O‘ZBEK TILIDA QO‘SHMA GAPLARNING PROPOZITIV MODELLARI VA ULARNING LINGVISTIK TALQINI

Otaxonova, Gulshirinoy Kanaxatovna

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi qo‘shma gaplarning propozitiv modeli sintaktik va semantik aspektlarda kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda qo‘shma gaplarning tarkibiy qismlari, predikativ markazlari, bog‘lovchi vositalari hamda semantik munosabatlari o‘rganildi. Shuningdek, bog‘lovchili, ergash gapli va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarning propozitiv xususiyatlari tavsiflandi. Tadqiqot davomida tavsifiy, struktur-sintaktik, semantik va qiyosiy metodlardan foydalanildi. Natijalar qo‘shma gaplarning propozitiv modeli sintaktik qurilish va semantik integratsiya asosida shakllanishini ko‘rsatdi. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda esa intonatsiya va mantiqiy izchillik asosiy birlashtiruvchi vosita sifatida namoyon bo‘lishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari o‘zbek tilshunosligida sintaksis, semantika, pragmalingvistika va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishlarini rivojlantirish uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarOtaxonova, Gulshirinoy Kanaxatovna
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
Nashr sanasi2026-07-15
Jild8
Son06
Betlar438-443
TilIngliz
DOI10.70728/b.series.fil.v08.i06.060

Kalit so‘zlar

qo‘shma gap, propozitiv model, sintaksis, semantika, predikativ markaz, bog‘lovchi vositalar, lingvistik talqin, o‘zbek tili.

Ilmiy soha

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar