INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA SUN’IY INTELLEKT TERMINLARINING MORFOLOGIK VA LEKSIK-SEMANTIK DERIVATSIYASI

Hayitova, Nigora Raxmatillayevna

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida sun’iy intellekt terminlarining morfologik va leksik-semantik derivatsiyasi tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda “machine learning”, “deep learning”, “neural network” kabi inglizcha terminlar va ularning o‘zbek tilidagi ekvivalentlari — “mashinali o‘qitish”, “chuqur o‘rganish”, “neyron tarmoq” kabi birliklarning shakllanish mexanizmlari o‘rganiladi. Maqolada terminlar tarkibidagi affiksatsiya, kompozitsiya, qisqartma, semantik kengayish, metaforik ko‘chish va kalkalash jarayonlari ilmiy asosda taqqoslanadi. Shuningdek, o‘zbek tilida yangi SI terminlarining qabul qilinishi, moslashuvi va standartlashuvi jarayonlarining lingvistik xususiyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy texnologik leksikaning rivoji, tarjimashunoslik amaliyoti hamda terminologiya nazariyasi uchun muhim ilmiy xulosalar beradi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarHayitova, Nigora Raxmatillayevna
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-15
Jild8
Son06
Betlar462-467
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i06.063

Kalit so‘zlar

sun’iy intellekt, terminologiya, derivatsiya, morfologiya, leksik-semantika, ingliz tili, o‘zbek tili, kalkalash, kompozitsiya, qisqartma.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar