Qo‘ng‘irot urug‘i etimologiyasiga oid mulohazalar tahlili

Moxichexra, Mirzayeva

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар · 2026-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada qo‘ng‘irot urug‘ining tarixi va chinordek baquvvat ildizi haqida ma’lumotlar keltiriladi. Xalq og‘zaki ijodining namunasi bo‘lgan “Qo‘ng‘irot” dostonida bu urug‘ning vujudga kelishi va tarkibiy bo‘linishi xususida bir qancha fikrlar mavjud. Buyuk toponomist B.X.Karmishevaning qo‘ng‘irotlar haqida aytgan fikrlari aynan dostonda keltirilgan ma’lumotlarga yaqin, lekin Abulg‘oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk” asarida qo‘ng‘irotlarni mo‘g‘ul qavmiga mansubligi ko‘rsatiladi. Yuqoridagi ma’lumotga yaqin fikrlar qozoq tarixchisi Tinishpaev izlanishlarida ham uchraydi. U moʻgʻul tarixchisi Sanen Sesen bergan maʼlumotlarga asoslanib, qoʻngʻirotlar Buyuk moʻgʻullarning koʻk moʻgʻul qabilasiga mansub boʻlganligini taʼkidlaydi. M.S.Mukanovning yozishicha, “Qo‘ng‘irot etnonimining turkiy muhitda mavjudligi bu qabilaning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston xalqlari etnogenezisida kelib chiqishi mo‘g‘ul ekanligini tasdiqlamaydi. Tadqiqotchi G.R.Galdanovaning xulosasi ham yuqoridagi fikr bilan deyarli bir xil. Uning fikricha, xongodor etnonimi xungirat so‘zi bilan bog‘liq, so‘z tarkibidagi -rat, -dor ning o‘zgargan variantidir. A.Angarxayev ham mazkur mavzuda ma’lumot berar ekan, xon (xong) va arad kabi qismlardan hosil bo‘lgan xongarad (xongirad) so‘zi xongodordan kelib chiqqan, uning o‘zgarishga uchragan shakli deb yozadi. Yuqoridagi olimlarning fikrlaridan kelib chiqib, xongirad (xungirad) etnonimi buryat tilidagi xongodor etnonimi bilan bir xil degan fikr va xulosalar keltiriladi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMoxichexra, Mirzayeva
JurnalҚўқон ДПИ. Илмий хабарлар
NashriyotҚўқон давлат педагогика институти
ISSN3030-3958
Nashr sanasi2026-02-16
Jild8
Son01
Betlar332-340
TilO‘zbek
DOI10.70728/qdpi.v08.i01.043
Indeksga qo‘shilgan2026-08-27

Kalit so‘zlar

vaxtamg‘ali, qo‘shtamg‘ali, qonjig‘ali, oyinni, tortuvli, mang‘it, kerayit, chuyut, markit/makrit, mesit/misit, qiyot, juyrat, uyrat, arlot, bayot, boyovut, o‘ymovut, sayot, dug‘lat, esat, burqut, chiljuvut, to‘langit, xongodor

Iqtibos keltirish

APAMoxichexra, Mirzayeva (2026). QO‘NG‘IROT URUG‘I ETIMOLOGIYASIGA OID MULOHAZALAR TAHLILI. Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(01), 332-340. https://doi.org/10.70728/qdpi.v08.i01.043
GOST (OAK)Moxichexra, Mirzayeva QO‘NG‘IROT URUG‘I ETIMOLOGIYASIGA OID MULOHAZALAR TAHLILI // Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар. – 2026. – T. 8, № 01. – B. 332-340. – DOI: 10.70728/qdpi.v08.i01.043.
MLAMoxichexra, Mirzayeva. “QO‘NG‘IROT URUG‘I ETIMOLOGIYASIGA OID MULOHAZALAR TAHLILI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(01), 332-340, 2026. https://doi.org/10.70728/qdpi.v08.i01.043
ChicagoMoxichexra, Mirzayeva. “QO‘NG‘IROT URUG‘I ETIMOLOGIYASIGA OID MULOHAZALAR TAHLILI.” Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(01), 332-340 (2026). https://doi.org/10.70728/qdpi.v08.i01.043
HarvardMoxichexra, Mirzayeva (2026) ‘QO‘NG‘IROT URUG‘I ETIMOLOGIYASIGA OID MULOHAZALAR TAHLILI’, Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар, 8(01), 332-340. https://doi.org/10.70728/qdpi.v08.i01.043
BibTeX
@article{moxichexramirzayeva2026,
  title = {QO‘NG‘IROT URUG‘I ETIMOLOGIYASIGA OID MULOHAZALAR TAHLILI},
  author = {Moxichexra, Mirzayeva},
  journal = {Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар},
  year = {2026},
  volume = {8},
  number = {01},
  pages = {332-340},
  doi = {10.70728/qdpi.v08.i01.043},
  url = {https://doi.org/10.70728/qdpi.v08.i01.043}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар jurnalidan boshqa maqolalar

Қўқон ДПИ. Илмий хабарлар — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi