FUQАROLIK PROTSESSIDА VАKILLIK INSTITUTI: O‘ZIGА XOS АHАMIYATI VА XUSUSIYATLАRI

Хаbibullayev , Davlatjon, Khаbibullayev , Davlatjon, Хабибуллаев , Давлатжон

Юриспруденция · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda vakillik instituti, ahamiyati va oʻziga xos xususiyatlari tahlil etilgan. Xususan, fuqarolik sud ishlarini yuritishda vakillik qilish tushunchasi, uning ahamiyati va bu borada huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari oʻrganib chiqilgan. Suddagi vakillik tushunchasi tahlil qilinib, ushbu tushunchaga mualliflik taʼrifi ishlab chiqilgan. Shuningdek, ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2010-yil 14-maydagi “Vakillikka doir fuqarolik protsessual qonunchiligi normalarining sudlar tomonidan qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Qonuni tahlil etilib, bu boradagi huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari tadqiq etilgan. Bundan tashqari, maqolada fuqarolarning malakali yuridik yordam olishga boʻlgan konstitutsiyaviy huquqini taʼminlash, ishonch bildiruvchi shaxsga uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini sudda himoya qilishda yordam berish, hozirgi kunda fuqarolik protsessual huquqi fani nazariyasida vakil bilan advokat maqomining oʻzaro nisbati, advokatning sud protsessida ishtirokining oʻziga xos xususiyatlari tadqiq qilinib, takliflar ishlab chiqilgan. Xulosa qismida vakil bilan advokat maqomining oʻzaro nisbati, advokatning protsessual huquq va majburiyatlari, advokatning sud protsessida ishtirokining oʻziga xos xususiyatlari koʻrsatib berilgan. 

Maqola ma’lumotlari
MualliflarХаbibullayev , Davlatjon, Khаbibullayev , Davlatjon, Хабибуллаев , Давлатжон
JurnalЮриспруденция
Nashr sanasi2026-01-30
Jild5
Son3
Betlar102-110
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

civil court, justice, representative, lawyer, legal representation, judicial protection, qualified legal assistance, free legal assistance, procedural rights and obligations of a representative, гражданский суд, правосудие, представитель, адвокат, представительство в суде, судебная защита, квалифицированная юридическая помощь, бесплатная юридическая помощь, процессуальные права и обязанности представителя, fuqarolik sudi, odil sudlov, vakil, advokat, suddagi vakillik, sud orqali himoyalanish, malakali yuridik yordam, bepul yuridik yordam, vakilning protsessual huquq va majburiyatlari

Ilmiy soha

Юриспруденция jurnalidan boshqa maqolalar

Юриспруденция — barcha maqolalar