqamli transformatsiyalashuv sharoitida xususiy huquqda ilmiytadqiqot ishlarini olib borishning metodologik muammolari va takomillashtirish yoʻnalishlari tahlilqilingan. Raqamli reallik davrida…
Zamonaviy davrda tovarlarni omonat saqlash munosabatlarining mazmuni, mohiyatihamda iqtisodiy aloqalar tizimidagi o‘rni tubdan o‘zgardi, deb aytish mumkin. Asosan, shartnomadagitomonlarning huquq va majburiyatlari…
Статья посвящена анализу правовых механизмов защиты дольщика как слабой стороны в договоре долевого участия в строительстве жилья. Объектом исследования являются гражданско-правовые отношения, возникающие между…
В статье рассматриваются юридические аспекты классификации и регулирования беспилотных летательных аппаратов) в рамках международного воздушного права. Анализируется эволюция международно-правовых подходов к определению…
В статье рассматривается интеграция технологии блокчейн и смарт-контрактов в сферу гражданско-правовых отношений с акцентом на правовые последствия и возникающие проблемы, связанные с их применением. Поскольку данные…
В статье исследуются правовые аспекты регулирования искусственного интеллекта в контексте цифровой дипломатии. Автор рассматривает процесс трансформации традиционных дипломатических институтов под влиянием цифровизации…
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda vakillik instituti, ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Xususan, fuqarolik sud ishlarini yuritishda vakillik qilish tushunchasi, uning ahamiyati va bu…
Юриспруденция — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi
This article examines foreign experiences of non-bank housing finance models based on Islamic financing principles and explores the possibilities of their application in Uzbekistan. Effective models are analyzed using…
This article examines the historical and legal evolution of international legal regulation and international cooperation of States in combating the illicit trafficking of narcotic drugs. It analyses the principal stages…
In the realm of information security, artificial intelligence is utilized not only for real-time operations, attack prediction, threat prevention, and the automation of authentication processes but also serves as a…
The international legal regulation of artificial intelligence at the global level is currently one of the key issues being addressed within the United Nations. The UN International Law Commission and the UN global…
The article analyzes the legal nature and significance of the institution of providing state-funded legal assistance in pre-trial criminal proceedings from a conceptual and legal perspective. The legal nature of this…
The article examines the socio-legal rationale for establishing criminal liability for abuse of official powers. It analyzes the social danger of this act, its adverse impact on the rights of citizens and the legitimate…
This article examines animal cruelty not merely as an offence against public morality or property interests, but as a multi-layered object of criminal-law protection involving the independent interest of a sentient…