Metanni C2-UGLEVODORODLARGA aylantirish uchun ko‘pkomponentli katalizatorlar

Tursunova, Nargiza Samaritdinovna

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ishda tabiiy gazning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan metanni bir bosqichda C2-uglevodorodlarga aylantirish – oksidlanishli kondensatlash jarayoni uchun mo‘ljallangan (Mn2O3)x·(Na2MoO4)y·(ZrO2)z tarkibli ko‘pkomponentli katalizatorlar sintez qilinib, ularning katalitik xossalari o‘rganildi. Katalizatorlarning umumiy g‘ovak hajmi, solishtirma sirt maydoni va zichligi baholandi, 680-800°C oralig‘ida metan hamda havo sarfining konversiya, etilen va etan bo‘yicha selektivlik, umumiy C2-selektivlik va unumga ta’siri o‘rganildi. SiO2 tashuvchida tayyorlangan katalizator namunasining ko‘rsatkichlari 0,443 ml/g umumiy hajm va 0,24 m2/g solishtirma sirt maydonigadan, YuKS asosida tayyorlangan katalizator namunasidan yuqoriligi aniqlandi. Lekin YuKS asosida tayyorlangan katalizator namunasi maqsadli C2 mahsulotlari olishda ustun natijalarni ko‘rsatdi: ayrim rejimlarda etilen selektivligi 61,8 %, umumiy C2-selektivlik 81,2 %, unum 17,4%. SiO2 asosli katalizatorda metan konversiyasi 75,3% gacha oshgan bo‘lishiga qaramay, ushbu holatda C2- selektivlik 9,3 % va unum 7,0 bo‘lib, yuqori harorat hamda oksidlovchi oqimning ortishi chuqur oksidlanish yo‘nalishini kuchaytirishini ko‘rsatdi. Natijalar katalitik samaradorlik faqat sirt maydoni bilan emas, balki Mn2O3, Na2MoO4, ZrO2 va tashuvchi o‘rtasidagi funksional o‘zaro ta’sir, faol kislorod turlarining tabiati hamda gaz oqimlari nisbatiga bog‘liqligini tasdiqladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarTursunova, Nargiza Samaritdinovna
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
NashriyotҚўқон давлат педагогика институти
ISSN3030-3958
Nashr sanasi2026-08-10
Jild8
Son07
Betlar903-912
TilO‘zbek
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i07.117
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

metanni oksidlanishli kondensatlash, ko‘p komponentli katalizator, marganets(III)-oksid, natriy molibdat, sirkoniy dioksid, yuqori kremniyli seolit, silikagel, etan, etilen, konversiya, selektivlik, C2-uglevodorodlar unumi.

Iqtibos keltirish

APATursunova, Nargiza Samaritdinovna (2026). METANNI C2-UGLEVODORODLARGA AYLANTIRISH UCHUN KO‘PKOMPONENTLI KATALIZATORLAR. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(07), 903-912. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i07.117
GOST (OAK)Tursunova, Nargiza Samaritdinovna METANNI C2-UGLEVODORODLARGA AYLANTIRISH UCHUN KO‘PKOMPONENTLI KATALIZATORLAR // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 07. – B. 903-912. – DOI: 10.70728/a.series.tab.v08.i07.117.
MLATursunova, Nargiza Samaritdinovna. “METANNI C2-UGLEVODORODLARGA AYLANTIRISH UCHUN KO‘PKOMPONENTLI KATALIZATORLAR.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(07), 903-912, 2026. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i07.117
ChicagoTursunova, Nargiza Samaritdinovna. “METANNI C2-UGLEVODORODLARGA AYLANTIRISH UCHUN KO‘PKOMPONENTLI KATALIZATORLAR.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(07), 903-912 (2026). https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i07.117
HarvardTursunova, Nargiza Samaritdinovna (2026) ‘METANNI C2-UGLEVODORODLARGA AYLANTIRISH UCHUN KO‘PKOMPONENTLI KATALIZATORLAR’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(07), 903-912. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i07.117
BibTeX
@article{tursunovanargizasamaritdinovna2026,
  title = {METANNI C2-UGLEVODORODLARGA AYLANTIRISH UCHUN KO‘PKOMPONENTLI KATALIZATORLAR},
  author = {Tursunova, Nargiza Samaritdinovna},
  journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {07},
  pages = {903-912},
  doi = {10.70728/a.series.tab.v08.i07.117},
  url = {https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i07.117}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi