THE IMPORTANCE OF LEGAL TOOLS IN LEGAL SERVICE ACTIVITIES

FAYZIYEV, Xayriddin

Юрист ахборотномаси · 2025-yil

Annotatsiya

Ushbu maqolada tashkilotlar yuridik xizmatining faoliyatida huquqiy vositalarning mohiyati, ularning huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi o‘rni va samaradorlikni ta’minlashdagi ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Huquqiy vositalar davlat va jamiyat hayotida huquqiy tartibotni qaror toptirishning muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Ular orqali tashkilot faoliyati qonuniylik tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yiladi, huquqbuzarliklarning oldi olinadi va boshqaruv jarayonlarida mas’uliyat hamda tartib mustahkamlanadi. Sohaviy faoliyatdagi huquqiy vositalarning turlari — huquq normalari, huquqiy hujjatlar, shartnomaviy munosabatlar, huquqiy javobgarlik, huquqiy ma’lumot va huquqiy xulosalar tizimi orqali ochib berilgan. Shu bilan birga, huquqiy vositalarning tuzilishi, ulardan foydalanish bosqichlari hamda yuridik xizmatning ichki va tashqi faoliyat yo‘nalishlarida ularning amaliy qo‘llanilishi ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, maqolada yuridik xizmat faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari tahlil qilinib, ulardagi huquqiy vositalarning amaliy ahamiyati va qo‘llanish imkoniyatlari aniqlangani holda, muallif tomonidan huquqiy vositalardan samarali foydalanishni ta’minlaydigan tashkiliy va huquqiy choratadbirlar bo‘yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Yuridik xizmat faoliyatidagi huquqiy vositalar masalasi aynan shunday kontekstda ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganilmaganligi sababli, maqolada “huquqiy vositalar” atamasini anglab olish barobarida, sohada ularni qo‘llashning xususiyatlari va ahamiyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar asosida ayrim xulosalarga kelingan.

Maqola ma’lumotlari
MualliflarFAYZIYEV, Xayriddin
JurnalЮрист ахборотномаси
Nashr sanasi2025-12-29
Jild8
Son6
Betlar19-24
TilO‘zbek

Kalit so‘zlar

yuridik xizmat, vositalar, huquqiy vositalar, mexanizmlar, huquq normalari, shartnomaviy masalalar, huquqni himoya qilish vositalari, hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish, huquqiy monitoring, qonuniylik., legal service, tools, legal means, mechanisms, legal norms, contractual issues, law enforcement tools, legal expertise of draft documents, legal monitoring, legality.

Ilmiy soha

Юрист ахборотномаси jurnalidan boshqa maqolalar

Юрист ахборотномаси — barcha maqolalar