OROL DENGIZI HAVZASI GIPERSHOʻRLANGAN EKOTIZIMLARIDA ARXEYLAR XILMA-XILLIGINING METAGENOMIK-FILOGENETIK TAHLILI

Alimov, Jahongir Egamqul o'g'li, Sultanov, No'monjon Nabi o'g'li, Abdusamatov, Soxibjon Abdusamatovich, Davranov, Kahramon Davranovich

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Orol dengizi havzasi yuqori sho‘rlanish va keskin ekologik o‘zgarishlar natijasida shakllangan ekstremal ekotizimlardan biri hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda G‘arbiy Orol dengizi suvlari, Sudoche ko‘li cho‘kindilari va Orol dengizining qurigan tubidagi quduq suvlaridan olingan metagenom namunalar asosida mikrob hamjamiyatlarining genomik xilma-xilligi o‘rganildi. Shotgun metagenom sekvenslash va metagenom-yig‘ilgan genomlar (MAG) tahlili yordamida oltita MAG rekonstruksiya qilinib, ularning taksonomik mansubligi hamda filogenetik o‘rni aniqlandi. Filogenetik tahlillar natijasida Uz-M2-01 va Uz-K11-01 MAGlari Haloquadratum turkumiga, Uz-M2-17 MAGi esa Halothece turkumiga mansub ekanligi tasdiqlandi. Shuningdek, Uz-K9-09, Uz-K9-10, Uz-M2-11 va Uz-K9-06 MAGlari mos ravishda JAAXQM01, UBA4744, SLSQ01 va BM506 kladalari tarkibiga kirishi aniqlandi. Barcha filogenetik daraxtlarda yuqori bootstrap qiymatlari (97–100) qayd etildi. Tadqiqot natijalari Orol dengizi havzasida ilgari kam o‘rganilgan va noma’lum mikrobial liniyalar mavjudligini ko‘rsatib, ushbu hududning noyob mikrob genetik resurslarga boy ekanligini tasdiqlaydi. Tadqiqot davomida olingan ma’lumotlar ekstremal sho‘r muhitlarda yashovchi mikroorganizmlarning filogeniyasi, evolyutsiyasi va ekologik ahamiyatini chuqurroq o‘rganish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarAlimov, Jahongir Egamqul o'g'li, Sultanov, No'monjon Nabi o'g'li, Abdusamatov, Soxibjon Abdusamatovich, Davranov, Kahramon Davranovich
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-08-10
Jild8
Son07
Betlar64-74
TilIngliz
DOI10.70728/a.series.tab.v08.i07.008

Kalit so‘zlar

Orol dengizi, metagenomika, MAG, filogenetik tahlil, galofil arxeyalar, Haloquadratum, Halothece, mikrob xilma-xilligi.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar