BIRLAMCHI TIBBIY-SANITARIYA YORDAMI BO‘G‘INIDA HAMSHIRALARNING ROLI VA IJTIMOIY MAQOMI TAHLILI (SAMARQAND SHAHRI MISOLIDA)

Jurakulova Z.I., Mamasoliyeva Sh.A.

Ёш олимлар тиббиёт журнали · 2026-yil

Annotatsiya

Kirish. Maqolada Samarqand shahrida hamshiralarning xonadonlarda xizmat ko‘rsatish (patronaj) tizimi orqali infeksiya bo‘lmagan (yuqumli bo‘lmagan) kasalliklarning rivojlanishi (YBK) kabi profilaktik chora tadbirlar haqida ma’lumot, shuningdek aholi o‘rtasida patronaj hamshira amalga oshirishi lozim bo‘lgan to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni hamda zararli odatlardan (tamaki, alkogol, giyohvandlik) to‘grisida tushuncha hamda bemorlar va sog‘lom aholi bilan muloqot qilishda hamshiraning kommunikativ mahorati haqidagi nazariy asoslar tahlili yozilgan tadqiqoqt bayon etilgan.Tadqiqot maqsadi. Ushbu maqolaning maqsadi aholi salomatligini yaxshilashga oid ishchi kuchi ma’lumotlarini to‘plashdagi qiyinchiliklarni va kelajakdagi ishchi kuchini rejalashtirish uchun yuzaga keluvchi muammolarni bartaraf etishda hamshiralar rolini shakllantirishdagi nazariy asoslar tahlilidan iborat.Tadqiqot usuli: tizimli tahlil, qiyosiy-mantiqiy umumlashtirish va bibliografik tahlil usullaridan foydalanildi. Shuningdek, kadrlar salomatligini yaxshilash va ishchi kuchini rejalashtirishdagi mavjud muammolar retrospektiv tahlil qilindi.Tadqiqot natijasi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, Samarqand shahri patronaj tizimida hamshiralarning 82% vaqti dori-darmon nazoratiga sarflanib, profilaktik targ‘ibotga atigi 15-20% vaqt ajratilmoqda; shu bilan birga, aholining 65%i aynan hamshiralardan salomatlik bo‘yicha maslahat olishni ma’qul ko‘radi. Oliy ma’lumotli hamshiralar ulushining ortishi va hamshiralik ishining mustaqil faoliyat sifatida joriy etilishi kadrlar tanqisligi va statistik ma’lumotlardagi noaniqliklarni bartaraf etishning asosiy omili ekanligi aniqlandi.Xulosa. Hamshira — aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda birlamchi va eng yaqin bo‘g‘in bo‘lib, uning maqomini oshirish va ish yuklamasini raqamlashtirish orqali kamaytirish kasalliklarni oldini olish samaradorligini keskin oshiradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, hamshiralarning kommunikativ mahoratini oshirish va ularga individual “salomatlik rejalari”ni ishlab chiqish vakolatini berish milliy sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilishning strategik yechimidir.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarJurakulova Z.I., Mamasoliyeva Sh.A.
JurnalЁш олимлар тиббиёт журнали
Nashr sanasi2026-06-20
Son18
Betlar305-309
TilRus

Kalit so‘zlar

hamshiralik ishi, profilaktika, sog‘lom turmush tarzi, patronaj, turmush sharoiti, tibbiy madaniyat, aholini davolash, patronaj tizimi.

Ilmiy soha

Ёш олимлар тиббиёт журнали jurnalidan boshqa maqolalar

Ёш олимлар тиббиёт журнали — barcha maqolalar