Orkestrda ishlash uchun gijjakchilarni tayyorlashning pedagogik asoslari

Madaminov , N.

Oriental Art and Culture · 2026-yil

Annotatsiya

O‘zbek milliy simfonik va kamer orkestrlarining rivojlanishi bilan gijjak ijro etish ixtisosligiga bo‘lgan talab va talablar ham o‘zgarib, kengayib bormoqda. Zamonaviy gijjakchidan nafaqat yakkaxon yoki kichik ansambl ijrochisi, balki yirik orkestr tarkibida yuqori mahoratli, moslashuvchan va ijodiy hamkor bo‘lishi kutilmqoda. Ushbu maqola oliy va o‘rta maxsus ta’lim bosqichida gijjak ijro etish yo‘nalishi talabalarini milliy orkestr amaliyotiga tayyorlashning pedagogik modeli va asosiy tamoyillarini o‘rganadi. Muammo shundaki, an’anaviy yakka ijro uslubidagi ta’lim dasturlari ko‘pincha talabalarni orkestr muhitiga, uning o‘ziga xos texnik, intonatsion, ansambl va psixologik muammolariga tayyorlashda yetarli emas. Tadqiqot orkestr gijjakchisiga qo‘yiladigan maxsus talablarni - partiyani aniq o‘qish qobiliyati, yagona intonatsiya va tembr birligini saqlash, dirijyor imo-ishoralariga darhol javob berish, dinamik va agogik nuanslarni kuzatish, boshqa cholg‘u guruhlari bilan muvozanatni his qilish qobiliyatlari - aniqlab, ularni shakllantirishning o‘quv-uslubiy yondashuvlarini taklif qiladi. Maqolada gijjakning orkestrdagi rolini chuqur o‘rganish, orkestr partiyalarini o‘rganishning metodikasi, ansambl mashg‘ulotlarini tashkil etish, dirijyor bilan hamkorlik qilish asoslari, shuningdek, maqom va an’anaviy usullar bilimlarini orkestr matnlarini talqin qilishda qo‘llash masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli orkestr gijjakchisini tarbiyalash faqat texnik mashqlar orqali emas, balki maxsus kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan kompleks, integratsiyalashgan pedagogik yondashuv orqali amalga oshiriladi

Maqola ma’lumotlari
MualliflarMadaminov , N.
JurnalOriental Art and Culture
NashriyotЎзбекистон ДСМИ Фарғона минтақавий филиали
ISSN2181-063X
Nashr sanasi2026-02-10
Jild7
Son1
Betlar101-108
TilO‘zbek
Ilmiy sohaSan’atshunoslik
DOI10.70728/orien.v07.i01.018
Indeksga qo‘shilgan2026-09-12

Kalit so‘zlar

gijjak ijro etish pedagogikasi, orkestr tayyorgarligi, ansambl mahorati, dirijyor bilan hamkorlik, intonatsion birlik, milliy orkestr madaniyati

Ilmiy soha

Iqtibos keltirish

APAMadaminov , N. (2026). ORKESTRDA ISHLASH UCHUN GIJJAKCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI. Oriental Art and Culture, 7(1), 101-108. https://doi.org/10.70728/orien.v07.i01.018
GOST (OAK)Madaminov , N. ORKESTRDA ISHLASH UCHUN GIJJAKCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI // Oriental Art and Culture. – 2026. – T. 7, № 1. – B. 101-108. – DOI: 10.70728/orien.v07.i01.018.
MLAMadaminov , N. “ORKESTRDA ISHLASH UCHUN GIJJAKCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI.” Oriental Art and Culture, 7(1), 101-108, 2026. https://doi.org/10.70728/orien.v07.i01.018
ChicagoMadaminov , N. “ORKESTRDA ISHLASH UCHUN GIJJAKCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI.” Oriental Art and Culture, 7(1), 101-108 (2026). https://doi.org/10.70728/orien.v07.i01.018
HarvardMadaminov , N (2026) ‘ORKESTRDA ISHLASH UCHUN GIJJAKCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI’, Oriental Art and Culture, 7(1), 101-108. https://doi.org/10.70728/orien.v07.i01.018
BibTeX
@article{madaminovn2026,
  title = {ORKESTRDA ISHLASH UCHUN GIJJAKCHILARNI TAYYORLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI},
  author = {Madaminov , N.},
  journal = {Oriental Art and Culture},
  year = {2026},
  volume = {7},
  number = {1},
  pages = {101-108},
  doi = {10.70728/orien.v07.i01.018},
  url = {https://doi.org/10.70728/orien.v07.i01.018}
}

Boshqa maqola uchun iqtibos tayyorlash

Oriental Art and Culture jurnalidan boshqa maqolalar

Oriental Art and Culture — barcha maqolalar · 2026-yil arxivi

San’atshunoslik sohasidagi boshqa maqolalar

San’atshunoslik sohasidagi OAK jurnallari