NaClO3 - NH(C2H4OH)2∙ClCH2COOH - H2O SISTEMASINING POLITERMIK ERUVCHANLIGINI ANIQLASH

Bobojonov, J.Sh., Tilyabov, M.U., Xolmirzayev, M.M., Togasharov, A.S., Turayev, Q.A.

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

NaClO₃– NH(C2H4OH)2∙ClCH2COOH –H₂O uch komponentli tizimi fizik- kimyoviy jihatdan batafsil o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida ushbu tizim ikkilik tizimlarga ajratilib, oltita ichki kesma asosida tahlil qilindi. –33.0 dan 58.0 °C gacha bo‘lgan harorat oralig‘ida politermal eruvchanlik ma’lumotlari olinib, tizimning politermal eruvchanlik diagrammasi tuzildi. Ushbu diagramma tizim komponentlarining haroratga bog‘liq holda eruvchanlik xatti-harakatini to‘liq aks ettirish imkonini berdi.Tuzilgan faza diagrammasi asosida muz, NaClO₃ va NH(C2H4OH)2∙ClCH2COOH ning kristallanish maydonlari aniqlandi hamda ularning o‘zaro chegaralari belgilandi. Olingan natijalarga ko‘ra, tizim oddiy evtonik tupga mansub ekanligi aniqlandi. Bu holat komponentlar o‘zaro kimyoviy ta’sirlashuvga kirishmasdan, har biri o‘z individualligini saqlab qolgan holda kristallanishini ko‘rsatadi. Shuningdek, har ikkala tuzning suvdagi eruvchanligi yuqori bo‘lib, tizimda keng konsentratsiya oralig‘ida barqaror eritmalar hosil bo‘lishi kuzatildi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarBobojonov, J.Sh., Tilyabov, M.U., Xolmirzayev, M.M., Togasharov, A.S., Turayev, Q.A.
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-08-10
Jild8
Son07
Betlar426-433
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i07.056

Kalit so‘zlar

eruvchanlik, diagramma, tarkib xususiyatlari, uch komponentli suv tizimi, defoliant, natriy xlorat, monoxlorasetat∙dietanolamin.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar